Zulfiya Saylanma «sharq»




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/38
Sana24.01.2024
Hajmi2,79 Mb.
#144544
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
Saylanma. Zulfiya

XAYOL QANOTIDA
1
Yo‘l uzoq, yo‘l yaqin, boshsiz, so'ngsiz yo‘l, 
Biri tor, biri keng, ravon va so'qmoq. 
Tinglab ko‘r, qarichi ming ertakka mo‘l, 
Tug‘ilmoqday farzdir birini o‘tmoq.
Yo‘l... Tuproq chehrasin kesgan sonsiz yo‘l, 
Yo‘l demak borlig'i izdir behisob.
Yo'llarsiz koinot — misoli bir cho‘1,
Na kurash, na zafar, na haq, na sarob.
Yo‘l demak, o'tilgan bir umr demak,
Hech biri muqimmas tuproq singari.
Lekin zamon o‘ta borlig'i hikmat 
Biz-la kelayotgan kimlar yo'llari?
Ha, shunday yo'llar bor to'liq izlarga, 
Zamonlar to'foni ko'mishdan ojiz.
U tirik! lahonni ochar bizlarga,
Ezgulik 
m ehrO /bi q a r s h i s i d a
tiz —
Cho'kkanday kiprik-la surtib har changin, 
Daholar oldida bosh egamiz lol.
Tirik yuragiga kirganing sayin,
Go'zalroq, yaqinroq senga istiqbol.


Biz ham yo'lda... Ouyosh, tuproq vaslidan 
Qiziydi orqada, oldimizda yo‘l.
Go'zal bo'lib ketmish tuproq aslidan 
Urug‘ sochib o'tgach mehnat nomli qo‘l.
Yo‘l ravon, po'lat iz singari tekis,
Ikki yog navbahor buyogiga mo‘l.
Ortda qancha yukli, yuksiz qolgan iz, 
Oldda borlig'i sir, bosilajak yo‘l.
Naqadar fusunkor ko'rilajak ko'rk!
Damlar ham odimlar qaynoq kunduzga. 
Ochiq derazadan el bilan ko‘m-ko‘k 
Osmon otiladi mashinamizga.
2
Bizning mashinamiz ufq va quyosh,
El-u yuraklarga kirishga shoshar, 
Muazzam adibga safarda yo‘ldosh 
Baxtidan quvonchim arshidan oshar.
Safar! Oz kezdimi adib hayotda, 
Qishloqlar, shaharlar, ellarga safar. 
Mudom shay sayyohday — xayol-qanotda 
Taqdirlarga safar, dillarga safar.
Yurib olov kaftda yongan tuproqda 
Adib dil isitar nurni qidirdi.
Oltin vodiy kezib horgach, buloqda 
Suv qolib, go'zallik, shodlik simirdi.
Har safardan ortib-tortib kelganin 
Faqat qalamiga etdi hadya,
Hech kimsa bilmadi qalam bilganin, 
Necha bor sevilib, yondi xufiya.
-^»dCT8Tjs«°~


Bir damda necha bor chiqdi safarga,
Necha el-la birdan qildi u suhbat.
Ming toifa urdi o‘zin asarga,
Goh urush, goh yarash, goh bo‘lib gurbat!
Faqat o‘zi ezgu bu sirdan ogoh,
Yozishga o'ltirgach qilgani safar.
Goh aniq so‘z izlab, rang, jon izlab goh, 
Safar qila-qila yozdi u asar...
Ha, adib safarda! Uchar gilamday,
Mashina yeladi ravon izida.
Dalalar yashnaydi bog'i eramday,
Tabiatga shaydo adib ko'zida.
Bu yirik ko'zlarning teran nigohi 
Tergan boyoqlarning jilvasi ne tus? 
Uchqur xayollarning olov qanoti 
Qay asr, qaysi davr damiga to‘kis,
Uni faqat adib o‘zi qilar his.
Hamisha osoyish, salobat siymo,
Bilamiz, jahonni qamrashga qodir.
Kim biladi, shu on — tez oqar daryo 
Kabi ne xil va necha taqdir.
3
Zavqqa solib o‘tar notinch fikridan,
Asabi savalar ne istak dardi?
Yo‘l, faqat yo‘l tutar qalam zikridan,
Yo‘l bosilgan sari — nari ketadi.

Download 2,79 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish