0 ‘ylar
adib yonib, ko‘zi qovjirab,
Darra zarbin sezar o‘z kiftlarida.
Goyo Ayniy ko‘zi boqar jovdirab
Qabih obxonaning zax shiftlaridan.
Vujudi og‘riqda, joni qiynalib,
Junjikib qo'llarin suqar qo'ltiqqa.
Yirik, dono ko'zlar mungga aylanib
To'kilmagan yoshga to‘ladi liqqa.
Shu kun qancha kezdi, ko'rmadi qancha,
Ko'zidan ketmadi Ayniy ко‘zlari.
«Hech kim bu zindonda yonmadi uncha
Va o'qday teshmadi hech kim so'zlari.
Hayoti, qalami, komi — jasorat,
Qullar yuragining oshkor faryodi.
So‘nggi isyon qoni, ilk erk, saodat
Shodlikka hamdamdi ulkan hayoti» —
0 ‘ylaydi. So‘ng so‘ngsiz uchrashuv, bahslar,
Chuqur xotiralar bari jonlanib,
Go'yo g‘olib Ayniy yozib, shodlarrib,
So‘niq Ark ustida etardi parvoz.
Goyo derdi: «Mavzu yotar taxlanib,
Yozing, Oybek, qancha yozsangiz ham oz!»
Oqshom horib qaytdi mehmonxonaga,
Ikki qiz va yigit kutardi uni,
Institut zalin tirband to'ldirgan,
Suyukli kuychiga ilhaq o'ltirgan
Sonsiz muxlislar-la she’rxonlikda
Jaranglab kechaga sho‘ng‘idi kuni.
У
YARATISH DARDI
Birdan ufqlardan boglarga kirib,
Yo‘lni kesib chiqdi osmon rang daryo.
Adib xayolidan dalani surib,
His to'lqini indi taniga goyo.
Va u o‘z ko'ksini quchdi mahkamroq,
Uchmoq istaganday qo‘zg‘aldi xiyol,
Yd‘q! Borliq entikar unga yaqinroq!
Sevinch-la tamshandi. Kim bilsin, xayol —
Yangi qahramon-la uchrashtirdimi,
Yo suv parisiga qildi ro‘baro‘?
Yo quyosh bilan qo‘l ushlashtirdimi,
Yo toglardan tushdi oldiga ohu?
Keng yagrin, mosh-gurunch qo‘ng‘iroq sochda
Sezdim yoyilganin yangi hayajon.
Adib rafiqasi bu yangi mavjda
Ko'rdi chogi unga tanish bir jahon:
Oybek ishlayapti! — dedi baxtiyor
Va aziz siymoga qildi ishora.
Oarayman: chindan ham ilhom dardi yor
Vujudi o‘z qalbi sochgan ziyoda.
Men har kalimani termoq bo'laman,
Salmoqliboyoqli, siyoqlibari.
Kamyob shohidlikdan baxtga to'laman,
Ongda tugilishin yangi asarning.
Vodiy kesib chiqqan osmon rang daryo
Somon yo'li kabi yastandi yo'lda.
Unda quyosh yonar naq go'zal ro‘yo,
Parcha-parcha oltin har och to'lqinda.
Yaqinlashgan sayin qamashadi ko‘z,
Yaqinlashgan sayin salqin olar tan.
Yaqinlashgan sayin har zarra-yulduz
To'zonin ko'tarar bu oyna sathdan.
— Zarafshon! — Onani, yo sevgisini
Noxos uchraganday adib behad shod.
Uchqur mashinaning tortmay tizginin
Boladay sakraydi tog'day ulkan zot...
Zarafshon! Ey ona tuproqqa ko'krak,
Shoh-u gadoga teng ko'ksini ochgan,
Tuproq tirikligi, inson to'qligi,
Vodiy go'zalligi bo‘lib zar sochgan.
Men seni qo'shiqqa solmogim mahol,
Umring, kuching, ko‘rking, mehringni bu on.
0 ‘zingday abadiy, go'zal, barkamol
Kuylagan-ku seni Hamid Olimjon!
Oybek sohilingda turar chinorday
Barcha ulkanliging zavqli nigohda.
Bir so'ngsiz karvonga tizilgan norday,
Tollaring ta’zimda turar qirg'oqda.
Bu ikki qalamning san’atiga lol,
Yozganlarin qayta-qayta o'qirman.
Oalbimni qiynagan, erkalagan hoi,
Aytmasanj bo‘lmasin men ham to'qirman
/
Adib istagi-la to'xtaymiz. Birdan
Yer, quyosh, suv, havo bizni quchadi,
Daryo qo‘shig‘idan, el shiviridan
Tandan yo‘l hordig'i tunday ko'chadi.
Shoir sohilda tik.
Keng ko'ksin kerar,
Tabiatdan yayrab ichadi havo,
Xayolin zabt etar munis sehrgar
Suvdan kelayotgan fusunkor sado.
Shoir sohilda tik. Daryo nur ichra,
Bahor toshmoq bo'lar qirg'oqlaridan.
Oqindan to'ldirib qo'shoq hovuchda
To‘yib suv shimirar barmoqlaridan —
Toglikdantushganday to'kiladi suv,
Ola chalpoq nurda gavharday yonib,
Keng peshana, yuzga yoyilar kulgu,
Goyo ilhom ichdi hayotdan qonib.
Daryo o‘z kuychisin to'lqin qo'yniga
Olib ketmoq bo'lib jo'shqin oqadi.
Kuychi maftun turar suv oyiniga,
Magrur aksi undan bizga boqadi.
«Iching! — deydi menga о‘mini berib, —
Har daryo suvining o‘z bahrasi bor!»
Hozir ustoz turgan sohilda turib,
Goyo imtihondan o‘tmog‘im darkor.
«Iching! — deydi. Men ham nam qirg'oq uzra,
Mehrobga kirganday asta tushaman.
Sinchkov nigohidan qimtinib zo‘rg‘a
Qo‘sh hovuchda shaffof bahra ichaman.
«— Yaxshi, yaxshi!» — deydi takror va takror,
Goyosuvichmadim, go‘zalshe’rbitdim.
Goyo o‘zi kabi ezgulikka yor,
Go'yo shogirdlikning maktabin o'tdim.
Shodman: Adib bilan bir suv, bir tuproq,
Bir elga farzandlik ortdilar faxrim,
Shodman: kezib, sezib serob va chanqoq
Yaratishning dardi, baxtidir mahrim.
Yana yo‘l! Orqada qoldi Buxoro...
Nahot adib bilan kelmoqda shahar?
Nahot fikri qal’a, qasrlar aro,
Nizolar, kurashlar ma’nisin chaqar?
Yo maglub amirning oltin qalqoni,
0 ‘ta olchoq qalbin ko'rib turibdi?
Zanjir uzgan qo'llar, qurbonlar qoni,
Naq o‘z tomirida urib turibdi?..
Ko'rdim, kurash, qirg'in va mushkul zafar,
Mardin, shohidlarin axtarib topti,
Qancha do‘stlar uyda kutganda mahtal,
Uning ko'zlarida oppoq tong otdi.
Hikoya tingladi, muzeylar kezdi,
Kirdi ming-ming hayot, taqdir yo'liga.
Shahar qalbin ochib:
— 0 ‘qib ol, — dedi,
Berdi hech tushmagan qalamin qo'lga.
U tinmay ishladi. Qari-qartangdan
Tolmadi necha kun hikoya tinglab.
Hozir chiqqan kabi o‘zi zo‘r jangdan,
Yuzda yillar izi — terda bo'ldi g‘arq.
Naq ko'zim oldida o‘sha qiyofa:
0 ‘kinch, iztirobli, zahmatkash ko'zlar
Xit edi so'zlolmay, Nigohi yona —
Yona menga achchiq haqiqat so'zlar:
— Bular so'zlab bergan har bir hikoya,
0 ‘zi shundoqqina oltinday kitob.
Bunda har ne tubsiz va benihoya
Jafo ham, daho ham, orzu, iztirob.
Aql-u zakovati jahonni tutgan,
Abu Ali Sino, Mahmud Torobiy
Va qancha daholar shu yerda o'tgan!
Hali ochilmagan tarixning bobi —
Ozmi bunda? Axir, nega yozmaymiz,
Xalqiga ko'tarib chiqmaydi qalam?
0 ‘tmish karvonida sochiq durimiz.
Terib, nahot, dildan bagishlab malham
Qayta porlatuvchi iste’dodlar kam?
Juda ko‘p, Zuhroday yorqin iste’dod,
Yurtim nasri, nazmi toza ko'kida.
0 ‘tajak umrdan tilamay imdod
Yozish kerak yonib ijod o‘tida!
Ko'rdim: fikrlashdan yorilguday bosh,
Unut papirosni ulab chekkanin.
Moviy tutun ichra munis, ko‘makdosh
Xotini daftarga xatlar chekkanin.
Horib, charchab, sayrga chiqsa Buxoro
Oq nurlar to'shadi ming-ming chirogdan,
Gumbazlar, minorlar, qal’alargoyo
Afsonaviy yurtday boqdi yiroqdan.
Oldida navqiron kuchli yigitday
Shodlik tirsillagan bugungi hayot,
Oftobga mahliyo karvon bulutday
Oppoq yuksak uylar!
Misli oq qanot.
Yoyilgan oynaband ulkan binolar:
Yangi institut, yangi fabrika,
Yangi mehmonxona, yangi kinolar,
Yangi taqdirlilar abadiylikka
Olib kirgan husn, yangi jilolar.
Yangi baxt, orzu-la yashnab, yasharib
Yana shuhrat sochar magrur Buxoro.
Yangi avlod o'tmish changini artib
Hamon yashirin yotgan qatlamlar aro.
Ajdod dahosini izlashdan tolmay,
Suyab, tiklab, sevib qiladi ardoq...
Adib boqar: ko'kda yulduz naq olmos,
Yerda — kunduzlar ham so'nmovchi chiroq.
Yerda... yana qancha tomir yoyilib
Inson uchun ishlab urib turibdi.
0 ‘zbek yuragining otashin olib,
Kim hozir qaylarga kirib turibdi.
0 ‘lkamizning yangi allomalari,
Buxoroda ochgan o'zbek gazimiz,
Bizga kelgan hurlik, tole yo'llari
Bilan borar do‘stga naq dil so'zimiz...
Kecha va bugunni birdayin quchib,
Tongga yurar uyg'oq Buxoro tuni,
Mashinalar ko‘cha-ko‘ylaring yuvib
Kunduzga kelinday uzatar uni...
Yo‘l davom etadi. Adib yuzida
Quyosh chehrasidan ajib ro‘shnolik.
Ortida o'ltirib yirik ko'zida
Ilhom chaqmog‘ini mumkin ko'rmoqlik.
Tarix jarohati, xalqning ofati
Yiqiq saltanatning gishtin irg‘itib,
Shahid, qurbonlarning unut qomatin
Suyab olib, qutlug qonlarin artib,
Bir roman yozmoqchi!
/
Ongda nish olib,
Biz-chun yangi asar topmoqda kamol.
Dilga shuncha dovul, kurashni olib
Filday tinch o'ltirish emasmi malol?
Butun umr shunday, yarim asr shu,
Yaratish dardidan oldimi hordiq?
Hakimlar qo'riqlab, unutdi uyqu,
Lekin u tiniq o‘y, qalamga sodiq.
Shunday salobatda, shu saodatda.
Shunday kamolotda kechirdi umr.
Ne yozdi: baxtdanmi yo jaholatdan,
Barini yoritdi qalbidagi nur.
NAVOIY YURAGIURIB TURIBDI
Cho'li Malik ko'ksin kesib tushgan yo‘l,
Royodan bir yangi dunyoga chorlar.
Bugungi fikr, ijod, Mehnat nomli qo‘l
Bo‘lib naq kaftida ko‘tarmish shahar.
Navoiy shahri bu! Mudom yosh, nurli,
Bemisol, betaxlit she’r dahosiday
0 ‘xshashi yo‘q bu ko‘rk erkalab ko‘zni,
Adib asabini do‘l sharrosiday.
Savaladi ming xil tuygular, hislar,
Bosib o'tdi dunyo xotira birdan.
Go'yo Navoiy ham odimin tezlab
Huzuriga shoshdi mezbonlar bilan.
Navoiy baytma-bayt o‘tib besh asr.
Yurar kazo-kazo ishchilar aro.
Har uy daftarida, har kuni ming bir
Tilda nomi takror oddiy fuqaro.
Bu nurli, bu yaxlit yangi qasrda
Xoqon ham, vazir ham, fuqaro ham el,
Xalqi ijod etgan yangi asrda
Inson taqdiriday gullab ketdi yer.
Shahar yoqib adib kezdi piyoda,
Ikki qo‘l orqada, odimlar tetik.
Quyosh, shabbodaga mo‘l har binoda,
Yoshlik va baxt o‘zi uy xo'jasidek
Chorlaydi shoirning serzavq nigohin.
Deydi:
«Zamon yozmish azim, sha’n doston,
Oadim san’atimiz o'chmas buyog'i
Yangi kamol, jilva kasb etmish chunon.
Har binosi bir xalq kelinchagiday,
Betakror zeb bilan diding etar xush,
Anov ko'kning mo'jaz belanchagiday
Sho‘x bino bolalar bog'chasi emish!»
So'zlaydi, ko'radi shoir vaqti chog,
Keng yo'llarga uqa sonsiz yosh chinor.
Shahar etagida dala, dara, tog‘,
Oq o‘t bilan yonar cho'qqisida qor.
Adib atrofiga boqar-u toymas:
0 ‘ngda yashillanib o‘sar nihol bog‘,
Choyxona, suvxona, gulxona — xullas,
Quyoshdan qochganga mazgil hamma yog.
Ko‘sak shaklidagi billur fawora,
Yomg'irida o‘ynar bolalar g‘ujg‘on.
Qay gigant kombinat, qay fabrikada
Ne ne’mat yaralur xuddi bu zamon.
Borib ko'rolmadi. Lekin qudratin,
Savlatin, davlatin sezib turibdi.
Qaytarkanmiz deydi o'zicha sekin:
«Navoiy yuragi urib turibdi...
San’atli, mehrli, kuchli odamlar
Cho'ldan yulib qurmish jannatday makon
Va yashar mehnatda va saodatda
Munosib o‘z ulug nomiga inson...»
—
—
DARYODAY UYG‘OQ
Yo‘l!
Bu tinim bilmas sayyoh Oarshini,
Tolimarjon GESin zarur ko'rmog'i.
Axir buyuk mardlik, mehnat-la dashtni
Hayotga olmoqda shonlik avlodi...
Kezdirib, ko'rsatib, so'zlab berdilar,
«Charchamasin» deya jonimiz halak.
Kanallar o'tkazib, shahar qurganlar,
Har biri unga bir jahon ochgandak.
Hayrat, hayajonlar qalbini quchib
Tinglaydi, ko'zida ilhom yonishi.
Ouchganday istiqbol rejadan ko'chib,
Tezlashar qon, ongda adib yumushi.
— Domla, edi bizda sizning ixtiyor! —
Deydi mezbon. —
Ish bas, olasiz orom.
Biryergaboramiz!
«Yana hoynahoy
Serhasham xonada ming turli taom...»
Mezbon sohibimiz sezgir, alloma,
Dashtni o'zlashtirish ishlariga bosh:
— Har GESning tarixi o‘zi jangnoma,
Qurayotir qardosh xalqlar yelkadosh.
Sizday mavlonolar qalamga olib,
Bu kunning nafasin qoldirsa meros,
Tengsiz bu mardlikni qonlarga solib
Yoshlarda ajdodga oshirsa ixlos.
Sergap bo'lib ketdim, uzr! Marhamat,
Mashinaga chiqing, uzoqmas manzil...
Kenglik bilan tillashish odat
Bular «uzoqmas»i qayerda axir?
Obdan mo‘l yo‘l bosib qo‘sh mashinamiz,
Ikki qo‘ng‘iz kabi qo'ndi daraga.
Qafasdan chiqqanday yayrab ketamiz,
Go'zallik va orom singib tanaga.
0 ‘zbek tuprog'ining bir kaft yam-yashil
Bepoyon kengligi ipak to'lqinda.
Dengizda suzuvchi bir qayiq shakl
Mazgil tayyorlashgan mezbonlar bunda.
Oq kigiz, serqaviq guldor ko'rpacha,
Yostiqqa yonboshlab cho'zildi mehmon.
Charchoq ajin bo'lib o'ragan ko'zda
Bepoyon, beg'ubor, bezavol osmon.
— Gapiring, gapiring! — dono hamrohga
Yuzlanib hikoya kutadi mehmon.
— Domla, mer> ham maftun bu oromgohga,
Nutqni direktor o'rtoqqa berib.
\
Siz sharofat men ham bo'laman voqif
Mashhur sovxozlari sir-asroridan!
Direktor o'rtoqqa bu hazil yoqib
Tabassum-la bizga boqadi zimdan:
— Nutq bo'lsa qochmas,
taom muntazir,
Ertalabdan buyon yo‘lda ko'zimiz, —
Sindirib oftobday issiq non, patir,
Shopirib-shopirib quyadi qimiz.
Yo‘l-yo‘1 dasturxonda yaxna go'sht, asal,
Qurt, rovoch, xilma-xil uzum, bo‘g‘irsoq...
Yo rab,
Na yo‘l hordig'idan, na darddan asar,
Har ne’matdan totar shoir ko'ngli chog.
Tinglab, uzoqlarda qoylar ma’rashin,
Nordon rovoch chaynar yuzi burishib.
Tanlab naq qamchiday sersuv barrasin
Xotini va meni qistaydi, «Yeng» deb:
— Oling, yeng, bunday zo‘r davo yo‘q tabda!
— Qaysi dardga davo? — so'rayman kulib.
Kutaman ne javob bo'lar adibdan.
— Qolasiz o‘n sakkiz yoshli qiz bo‘lib.
— Agar o‘n sakkizga qaytsam, mabodo
Shu Sakson darada qolib ketardim —
Dedim-u, qandaydir kelganday sado
0 ‘zim, naq o'zimdauygondi raddim.
Nima, kechirganim, ko'rganim, sevgim,
Dardim va baxtimdan ketaman nari?
G‘o‘r, dumbul fasldan boshlayman yo'lim,
Yashayman butunlay boshqa singari?
Yo‘q, ustoz, qaytmayman o‘n sakkiz yoshga,
Garchand shafaq yaqin, shu yoshda qolay.
Adib jimib to'nar uzoq quyoshga,
Qimizdan olgan kayf zarracha qolmay.
Noqulay jimlikni ko'tarar mezbon:
— Olinglar, mana bu «qora janjal»dan.
Shoir yana kayfga qaytganday shu on
Deydi:
— 0 ‘zbek xalqi shoir azaldan.
Uzum — «qora janjal», yurak — kabutar.
Sahro — Tollimarjon, qishlog'i — Vodil.
Hayotni xayol-la bezab naq zargar
Go'zallik yaratib kelar ming-ming yil.
Siz bo'lsa shafaqdan...
Qoyingbu gapni!
Ikki barmoq bilan olib kosani
Birvarakayga oq sipqardi qimiz
Men nozik qalbiga solganim dardni.
Sug'urib olmoqqa qolgandan ojiz,
Deyman:
— Oq simob rangbulutday siljib,
Biz tomonga kelar qoylar galasi.
Soy oqar banoras kabi eshilib,
Unda lov-lov yonar lola dalasi!
Suruvni nigoh-la mehmon tusmollar:
— Qancha qo‘y sovxozda? — Mezbonga boqar.
Direktor so‘zlaydi.
Raqamlar,
Sonlar,
Oudrat, to‘kinlikning nahrida oqar:
— 0 ‘zbek qorako'li, bilasiz, tillo,
Jahon bozorining bo'rki atalur.
Shoir deydi:
—
Ha, shu tillo sohibi
Bobo cho'pon Vatan ko'rki atalur.
U cho‘ponni chorlang, otamlashaylik:
Kelbatiga qarang, qudratli burgut,
Qancha fidoyilik va hotamtoylik,
Viqor, ishonch va baxt — xuddi ona yurt.
Cho'pon ikki qo'llab ko'rishib, shundoq
Adib qarshisiga odob-la cho'kdi.
Suhbat, qimizxo'rlik,
shirin xushchaqchaq
Damlar hamma dilni yangilab o‘tdi.
Adib tinglar, so'rar, kulardi xushbaxt,
Odam ham, tuproq ham o'xshab baxshiga,
Unga shivirlardi qo'shiq,
tabiat
Bag'ishlardi tamom yangi nashida.
Ilhom bo'ronida boqardi serzavq:
Atrof o'tayotgan kun shu’lasida
Butun o‘zga ko'rkka kirgandi bu vaqt:
Men tavsiridan ojiz latifalashgan rang.
Ko'kat nafasida bokira jarang
Bor edi dara-yu, el nag‘masida.
— To'xtating, — der menga, — damlar sur’atin,
Siz ayol, ayolga nelar tiz cho'kmas?
Yo Rab, bu behishtday joylar suratin
0 ‘rol Tansiqboyev chizmasa bo‘lmas! —
Ilhom savalagan tani salqin og'ushda,
Ilohiy chiroydan borlig'ida kayf:
— Ko'rmasam kirmasdi aqalli tushga,
Uyqu g'aflatida o‘tgan umr xayf.
— Domla, o'zingizga qildingiz tuhmat,
Qachon uxladingiz?
0 ‘chirib chiroq.
Bir dam mizg‘ib olish nahotki g'aflat?
Deydi:
— Yashash kerak daryoday uygcoq.
Sakson dara!
Yana sakson yil sevib,
Kezsam, bilsam ona yerni naq dehqon,
Keksalik va dardni bir yoqqa qo'yib,
T oyib-toyib yozsam qolmasdi armon...
Zavqdanmi, afsusdan lablari qurib
Ichar ko'klam boyi anqigan qimiz,
Mezbonlar siylashar ming taom qoyib,
Hikoya tinglaymiz, she’r o'qiymiz biz.
Nazdimda hammaning tanida bahor,
Faqat insonlarga musharraf huzur.
Adib chehrasida mavj urib nahor
Oo‘zg‘aladi birdan, so'raydi uzr:
Ziyofat-chun rahmat!
Bu bahri kabir,
Yashil to'lqinida suzib qolaylik.
Unda eshak yo'rtib borar bir kampir,
Bir nafas to'xtatib gapga solaylik.
Bular bari bilgich! —
Deydi-da ildam,
Bosh yalang, to‘sh yalang tushadi yo'lga,
Suv kechayotganday tashlaydi qadam
Shoir o‘z qalbiga, qo‘r berar dilga.
Ortidan boramiz, qomati filday,
Ko‘rinar kenglikda yana ulgayib,
Kampirning yoniga borib, o‘g‘ilday,
Suhbat boshlagandi quyuq so'rashib.
Kampir tetik, qotma, chayir jussasi
Oizil mursagini ilib turganday.
Yonida to'lmagan bahor g'unchasi
Qizcha — Hurliqo sehrlanganday.
Ko‘zin uzmay turar shoir yuzidan,
«Kim edi bu yaqin tanish, buzrukvor?»
Fikrin qiynaganin uqib ko'zidan,
— Bu Oybek domla-ku! — deyman serviqor.
Ko‘zi oftob cho'kkan chuqur chashmaday
Tiniq uchqun bilan yonib ketadi.
Do‘lti labda kulgu sof karashmaday
Entikib shodligin bayon etadi:
«Qutlug qon»,
«Navoiy...»
«Qizlar» dostoni...
Hammasini yozgan domlami chindan?
Nigoh-la erkalab Hurliqoni,
Adib o‘y suradi yo yozar zimdan.
Hurliqo yuzi, kulgichlarida
Uchqun sochajakday qaynaydi sevinch,
Tim qora, qirq kokil uch-uchlarida
Acha taqib qoygan ko'zmunchoqlar zich.
«Yomon ko'zdan asrab» bodrab turishar...
Oybek domla zavqdan kuladi qotib.
Oiz naq yozilajak qo'shiqqa o'xshar,
Kela j akka kirar oy tongi otib.
Ulg'ayib ufqqa oqadi oftob,
Qaynoq peshonani yalar salqin yer,
Nigoh yetganicha dara-ku atrof
Yaqinga oxshamas bular borar yer.
Uzr, — dedi shoir — bizyo'ldanqoydik,
Hechqisi yo‘q, bolam.
Hozir qirqim payt.
Biz ham uy ichi-la qirqimda edik.
Io‘nadik, qilay deb bir qoshiq ovqat.
Yuringlar, bizga ham bo'linglar mehmon.
Cho‘poncha qurtova qilib beramiz. —
Qizcha ham iltijo qiladi chunon.
— Rahmat! Hurliqo, atay kelamiz.
Rahmat!
Ona, endi siz ishni
|