Mushoira
1
Go'zal tuproq uzra quyiladi oqshom,
Kunduz olar dam,
Jo'shqin mushoira etadi davom,
Do'stim, kel sen ham!
Bunda uzoqdagi do‘st bo‘lar yaqin,
San’at, mahoratning bayrami bunda.
Qofiya, so‘z, misra bahslari qizg in,
Yuraklar davraga kiradi bunda.
Qay dil chamani boy, jozib nafasi,
Kimning fikri o'tkir, teran, bokira?
Bu gurung — shoirlar musobaqasi —
Sharq she’riy chamani, bu mushoira.
Hind tuprog'i uzra quyilib oqshom,
Kunduz olgach dam,
Jo'shqin mushoira etadi davom,
Do'stlar bo'lib jam.
Yuraklar jo‘r ekan, ovoz hamohang,
Zarra ehtiyoj yoq muhtasham zalga.
Bu she’r bogida go'zal, rang-barang
Qo'shiq solib kelgan har shoir dilga.
Nil qudratin jo'shib kiiylar bir shoir,
0 ‘zgasi Gang misol qilar zamzama.
Faqat mango nusxa ajoyib chodir
Bu go'zal davraga ajib boshpana.
Bengal ko'rfaziday ко‘к edi oqshom,
Atrofda tabiat olardi nafas.
Rang-barang chiroqlar shu’lasi beson —
Osmon ko'zlarida etar edi aks.
Salqin sohillardan esgan shabboda
Goh olib kelardi gullar bo‘yini.
Goh hindu qiz kuyin, goh yaqin bog‘da —
Sayragan anvoyi qushlar kuyini.
2
Lekin hokim edi davrda ilhom
Va jasur qalam.
Jo'shqin mushoira etardi davom,
Do'stlar bo'lib jam.
0 ‘zbek supasiday sahnada gilam
Chiroqda yonardi goyo kamalak.
Sehr-u muhabbatin ko'rardi baham
Haqiqat va nurga intilgan yurak.
Sahnaga chiqardi sipo va vazmin
Chinor ham, nihol ham she’r chamanidan.
Keksa-yu yosh ota-yu farzandday yaqin
Yonma-yon do‘stlikning bu bayramida!
Sharqning ham buzilmas odatlari bor,
Hindlar udumiga qilamiz amal.
Chordana quramiz mehmon va mezbon
Kamalakrang gilam uzra bemalol.
Poygakda yechilgan xil-xil poyafzal,
Mening nazarimda o‘zi bir dunyo.
Har biri o'zida mehnat va go'zal
Eli tuprog'ini keltirgan goyo.
Ajib Hindistonning mohir, mirishkor
Kosibin san’atin qilib namoyish —
Hindlar sandallari tizilgan qator.
(Sandal daraxtidan yasalgan emish).
Juda soz! Albatta kiyib birini
Safarga do‘stlar-la men ham chiqaman.
Har qo'lga tutqazib xalqim mehrini,
Buyuk Hindistonni yayov kezaman!
Xitoyningbejirim, Bogdodning puxta
Oyoq kiyimlari turar yonma-yon.
Qarayman, Seylon bor va boshqa
juftda
Eron kosibining san’ati ayon.
Mo‘g‘ulcha etiklar Panjob kashfiga
Ertak so'zlaganday egilib turar...
Ko'zlar quvonadi inson ishiga,
Shod etar tuprog‘-u, mehnat va hunar.
3
So‘ngra tevarakka sezdirmay sekin
Men ham tuflimga tashladim ko‘zim.
Yomon emas, Ahmad, mohir, kamtarin
Vatandosh, ishingga olqish o'qidim.
Bilaman, sening ham bunda do* sting bor,
Balki Bombeyda u, balfci Kashmirda.
Qayerda bo'lmasin xuddi sen misol
Yashaydi davrada yangragan she’rda!
Chodir ichi gavjum, ko'zlar muntazir,
Mikrofon oldida davr sohibi:
-=«ciCl7§te*B-
Kumushday sochida jilvalanar nur,
Ko‘zida yoshlikning so'nmas yolqini.
Nelami ko'rmadi bu ko'zlar? Yurtda
Ko‘z yoshi daryoday oqqanin eslar.
Iroda va umid toblanib o‘tda,
Qari haqsizlikni yoqqanin eslar.
Endi Hindistoni ustida oftob,
Shuning-chun yosh, dadil, munawar boqar,
Bizni she’r bahsiga qiladi xitob,
Qo'shiq yuraklardan daryoday oqar.
Go'zal tarjimondir zangori oqshom,
Har yurak hamdam.
Bizning mushoira etadi davom,
Do'stim, kel sen ham!
Mana, musiqaday, sevgiday mayin
Davraga kiradi Panjob bulbuli.
Nafis satrlari yoniq o'tdayin,
Jasur jaranglaydi onalik dili.
She’r o‘qiydi Nepal, Vyetnam, Xitoy,
Rus, tojik o‘qiydi she’rini sarbast.
Qora alangaday soqolli singxlar,
Qorday oq libosli bengallar, hindlar.
Zavqidan tebranib naq to'lqinli soy,
Tinglardi hayajon og‘ushida mast.
Qo‘shiq-chi?
Goh kurash,
goh qiz sevgisi.
4
Goh ko'kdan non kutib ko‘r bo‘lgan nigoh,
Goh go‘dak kulgusi, goh banan isi,
Surmali ko'zlarning nozi bo'lib goh,
Goh bo'giq haqiqat dod, hayqirigi,
Gohi yulduz kabi yiroq, yorqin baxt.
Qullikka sanchilgan gazabning tig‘i,
Goh erk tantanasi bergan adolat —
Osiyo, Afrika kartasi bo'lib,
Hayot alamiga, baxtiga to'lib,
Kirib kelar edi dildan dillarga.
Yellar misralarni dillardan yulib —
Million yo'llar bilan butun ellarga
Ketardi go'yo bir samimiy sayyoh,
Yolqin qanotida do'stlik va mehr.
Goyo sharqliklarningbaxtigaguvoh,
G'arbni chorlar edi davraga she’r.
Ey latif, fusunkor hind oqshomlari,
Ne sehr bor edi zangor qoyningda?
Tinglovchi va shoir hayajonlari
Bu ulkan qalb bo'lib tepar to'lqinda.
Yangi kuy, yangi o‘y olib shoirlar,
Daraga kelardi, kelardi hamon.
Dillarni payvandlar edi satrlar
Do'stlik, qardoshlikning ko'prigisimon.
Yor-u birodarning mehriga serob.
Yurakday davramiz borar kengayib,
Jafokash qoniga solib oftob,
Ko'zida qalbning oqligi yonib —
Afrika farzandi o'qiydi she’r.
Irmoqday quyilar tinchlik so'zlari.
Orom ogushiga kirgan bo'lar yer,
Yorqinroq chaqnaydi ko‘k yulduzlari.
Sen ermak emassan, sen non, sen orom,
Orzu pokiza.
Sen Hayot! Hayotni kuyla sen mudom,
Ey mushoira!
Sen chorla, ovozing eshitsin jahon!
She’rning urib turgan yuragi bo'lib,
Hayotning eng ajib kuyiga to‘lib.
5
Davramizga kirsin ishchi va dehqon,
Hayot san’atkori eng oddiy inson.
Balki u she’r yozib, o'qimagan ham,
Ijodning lazzatli dardi begona.
Kurashi — qalbida qaynagan ilhom,
Kitobi — erkka ishq, orzu va g‘oya.
Mayli, o‘rin olsin, bu shonli safdan,
Shoirlar kuyiga bo'lsin hamovoz.
Mehnat-la yaratgan saodat, baxtdan
Naql etgan misralar keng qilsin parvoz.
Hayot go'zalligi she’riyatining
Yoniq nafasiga to'lsin bu jahon.
Xavfdan xalos bo'lgan bashariyatning
Qo‘shig‘in to'qisin ozod, tinch inson.
Davramiz mehrga to'liq bir olam,
Do'stlar bari jam,
Buyuk mushoira etadi davom,
Kelingiz, siz ham!
1958
|