-Zulfiya
1982
Bo'ldingmi kiprik,
Yo bir aymog'ingni yerga qaratding?..
...Sarhisob chogimas,
Maslak bir talay.
Uzun umr ato qilgan toleyim.
Jahonda o‘q tovshin o'chganin bilmay,
Dunyodan tinchgina ko‘z yumadi kim?
Hamma chegarani surib nariga
Bitta mintaqada yashar Yer, fazo.
Sen ko'rmagan el-u yurt har dardiga
Tinglaysan dilingdan bir aks sado.
Yerda hayot bitta,
Ammo ming taqdir,
Barin ko‘tarmog‘i vojib shu bir Yer.
Vojibdir charaqlab turmog'i oftob.
Hayot kundan kunga shirin,
Lek mushkul,
Sening ko'zing o'tkir,
Zamon ham shaffof.
Bilging,
Qilging zarur ish salmog'i zil,
Tortmoqqa asablar berarmikan tob?..
Gurkiroq o'smamga qish qor otganda,
Sevgan daftar birdan qolganda tugab,
Yarashiq ko'ylagim yupqa tortganda,
Erka do‘st qo‘qqisdan ketganda jo'nab;
Qalbim,
Vujudimni qamrab iztirob
Notavon achinish quchganda tanni,
Bilmabman:
Ne ekan gulni ardoqlab —
Parvona kapalak olib ketgani?!
Bilsam:
Ko‘p ulushin boy bermish umr:
Yillar aldab, nimlab olib ketibdi.
Isyonkor
Dumbul ruh o'rniga
Sabr,
Matonat,
Ishq,
Mehnat so‘zin bitibdi...
1982
Kechagina borliq edi moviy qor,
Sevgidayin kun taftidan eridi.
Esda:
Biz yosh, qor bahordan serviqor,
Tanimizda ming bir oftob bor edi.
Hamma go'zal:
Yoshi o‘tgan onam ham
Xushbo‘y\edi xiyol so‘liq gul misol.
U bilganm pari bilmas bir olam,
Unga kelib yechilardi barcha fol.
Nafasidan nafas olib o‘sdik biz:
Farzandlaru, gulu kitob hamrohi.
Guldan jozib edi bizning onamiz,
Bir jahon baxt bagishlardi nigohi...
Onam bog'i orzusimon turfa rang,
Loqayd, bachki bezaklarga edi yot.
Bor mavjudot raqibi-la qilib jang
0 ‘stirdi bog‘, o‘g‘il va qiz — zurriyot.
Shu eram bog‘ zamonaning zayli-la
El o‘tguvchi ravon yo'lga aylandi.
Onam!
Sizning umr hayot mayli-la
Mening jism-u jahonimga joylandi...
Necha ajdod kechgan bog'dan yo‘l qoldi,
U yo'llarda Siz-u mendan yo'qdir iz!
Sizni Men-u,
Meni Onalik oldi,
Ayol zoti ketmas hayotdan izsiz...
1982
Niyatim, aytajak so‘z, zorlarimga
Mushtdakkina yurak lim-lim to'libdi.
Siyraklashgan kiprik oralariga
Bedorlik soqchisi uya qoyibdi.
Bor bo‘l, shunday taqdir!
Ziyrak bo‘l, soqchi,
Darimasin uyqu egizagi — g'aflat.
Lekin lanjlik degan makkor qaroqchi
Bosh suqsa senga ham o'qiyman la’nat!
I
1982
I
З&иуитгша men bdlay
nokim
Hovli to‘la bahor,
Ko‘k to‘la bahor,
Nafis bahor hissin chuldirar qushlar.
Hali ochilmagan gullarda ifor
Oish qirovin quvib dillarni xushlar.
Va biz bir sulola ayvonimizda,
Nur, quvonch, xotira ne’matiga rom.
Evara guvranar quchog'imizda,
Hordiq kunimizga bag'ishlab orom.
Bir choq buvim aytgan kuyin takrorlab,
Men go'dakka sekin aytaman alia.
Menga munchoq ko'zlar boqadi bodrab,
0 ‘g‘limni-chi, uyqu quchgan bu palla.
Hordimi?
Elitdiyo nafis ko'klam,
Ilk nasim yetaklab sochib yurgan nur...
Nahot orom bo‘ldi bolamga allam,
Charchoqlarin tortib baxsh etdi huzur.
Oo'lidan sirg'ilgan gazet, oynagin,
Balandroq tokchaga qoyay avaylab.
Choyi sovimasin, o‘ray choynagin,
Aytay alia ichra allalar saylab.
Uxla, buguningga men bo‘lay hokim,
Kunni tunga ulay gar senga darkor.
Va tepangda ezgu tilaklar aytgum,
Shunday yonginamda toyib uxlab ol.
Oator telefonlarning uzayin simin,
Yo'qlaganga qanday «uyda yo‘q» degum!
Aql bilan o'lchab yillarning vaznin
Eliga kift tutar inson yetkurdim.
Qanday qulay bo'lsa shunday yotaver,
Shovqin, ovozlarni ketga qaytaray.
Sim-siyoh qosh, kiprik,
Soching oqlarin,
Barmoqlarmas, baxtli nigoh-la taray.
Xizmating, burchlaring,
his,
tuygularing
Ko'lamin anglashim bagishlar gurur.
Yelkamga ololmam aql zarrasin,
Oodirman suyunib tilashga umr!
1982
TAzugim sirgilib tushdi.
Yo Rabbiy!
Uzugim sirg'ilib tushdi,
Ingichka tortdimi, shuncha, barmoqlar?
Qalbimning tubida nedur uvishdi,
To'lqinsiz qoldimi tanda irmoqlar?
Zeb-u ziynatlarga o‘ch bo'lmadim hech,
Ziynat bildim faqat zamon, sozimni.
Sozni na kunduz, na tunda qoydim tinch,
Yelkasiga ortib quvonch, rozimni...
Uzuk qalamimdan edi yaqinroq,
Dilim va barmoqlar siriga mahram.
Huzur, iztirobdan tushganda titroq
0 ‘sha edi chaqnab, mo'ltiragan ham...
Endi barmog'imni etib ketdi tark,
Bir chog tuhfa etgan qo'llar singari.
Garchand u emasdir sevgi kirgan ark,
Ketishi ham emas to'lqin tingani.
I
0 ‘rta barmogimga olaman taqib,
Tabiatdan ustun menda ixtiyor!
Endi bu barmoqlar ne kuchdan qalqib,
Noziklashar nedan, bilmog'im darkor...
1982
Зди humify she’ri
Uydirmaga cho'zmas qo'llarin,
Ayon: she’riyatga tiz cho'kar qalam.
Dil ko‘zi oq ко‘rib hayot yo'llarin,
Oldinga undaydi sur’atli har dam.
Dam va kun dalaga ketgan yoyilib,
Qayda ishli tuproq, shu yerda o‘zi.
Har zoye nafasga bizdan koyinib,
Dakki, chaqiriqday boqadi ko‘zi.
Kun nima, biz o'tli qalb bo'lsak agar,
Mehnatimiz bergan har aziz meva.
Ortganing ne bo'lsin,
xijolatmi, zar,
Ertaga eltuvchi sodiq bir teva.
Xijolat mezonday ilashmasin hech,
Paxtaday nur sochsin har dilga shuhrat.
Mashina,
qo'ldami,
tongmi, kunduz
kech,
Shu pok, iftixorni teramiz, albat.
Umid urug'ini tikkan dehqon qalb
Baxtining donasin qoldirmas yerda.
Dilimiz o‘t olsin, kunlar dol-u
zarb.
0 ‘tsiz paxta bitmas,
don yetmas elda.
Bu kunning sur’ati,
bu kunning kuyi,
Bizning qaynoq qo'ldan g'olib qanotda.
Mag'rur boshlaringiz bo'lmasin quyi,
Ne bor g'alabadan shirin hayotda?..
1982
‘Kuyiama mjronni
|