Qaysin Quliyevga
Qo'noq
Togliklar o'lkasin burgut siyoqli
Saxiy, o'ktami,
Bugun qo'shni bo‘lib qoldi yiroqli
Oardosh tam-tami.
Qarshimda qo‘sh boshin qorlarga o'rab,
Chaqnab, chorlar tog‘,
Ouyini yuksakka zanjirday ulab,
Yo‘l ketgan uzoq.
Dam olish faslini kutdim, yetishdim,
Topdim tanholik.
Uyqu, jimlik mayin shimirib ichdim,
Beqiyos totlik.
/
limligu hordiqdan toldim!
Bir parvoz
Istayman shu tob,
Intilsa dil yetar, chaqirsa ovoz,
Ey do'st, meni top!
Kezdir: shalolalar shovqini quchsin,
Tortay sezgirik.
Hayratdan ko‘z yoshim uchqunday uchsin,
Atrof sehrlik.
Sen boshla qir, qoya, daralar o'tgach,
Togliq qo'yniga.
Osilay ipakday himralgan o'rkach —
Bulut boyniga.
Cho'qqidan yuksakda uchgan qushlarga
Kuchlidir suqim.
Men qushday o'ktamman: u muz to'shlarga
Oo'nishim muqim.
Garchand cho'qqi qorli — yaqin quyoshga
Bor edi ahding.
Malika atading ko'tarib boshga,
Qur endi taxting.
Yerdan axtarganlar cho'qqidan topsin,
Yuzim yuvsin sel.
Sovqotsam bulutlar par ko‘rpa yopsin,
Allalasin yel.
Kunduz sanchsin quyosh ming bor bigizin,
Bo'lay o‘t nafas.
Elimning har gulro‘, pariro' qizi
Boqsin serhavas.
Cho'qqi kaftidagi shu taxtda turib,
Sham bo‘lib yonay.
Butun jahon elin tinchlikda ko'rib,
Behadik qonay.
Eldoshing:
«Bu yoniq sham qaydan o‘zi»
deb qilsa so'roq.
De:
Yaqin qardoshning bir ona qizi,
Vafoli qo'noq.
Bu kunlarda uyda emasman
Bu kunlarda uyda emasman,
Yana meni tark etdi yurak.
Yurak topgan hayratdan mastman,
Hayrat menga yoshlikdek kerak.
Qaydamiz, dil?
Bu kimning eli,
Buncha tanti, erka quyoshi!
Tilimizga o'xshaydi tili,
Kuydor ekan suvidan toshi.
Sho'x jilgasi toshotar o'ynab,
0 ‘ynoqlaydi toyday har to'lqin,
Ooyalari oftobdan yayrab,
Tomchi sochar misoli uchqun.
Iliq nigoh oqbosh toglari,
Ko'zlaringni kuydirsa ham muz,
Yomg'iriga bahor chog‘lari
Ilk sevgiga tutgan kabi yuz —
Oizlar jalabilan o‘ynaydi,
Yigitlarni nigoh-la kesib.
Sevsa na jon, molni o'ylaydi,
Ketsa mumkin har nedan kechib.
Har kim seni chorlaydi uyga,
Mehrin qo‘shib tutar non-u may.
Sen kirgan uy aylanar toyga,
Qolsang mumkin ko'ngil uzolmay.
Saf-saf gozlar yurgani misol
Oizlar oychan, raqsi sehrgar.
Titrar tog‘-u daralar xushhol,
Yigitlari jo‘r bo'lsa agar.
Gar tinglasang ona allasin,
Oshiqlardan doston uzun kun,
Yerin, elin bitmas yarasin
Boisini anglaysan butun.
Va nogahon sen ham taningda
Jarohatin, baxtin sezasan —
Qonli-qonsiz janglar mardiga
Qalb-la ta’zim qilib, kezasan.
Nedan so'zlar qilichday keskin,
Tog'day metin qanoat qaydan?
Keksalarin qaddi tikligin,
G'urur hatto yangrashin nayda.
Elbrusning qo‘sh oppoq boshi
Naq «Qiz ko'ksi» — soflik, saxovat.
Bu husndan el dara, toshi
Kasb etadi tengsiz nafosat.
Tuprog'ida yashnoq zilollik,
El bir go'zal iqbol-la yashar.
Odatidir yaratish shodlik,
0 ‘ktamlik ham shonday yarashar.
\
Mana, nechun uyda emasman!
Tog'li do'stlar mehmoni yurak.
Sharobi-yu mehridan mastman,
Kayfin olib ketmog'im kerak.
Ketganda ham hech unutmasman...
1 9 7 5 -8 2
Mendan boshlanadi uyda uyg‘onish,
Zero, uyqu nima bilmagan jonman,
Menga juda mushkul yashashdan qonish,
Safardan bir nafas tinmas karvonman.
Tong suvratin chizmoq bo'laman hamon,
Yurak to'lqiniga yetmaydi ranglar.
Tabiat naq shu kun tug'ilgansimon
Har gal hamma yoqda yangi jaranglar...
Ajab!
To‘p-to‘p...
Bu ne mo'jiza, royo,
Tomirlarda sezdim bahorgi irmoq.
Hayot ibtidosi kabi bu sado
Nahot bo'ldi tandan charchovni quvmoq?
0 ‘girilib qarayman;
Ma’sum mo'jiza:
Bu — mening nabiram!
Boshlabdi qadam.
Misli sho'x ayiqcha, polopon, jo‘ja —
Ovdir-dovdir yo4ni boshlarkan odam.
Lapanglab odimlar... borlig'i jur’at,
Naq pag‘a bulutga tushar oyoqlar.
Murgak, mushtday jonda bor hayot, qudrat,
Tong rangda shaftoli, momiq yonoqlar.
Og'zi, ko'zlariday ochiq keng quloch,
Nabiram qadamlar!
Yosh dorbozsimon.
Langarday yelpiydi ikki qo'lini.
Asr! Qopqalaring borligicha och,
Bu keksa zaminda yana bir Inson
Tong bilan boshlabdi buyuk Yo'lini.
Bilmayman!
Bu notinch ona jahonda
Shu tong yo‘lga kirdi ne son - ming go'dak?
Kimningdir ilk yo'li yo'qoldi qonda,
Yot, izg'iq, mudhish o‘q etdi juvonmarg?
Mening nabiram ham keksa dunyo-la
Tillashmoqni boshlar qushday hijjalab.
Go‘dak, tong — ibtido asl ma’no-la,
Bizlardan himoya,
farosat talab...
1982
* * *
She’r demak — o‘jar do'st qalamning izi,
Shoirni boricha etar namoyon:
Ne tariq hayotda otgan ildizi,
Ne tariq qaddini tiklab turgan jon.
Bu shunday bir izki — qalb sollanishi,
Goh dengiz dolg'asi, gohi nasimdir.
Gohbayram... Gohgussayallig'lanishi,
Dardlardan tavallud kamyob tizimdir...
Goh g‘urbat, dag'allik itargan kunjak,
Goh mushtdek yurakda yashagan jahon.
Gohi uzun o'tmish, sirli kelajak,
Yoshing o‘tgan sari o‘suvchi armon.
Istar u: mashaqqat, hayratday ko'chsin,
Sahroga yoyilsin soy bo‘lib, yayrab.
Oydan shu’la emas, soylovchi uchqun,
Dardimga malhami bo'lsin musharraf.
...Hamon parcha-parcha dilni chegalab,
Undan butun qo'shiq to'qimoq orzu...
...Insonga berilur umr chamalab,
Afsus: hukmdamas tosh-u tarozu...
Kechang ortga,
Ertang oldinga tortar,
Qushlar barg uzganday umringdan uzib.
Fikring parmalasa yorilar toshlar,
Lekin yillar yo‘lin bo‘larmi buzib?
Yo‘q, buzib bo'lmaydi ketar yo'llarni!
Bekat qurib tashla, gar qodir esang.
Kim bonding?
Ne qilding?
Tortiq bo‘larli
Bormi kelurlarga arzirlik tuhfang?
Bir kimga boshpana,
Bir kimga ko'prik,
Yo ruhni yuksaltar biron so‘z aytding?
Ko‘z bo'lolmadingmi,
|