Zulfiya Saylanma «sharq»




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/38
Sana24.01.2024
Hajmi2,79 Mb.
#144544
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
Saylanma. Zulfiya

Yangi yil she’ri
Yana bir bekatga umrim karvoni 
Kelmoqda yaqin.
Butun borlig'imga dil hayajoni 
Hokimdir tag'in.
Bu kecha umrimdan yop-yorug‘ nurdek 
Bir yil o'tmakda.
Sertole bir uyni etgan kabi tark 
Dil urinmakda.
Bu yoshda osonmas yilni uzgusi,
Har yil endi ganj.
Ne mujda aks etar kelar ko'zgusi,
Ne shodlik, ne ranj?
Butun yil bir saxiy yaxlit qo‘l bo'lib 
Ko'tardi baland.
Men qaynoq erkalash, g'ururga to'lib 
Yoshardim bir chand.
Mehnatimdan ortiq sochdi boshdan zar, 
Men esa xijil.
Kelar yillarimga tashlayman nazar, 
Burchlarim shig'il.
Barisi nish urib chiqmoq shart urug, 
Mening qal’amda.


Yosh ham navqironmas, anchayin ulug, 
Kuch ham tanamda.
Mayli, zaif qolsam el daryosiga 
0 ‘zimni otgum.
G'arq bo'lib javohir kuy dunyosiga 
Bahralar topgum.
To'fondek bo'lmasa, soydek osoyish 
Yozarman she’rlar.
Yillar o‘tib ishqdan qolsa oroyish, 
Sadoqat derlar.
Sadoqat va toqat, farog'at, mehnat, — 
Barin etib jam,
Shu o'ktam o'lkamning baxtiga hambaxt 
Tashlarman qadam.
Umrga begona boshi berk ko‘cha,
Bir emas bekat.
Baqamti so'ylashdik kuning bitguncha, 
Rozi ket faqat!
Men poyandoz etib orzu-armonni,
Yangi yil kutay.
Yangi bekatlarga umrim karvonin 
Yetaklab ketay.
1976


о
Na gozal damiar im!
Bahor kelyapti, uygonmoqda dil 
Gullardan ham tez!
Qanot top, nigoh top, ko'pchimakda yer, 
Yeldan ildam tez!
Ana, bosh ko'tardi munis binafsha 
So‘l-u sogingda.
Borliqni to'ldirgan bahorgi nash’a 
Soy-u tog'ingda.
Shamolning bir qo‘li tortar dalaga,
«Men saxovat» der,
Osmon gavharlarin ortmish jalaga 
Hovuch-hovuch ter!
Tuproq bahrini tuy, ol nur ro'molni,
Uch bulut tomon.
Sening harorating kessin shamolni, 
Gullasin bodom.
Pag‘a bulutlaming momiq qoynidan 
Simirgin yoshlik,
Quyoshning har nurin quchib boynidan 
Jon olsin toshlik.
Chigitlar sochilgan tuproq qatiga 
Har yilgidan mo‘l.
Toshlar ham jo‘r bu yil inson ahdiga,
Gul ochmoqchi cho‘1.


Toshdan ham, yerdan ham, urug'lardan ham 
Bahorga chanqoq 
Inson bor!
U borki, sen ham boy, ko'rkam,
Kela qol tezroq!
Yomg'ir, sen tabiat saxiy farzandi, 
Menga ко‘r sat yo‘l.
San’ating yuvadi yer-u ko‘k gardin, 
Ezguliging mo‘l.
Bir yo'la, bir azim cho‘l-u sahroga 
Osmon qoyar lab.
Hali ishq bilmagan Odam Havoga 
Baxsh etganday qalb.
Qo'riqlar ko‘ksiga yaqinlab ko'klam 
Uyg'onar tuproq.
Iliq nafasingdan bahra olgan dam 
Eriydi muzloq.
Sening san’atingga bir shogird tushib, 
Tomchi bo'lay men.
Dilimni parchalab tomchingga qo'shib, 
Cho‘1 qamchilay men.
Bug'doymi, chigitmi, ne bor urugga 
Bag'ishlay rivoj:
Dehqonlar ko'rsatgan dono yo‘rig‘-la 
His etay quvonch...
1976


Bir olam tabiat qo'ynida tomchi 
Bo‘lmoq ham tole.
Qalb, meni shu yomg'ir yo'liga sol-chi, 
Yashay safoli.
Oh, yomg'ir, har salqin hayotbaxsh tomching 
Qo'zgaydi havas,
Sevgimday beshafqat bo'lsa gar qamching, 
Itqit, bo‘l sharros.
Quvonchlar tagida qolgan dard qumin 
Yuvib ket birdan!
Uzlatga begona ko'ksim to'lqini 
Kuylasin nurdan...
1976

Chaqmoq chaqib o'tgachgina oylaymiz, 
Chaqnog‘ini izlab topmayin.
Yoshlikda tushni ham o'ngga yoyamiz, 
Kunlar etagidan tortmayin.
0 ‘tdi yoshlik mendan bir shavq ko'rmayin, 
Do'llar urgan binafshasifat.
Qizg'angandan rizqin qistab so'rmayin,
Atab ketdi meni beshafqat.
Kechir, yoshlik, o'zing eding buyukroq,
Nozik qo‘lim tuta olmadi.
Yoniq vulqon eding, nuri quyuqroq,
Oq ko‘ksimga sig'a qolmadi.


Tortqilab olganda siltovdan zarba 
Jarohati hamon bedavo.
Hamon vujudimda zarrama-zarra 
Yotar chekib tovushsiz navo.
Kechir meni, yoshlik! Senga munosib, 
Chaqnab va chaqnatib yurmadim.
Tuygu to'fonlarin idrok-la bosib, 
Portlashga bir zamon qoymadim.
So'ngra, so'ngra so'ngan vulqonday sokin 
Qoydim seni bevaqt keksartib.
0 ‘tgich havaslarga muk tushib lokin 
Tahqirlarda bo‘lmas qizartib.
Lekin bilsang o'tdim o‘zim senga zor, 
G'uncha qolding bir bor ko'rk ochib, 
Bahorimgayoggach hech erimas qor, 
Gulday she’r yozmadim atirlar sochib...
1976

Download 2,79 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish