Rassom Chingiz Ahmarovga
Zakovat sehridan bir mast-u alastman,
Tuygusiz tosh dil ham kayf topar bu maydan.
Tabiat sabogin baxsh etgan chog‘ sizga
Bildimi, so'ng o‘zi yonishin bir rashkda?
Loqaydlik, dagallik suqulsa goh bizga,
Mahv etar siz chizgan bir jayron qarashda.
Sizdagi qalb ko‘zi, moyqalam tig uchi,
Asrlar tubiga kiradi jur’atli.
Tafakkur, tasawur atalmish cho‘g‘ kuchi,
Tiriltar Tangri ham unutgan suvratni!
Qarayman:
Mardum, shoh siymosin ramziga;
Shoh, xoqon har zamon, makonda bir toif,
Dillardan ezgulik, ko‘zlardan intiqom boqqanda,
Soylarga qulagan toshsimon u g'oyib!
Ajdod-la visoldan ko'klarga yetar bosh,
^u — me’mor, bu shoir, bu falloh,
0 ‘lmaslik qasriga tirnoq-la
Gul o‘yib so‘ng unut bu — naqqosh!
£u — na baxt, na imdod tamada cho'zmagan qo'lini.
Besh asr yo‘l o'tgan jinsimga qarayman:
Shaftoli yonoqda qotgan yosh do'lini
Oaynoq bir sukutda mehrli kiprik-la tarayman.
Taqdirga tik boqqan nigohdan nogahon oqar mung,
Mung emas, toptalgan tuygular qasoskor qo‘shig‘i!
Qarangki, tanozil asrlar uyquda yotgan so‘ng
Kuydirar iboli ko'zlarning qop-qora o‘t cho‘g‘i!
Bu gulro* — na beka, malika!
Bir erksiz kanizak,
Garchand zar va nurdan to'qilgan peshonabog boshda,
Bir tunlik xirsiyat qurboni!
Taqdirdan nafrat-la kulgandek
Yarqirar bokira bir poklik chimrilgan har qoshda.
Xijilman so‘z topmay mahorat, bu san’at naqliga,
Kuylolmay munosib va jozib jarangli bir nayda.
Bu ranglar, bunday zid tuygular jangini aqlga
Sig'dirib, bayonga solmoqlik qayda-yu biz qayda?
Har yerda qalbingiz rangbo'lib sochilmish:
Muhabbat va g'urbat, sadoqat, adovat dostoni
bo‘lib goh.
Saroylar devori, peshtoqdan,
Zarvaraq, suvratdan
Gohi tong, goh shafaq singari boqadi yarqirab.
0 ‘zbekning o'tmishi,
Bugungi insonning shuhrati jahonni tutmishi,
Sizdagi zakovat kuchidan
Yomg'irdan so'ng chiqqan oftobday ochilmish,
Qo'shiqqa aylanmish sehrgar moyqalam nom nayda.
Siz esa yashaysiz, bu kamyob shuhratga berib chap,
Mehnatga baxshida umrning har damin —
Ijod-la erkalab,
Zahmatdan baxtiyor!
Qanoat, magrurlik qayda-yu
San’atga fidolik,
farzandlik qayda?
San’atning qimmati o'lchanmas oltin-u dur bilan,
U mangu — dillardan joy olsa baxsh etgan bayram-la!
Tasanno, mahliyo, tashakkur so'zlarin yozishga nur
bilan
O, suyuk musawir —
Bizdayin kamina muxlisda kuch qayda,
Siz qayda?!
1976
Warufi yeriar
Yangi yerlar kutar yangi qo‘llarni,
Jon tilar hayotga kirib kelgali.
Yangi yerlar kutar yangi yo'llarni,
Bahorday ming turfa libos kiygali.
Yangi yerlar kutar qadim yerlarday
Insondan sevinch-u, zahmat-u, ne’mat.
Qaddin ko‘tarmak-chun jasur yerlarday
Iltijo qiladi:
«Biz ham beminnat.
Sizning zamon ajib, inson — sehrgar,
Rejangiz yer qolib, o'rlaydi ko'kka.
Bizning yoqqa dil-la tashlangiz nazar,
Sizning orzularga biz shay ko'makka.
Tuproqmiz, unutmiz naq nokerakday,
Simobrang suv kirsin jon-qonimizga,
Tugilmayin nobud bo‘lgan go‘dakday
Qolmaylik, qon bo'ling tomirimizga.
Qachongacha o'tar naridan bahor,
Qachongacha quyosh shu’lasi benaf?
Na yomgir va na qor keladi bakor,
Odamlar, bu dogni bizdan eting daf!
Taqir ko'ksimizni ag'daring chok-chok,
Hosil urug‘ini soching bag'riga.
|