Quyosh uzib her
— Men quyoshdan uzib beray senga bir parcha,
Yuragimdan uzgan singari.
Men quyoshdan uzib beray senga bir parcha,
Yolg'on bo'lsin o'tning tingani.
Men quyoshdan uzib beray senga bir parcha,
Borligingga yugursin olov.
Ko'zlaringda mahv etguvchi u yolqin chaqnab,
Yuzing yonsin gul kabi lov-lov.
Kul, tovushsiz qahqahangdan durday tishlaring
Oq chaqnashi qamashtirsin ko‘z.
Eng yarashiq liboslarda yurt kezishlaring
Edi qanday o'ktam va dilso'z!
Yonar tog'day his, toqatni nihol bir tanda
Olib yurgan mushkul onga qayt!
Yoniq edi sevinch, ishq ham dard-hijron sanda,
Toq misrali bo‘lganmi hech bayt?!
Men quyoshdan uzib beray senga bir parcha,
Sevinch, yonish tori tolmasin,
Sen totmagan shodik, lazzat dunyoda qancha,
Seni bilmay dogda qolmasinL
- Yo‘q!!!
Bir parcha quyoshingga to‘lmaydi
ko‘ngil,
4-Zulfiya
Saxiy esang, borini tutqiz!
Bir bor nomim yarim bo‘lgan, kemtiklik
mushkul,
Dog'i qolgan, dilda chandiq iz.
Menga quyosh qanot uchun, parvoz-chun
zarur,
Axir kurash, baxtga liq jahon!
Qo'ldan tutib qit’alarga yetkazsin har nur,
To'kis, yorqin kuyga to'lsin jon!
She’rlarimda inson baxti, okeanlar kuchi,
Toglar matonati ursin barq.
Bo'lsa mening kuyimga ham chanqoq
o'quvchi
Bo'lsin quyosh shodligiga garq.
1972
c/kiz iniygular
Bahor
Inson ko'zlarida jon olar bahor,
Barcha tomirida uning to'lqini.
0 ‘tmishning behuda oni kabi qor,
Beiz, bedard erib ketar uchquni.
Inson ko'zlarida jon olar bahor,
0 ‘yin qaroq
go‘dak singari bulut.
Ko‘k qovog'i uyuq,
yorqin bir viqor
Kishilar qalbidan boqar bo‘lib o‘t.
Bahorning sehrgar boqiy chiroyi
Yosh-u keksa ko'nglin ovlaydi birdak,
Ko'zguni sindirib tashlar.
Kiroyi
Har kishining yoshi bu fasl dildak.
Har nurga,
har qushga,
har kurtakka shod
Benihoya yaqin bo'ladi yiroq.
Go‘yo sensiz hosil bo'ladi barbod,
Har tikilgan chigit ko'ksing etar tog\
Bahor bo'lmasaydi, odamzod albat
0 ‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt...
Nevara
Ulug'bekka
Nevaram quyunday otilib kirib,
Qalamim tagidan qogozni yular.
Damda varrak yasab ko'kka uchirib,
Izidan qop-qora ko'zlari yurar.
Varrak tortar shekil, murg'akni kuch-la,
Oyoq tirab siltar dakani kibor.
Ayrilib qog'ozdan, she’rdan va hushdan
Boqaman varrakboz jonga baxtiyor.
Naq bobosi siyoq zehnday tiyrak,
Ko'kish alangada yonar soch-u qosh.
Borlig'i ezgu bir o‘t bo'lsa kerak,
Tomirlarda qonmas, kezadi quyosh.
Daka varrak tiniq zangori fazo
Tubiga intilar, sho‘ng‘ir naq xayol.
Talpingan ko'ksingda, bolakay, ne bor,
Sen iqbolga, senga ne tutar iqbol?
Nevara bo'lmasa, odamzod albat,
0 ‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Majnuntol
Yalang'och daraxtlar ora majnuntol,
Shoir xayoliday latif, serhasham.
Butun novdalar-u tanlari zilol,
Shu yerda tavallud topmish ilk ko'klam.
Zilol bu yomgirning tagida bir chol
Umr va qish yuklaridan goyo olar dam.
Yuz-ko‘zida yayrar bahoriy xushhol,
Kiftga zilol toldan to‘n yopmish ko'klam.
Majnuntol yig'loqi, boshi xam derlar,
Oo'llarin cho‘zgan-chun tuproq taftiga.
Hayot-chun, husn-chun, rizq-chun ta’zim-la
Lablarin qoymoqchi saxiy kaftiga.
Daraxt ham insoniy yerdan olar jon,
Inson qachon yerdan ketgan uzilib?
Majnuntolda zilol shodlik bir jahon:
Yashaydi tuproqqa sadoqat bo'lib.
Sadoqat bo'lmasa, odamzod albat,
0 ‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Nazdimda
Nazdimda asablar bo'lmish uvada
Huda-behudaga bo'laman fig‘on.
Fitna, dagallikmifikrimchuvalab
Shodlik oqimiga tashlaydi to‘g‘on.
Sho'ngiyman nokerak ikir-chikirga,
Shunchalar yashnar ko‘zda qalqib qolar
yosh.
Lekin ong, qalbdami dard bilan birga,
Balqir otam izmi, onamdagi dosh.
Otam po‘lat bukib, omoch quyganday,
Qog‘oz uzra men ham yuritaman omoch.
Qo'riq qatlamida bo'ston tuyganday
Dil undar: «Zarrama-zarra hamki, och!..»
Borlig'imni yigit qudrati quchar,
Ruhimga oydagi bokiralik yor.
Ishlayman, qatlamlar ko'chkiday ko'char,
Men tuygan bo'stonlar chorlar serviqor.
Mehnat bo'lmasaydi odamzod albat,
0 ‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Bog‘lar qiyg'os gulda
Bog'lar qiyg'os gulda — yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog‘ mehnat-u hosilga vatan,
0 ‘zga ko'rk,
o‘zga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.
Har birin hosili o'zgasiga ko'rk,
Biri biri uchun qudrat, himoya.
Vatanim ko'zimda: qay burchi aziz,
Bilmam, qayda tole serzavq, serjilo?
Yalpi to'lishadi bedaxl yurtimiz,
Naq har qarichi dil, jon tomir goyo.
Bir qardosh tinchisiz — o'zga beorom,
Birining nonisiz — o'zga emas to‘q...
—
g*d(T0T>Ds=~
Bu — qadim dunyoda yangi bir olam,
Bunda orqa togsiz bir tirik jon yo‘q.
Tayanch bo'lmasaydi odamzod albat,
0 ‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Orzu
Orzu, ish kuchimdan ko'rinar ziyod,
Chala qolishidan yonaman rashkda.
Sehrgarday tortar bag'riga hayot,
Boshim, qalbim, qalam qolar talashda.
Havoday, erkalab,
vaqtday shoshirib
Go'zallik,
mushkullik,
dard,
lazzat
quchar.
Dengizni qimizday obdan shopirib,
Toymay, dil fazoga kemaday uchar.
Goh Chorvoq GESdaman,
goh Tallimarjon
Oftobida kuyib tashiyman tuproq.
Men quchoqlab sochgan chigit bir maydon
Paxta bo'lib toshar, ko‘z oqimdan oq.
Bu orzu,
bu umid,
bu ezgu ufq,
Mening qad, qiyofam, qalbim kengligi,
Xotima yo‘liga tashlangan to‘siq,
Yashash ishqin mangulikka tengligi.
Orzu bo'lmasaydi odamzod albat,
0 ‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Bag'ringdan qo'yma
Mayli, zaifligim, ko‘z yoshim suyma,
Yalqovligim, nuqsim ekan bedavo.
Men tortgan dardlarning zahrini tuyma,
Tuyganda injitib berdingmi sazo?
Baxtdan, baxtsizlikdan qolsam dovdirab,
Senga qo'shiq aytib, senga deyman dod.
Yonsam suv sepasan, so'nsam yondirib,
Boshingga ko'tarding onadan ziyod.
Yillar qancha olib ketsa — shuncha yaqinman,
Borgan sari ortar totli nasibam.
Qayga bormay qaytgum, senga intiqman,
Mening ohanrabom, mening nashidam.
Qonimdagi yonish, bebosh hislarim,
Qoniqmas ta’bimni ziqlikka yo'yma!
Qaynoq sevgim, kuyim, sovuq jasadim,
Ona Vatan, o'tinch, bag'ringdan qo‘yma.
Vatan bo'lmasaydi odamzod albat,
0 ‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
1972
%amaiak
Bahor qoynidaman,
Yo‘l boyidaman.
Cheksiz kengliklarning ko'ksida lola —
Naq anor donalar sochiq yashnaydi.
Lola sayrimizni buzish oyida
Quyib berdi jala,
Toshdi shalola,
Tabiat shu dam naq o'ktam, shum bola,
Ufqdan ufqqa ko'prik tashlaydi.
Men-chi?
Menga ko'prik har nedan kerak:
Lolalarni ko'zga,
Do'stlar tanbehin
Bahor nafasi-la nonday olaman.
Ne baxt!
Yangi yo'lga chorlar kamalak:
Yo‘l — qo'shiq!
Insonlar qalbiga tagin
Yangi qahramonlik,
Mo'jiza taftin
Zabt etmak azmida jo'nab qolaman.
Kamalak!
Naq bizning buyuk ertaday
Eng suykum,
Eng luzum,
Aziz erkaday
Jozib!
Men yo‘l bo'ylab tashlayman qadam:
Ohista olingan kinolentaday,
Yayrab, sevgi kabi siljiyman xush dam,
Shoshmayman;
To'rt atrof go'zalligini
Ilk chiroy tark etgan jussamga olib,
Uning yetti iqlim ko'rmagan rangin:
Ruxsorim,
Lablarim,
Ko'zimga solib,
Dillar aro g'ovni buzib,
Vayronlab,
Eng ezgu sezgiday yaraqlab, suzib
Kirgan dillarimni hayrat, hayronlab,
Qahqahlab,
Yaraqlab,
Chaqnab baxt dardin
Qonlarimga quyib olaman yoshlik!
Yuraman!
0 ‘tgan yillarimni o'tmishga tashlab:
Garchand na sotqinlik,
Na bagritoshlik,
Na riyo dogidan zarra bir nishona!
Bir qadar og'irlik,
Hordiqqa moyillik tuyg'usi g'ashlab,
Umrim kemirsa ham
Hayot ne’matidan to'kisman, shodon.
Yuraman!
Yo'llarim yozgi quyoshdek!
Yo'lim — elim yo‘li,
Elim — quyosh yo'lin yo‘l deb bilgan xalq.
Har yil bir donami,
Yuz dona, mayli,
0 ‘lmaslik qasrig'a g'isht qoygan har vaqt.
Uning kamoloti,
Yaratishining,
Mehnat-u ijod, shon taratishining
Qaynovlari ichra pishmakdan serbaxt —
Hamohang,
Hamsalmoq qo'shiqlar bitsam!
Balki uzoq bunday men havasmand taxt,
Lekin men intilgan yuraklar qat-qat —
Biriga bo'lmasa — biriga kirsam!
Shukr, qalam hordiq qilmaydi talab,
Demak, menga hordiq keksalikday yot.
Ana,
Ming bir jilva bilan chorlar kamalak
Va’da qilib qalbga tinchi yo‘q hayot!
Ana yetti rangda
Yetmish xil jilo,
Biri chorlar, arang bir sirin ochsam.
Sirlar bilan jangda
Bir orzum sochsam,
Minggi bilan boyib dovonlar oshsam,
Dildagi bo'shliqning barchasi goyib!
Qo'shiqqa aylangich go'zallik kezar,
Uni yolqin, jo'shqin tuygular bezar.
Ehtiros,
Istakni tutamlab dilga
Otsam
Undan yangrab sachrab chiqar she’r!
Yurak-la
Oo'shiq-la intilsam elga,
Menga eng munis do'st baxsh etar har yer.
Kimningdir bir og‘iz tanti iqrori,
Kimnidir titratib ogushlagan nur,
Kimningdir bir umr o'chmas diydori —
Emasmi biz jon deb avaylagan qo‘r!
Bizning ko'zimizda,
Tomirda,
Qonda
Shu jodu kezmasa nedan harorat?
Bilay:
Qaydan cho'lda oltin undirgan,
Daryolar jilovin,
Fazo yaylovin,
Zabt etib, mulk etgan inson yayrovin —
Yangi olamdagi ulkan matonat?
Oldda yarqiraydi mening bosh yo'lim:
Yetti iqlim tomon, yetti yo‘l bo‘lib.
Yettiga parchalab birgina dilim
Chaqnab chaqmoqsimon,
Jozib va so'lim,
Chorlab chaqiradi ajib kamalak!
Yetmish jilvasida shoshqinib yurib,
Yetti jilgasida toshqinib, to'lib
Bir talay qo'shiqlar termog'im kerak!
1973
|