'Harorat
Harorat ne o‘zi?
Harorat, harorat,
Bir jahon og'ushda sezasan o'zingni.
Tuprog'ing ko'ksini tutadi ajib kuy, malohat,
Ming bahor jamoli tindirar ko'zingni!
Harorat ne o‘zi?
Harorat, harorat!
Yo mehr mast etgan ko'zlarning boqishi?
Ko'ksingni tog‘ etgan samimiy muloqot,
Ming dilda bir tongning nurlarin oqishi?
Harorat! Mingyillar tax-taxni to'ldirib,
Bezavol yotgan his emasmi harorat?
Asrlar boroni ildiz-la sug'urib
Ololmay tang qolgan kuchmasmi harorat?
Harorat, harorat!
Sen quyosh umriga tengmisan,
Jismingda ming avlod qalbining cho‘g‘i bor.
Bir osmon yulduzni qamragan okeanday
kengmisan,
Har ezgu insonga porlagan zarrang bor?
Harorat, harorat!
Men seni sezaman qonimda
Ko'rganda farzand, do'st, qardoshning yuzini,
Sezaman o'qigan va uqqan onimda
Nur yo'lday dilparast she’rlardan shoirning
ko'zini.
Uydami, kuydami, o‘rmonmi yo sahro,
Oo‘nolg‘am kun kafti, yo muzning changali.
Uchragan har odam,
yangragan har sado
Chorlaydi hayotning bahriga qongali,
Harorat, bu senmi?
Tanholik tuygusin,
Zaiflik, xudbinlik illatin sehr etgan?
Elni yov bossa ham, go‘daklar uyqusin
Ardoqlab, tonggacha o‘q yasab, she’r bitgan —
Zarbdor kuch senmasmi, harorat, harorat?
Ko‘raman:
tuprog'im ko'ksida qon tomir singari
Sahroga jon berib oqadi kanallar.
Nimadir qalbimni uygotib, bahordan ilgari
Oo'zgatar vulqonday sevinchbaxsh ilhomlar.
Xayolday nim shaffof, fusunkor nim oqshom,
Atrofda o'rmonmi yo anjir, olma bog‘,
Raqqosa — ruhlarni, zavqlarni etgan rom,
Setormi, qo'bizmi, sembalmi yo rubob —
So'zlaydi dillarga xalq dilin uzatib,
Mast etar ohanglar sehri-yu kamoli.
. Tilni ham bilmaysan,
Qo‘shig‘i qoningni tezlatib,
Borlig'ing isitar onaning allasi misoli.
Sen o'zing sezasan qudratga, kuchga yor.
Do‘st uyi — o‘z uying,
qo‘shig‘i — o‘z kuying.
Qayg'usi qiymalab chekasan dard, ozor.
Shodligi nurlarga to'ldirar dil uying.
Harorat, bu senmi, muqaddas, noyob o‘t,
harorat?
Ovozlar, ohanglar, mehmonlar, mezbonlar...
Kim solgan bu ezgu odatlar cho‘g‘ini dillarga?
Yo‘g ‘irib bir o'tdan, kim qaysi zamonlar,
So‘ng, shirin yashang, deb yo'llagan ellarga.
Harorat!
Bugun ham visoldan yashnaymiz, yayraymiz,
Yuraklar,
Ko'zlarda,
Qonlarda sen olov,
Olovki, quyoshning umriga barobar!
Shu sabab, ey do'stlar!
Ko'zu qosh singari siz-u biz,
Abadiy yelkadosh,
Taqdirdosh, birodar,
Bosh uzra do'stlik deb atalgan harorat nur
yalov.
1969
Tdening mehribon oncufimm
Onam, mening mushfiq, mehribon onam,
Oalbimda ovozing, o'zing qayerda!
Ouyosh ogushiga solganmi olam,
Shu’laday odiming qaysi asrda?
Qaysi mintaqada nafasing hayot,
Qayda kim yo'liga ko'zing muntazir!
Qaysi sayyorada ey, sen Odamzod,
Farzanding bo'shliqni etmoqda asir.
Qay qabila, qay cho‘1, qay cho'qqi, qay g‘or,
Sening ilk shodliging shohidi makon?
Olam tug'ilishi edi sen ilk bor,
Farzand-la sukutni uygotgan zamon.
Qachon edi o'sha, ezgu daqiqa?
Yuzimda sezaman o'sha hovurni.
Onam, sen kashf etgan buyuk aqida
Yillarday keksartib asr, davmi,
0 ‘sha qahramonlik, o‘sha husnda
Koinotda, menda yashaydi hayot,
Ajal-la yuzma-yuz turgan yo'sinda
Ona lavozimin etaman bunyod.
Va qonda yugurar sadoqat hissi,
Ko'ksing issiqligi elitar hushim.
Olovga tashlaydi basir bu jismim
Hanuz o‘talmagan farzandlik burchim.
Onam, mening mushfiq, mehribon onam,
Ko'zimda ilohiy ezgu surating.
Yana hayot to'liq, bulutday ko'rkam
Qayda jon bagishlar metin qudrating?
Xabar ber, tavallud dardini olay,
Nurda cho'miltiray seni, bolangni.
Tarozu — yulduzga belanchak osay,
Sol, hayot bermoqdan tolmas tanangni.
Tuganmas allangday aytay o'zingga,
Mehr beshigida sen ham ol orom.
Oh, nega kelmadi uyqu ko'zingga
Ey mening bir umr bedor zo‘r Dunyom!
Bir choq uxladingmi, miriqib qonib,
Bir nafas bo'lganmi burchlaring unut?
Bilaman, m izgisang hayot bo‘sh qolib,
Koinotga qayta cho'kadi sukut.
Hech bo'lmasa, o'ltir, uzatib oyog‘,
Mangulik yo‘l bosgan tovon olsin dam.
Tizlaringda yotgan qo'llaring charchog',
Hordiq olarmikan qalb-la silasam.
Oppoq sochlaringga qora ko'zimning
Minnatdor nurini qilolsam taroq.
Chuqur ajiningga boqib, umrimning
Bebosh tantiligin ko'rdim yorqinroq.
Onam, erkalashing, o‘git-tanbehing,
Bari suting kabi jonimga oziq.
Oh, buni men anglab yetgunimcha ming —
Ming bir alamlarni qilmadim tortiq.
Barisiga uzr, poyingga cho'kib,
Qo'ling qadog'iga egaman boshim.
Qalbing injitmayman ko‘z yoshim to'kib,
Ey mening saxovat, shodlik quyoshim.
Oh, darhol kechirding, nigohing taskin,
0 ‘ting rutubatim, hasratim oldi.
Senga yetgunimcha bo'lgan bor dardim.
Yillarim singari uchib yo'qoldi.
0 ‘zimni go'dakday sezib tizingda,
Bulutday, qulunday yayraydi tanim.
Umring iftixorim, hatto izingdan
Ko'tarilgan chang ham, senday Vatanim!
Sen tuproq,
osmonim,
qoyam,
o‘t,
nahrim,
Sen so‘nggi nidomsan jon berar palla.
Ey musaffo ko‘ksi daxlsiz mahrim,
Men — ona qizingga ayt, jonbaxsh alia.
Har so'zing bir kitob, sehriga kirib,
Sen — Momo Havoning yo‘liga tushay.
Bir nuqtasin to'ksam, kiprik-la terib,
Ichga solganingni dilimdan qo‘shay.
Negaki, xoksor, ulkan yuraging,
Uzoq yo‘l dardini tubga solar jim.
Bir umrlik yo‘lda kechib, ko'rganing,
Zarrasi madhiga yetarmi kuchim!
So‘z tilab koyitmam.
Mehrob to'rida
0 ‘ltir, qalbing urib tursa kifoya.
Dilim kabi sodiq qalam qo'limda,
Sen o‘z yuragingdan boshla hikoya.
1969
|