q o ' y a s a n
sekin,
Shuhrat-hurmat va sharobdan mast.
Nedur senga yetmayin lekin.
Bir nuqtaga boqasan loqayd,
Goyo hamma g'oyib bo'lganday
Birdan o'zing sezasan yolg'iz.
Oo‘l cho'zasan sipqormak-chun may,
May tutadi o‘tsiz, olovsiz.
Tutamog'i etar betoqat
Va kayfingdan qolmaydir asar.
Chunki qadah tubida tomchi
Bir bulbulning ko‘z yoshi qadar —
Shaffof, quruq, otashga to'liq
Alangasiz turadi yonib,
Unda shodlik, kayf-u safo yo‘q.
Icholmaysan bu mayni qonib.
Kim bilar, u ne? Jigar qoni,
Yiglamagan ko'zing yoshimi?
Yo bo'sadan yot lab fig'onin
0 ‘t jismiga yashirgan nammi?
Yo qo‘rqoq ishq zaif jur’atning
Ikki boshga solgan qamchisi.
-*»dC 59>>—
Yo ayolning qalbi hovurining
Muzga tegib singan tomchisi.
Nima bo‘lsin, shu yetim qatra,
Menman, menman, men o'zim faqat,
Sen bu tutov olovdan saqlan,
Ichma, bu may na kayf, na-da baxt!
1962
Yurak orom istab qolgan har damni
Ko'mmoq mumkin qaysi chohning qa’riga?
Oylab sukut qilgan bu xit qalamni
Yondirayin qaysi g'azab qahriga.
Nechun shamol kabi tezmas qadamim,
Ko‘z-u quloq bo'lib kezmayman tinmay?
Nechun sahro so'zin, toshlar nafasin,
Do'stlar o'toqlarin yashayman bilmay?
Umrda g'aflatga qolgan nafas yo‘q,
Rohat istagini yo'llarga sochgum.
Ana, Olatovdan to'kilar qo'shiq,
Men, qo'shiq gadosi, qalbimni ochgum...
1962
Ko'kchatov tavsifin qozoqdan so‘rang,
Mening qalbim ko'chib, qamashdi ko'zim.
Nur makri, suv aksi, ishqday moviy rang —
Tabiat quliga aylandim shu zum.
Bu ham kam, yurakka chang solib oshkor,
Bu yer go'zalligin chiqdi shoiri.
«Ko'zgu kerak bo'lsa Oynako'lni ol.
Bunda sen ko'rmagan husning bor», —
dedi.
Shu Oynako'lingning toshi bo'lay men,
«Raqqosa Qayin»lar ichra yo'qolay.
Etakdan, kiprikdan, sochdan tort, keyin
Men o‘tli sehringni qo'shiqqa solay!
Bu yeming tog'idan zamonga boqqan
Mening ikki ko'zim naq bir juft jayron, —
Mehrim qaynoq yelday yoyilib ketgan —
Ufqnisigdirsam, sizbo'lmanghayron.
Har so'qmoq chorlaydi qo'shiq yo'liday,
Endi qalb ko'lday tinch, qilmas zamzama,
Archalarning nurga cho'ziq qo'liday,
Tashna dil har bargdan qilib kuy tama —
Sahro quyoshiday yonadi lov-lov,
So'zlar alangada qolar pishgali,
Men boqib turaman tiyrak, beayov
0 ‘tdan omon chiqib dilga tushgali.
Bunda har dil boqar burgut siyoqli,
Tog day arslonto‘sh-u buloqday tiniq.
Sukuti vulqonday olov qahqahli.
Kuyi tubsiz orom, ilk ishqday yoniq.
Ho'plam qimizingning jannatday kayfi
Ming bitta bahorni yodimga soldi.
Qay qiyoq, lolangning siladi kafti,
Manglaydan umrimning izi yo'qoldi.
Oppoq Qiz o'toving dilginamga xush,
Do'mbirang onamday shirin allalar.
Tanti do‘st, mashinang bir kun ketsin bo'sh,
Yo u qo'lga tashla — yursin parilar.
Olib ketma, yashil jannat qo'ynidan,
Oliy dasturxonga ming qatla uzur.
Saxiylik shohisan, bu bokira yer,
Munis nafasidan olaylik huzur.
Mezbon oqinimiz tog‘day turar tik,
Qiyiq ko'zlarida mayin qat’iyat,
— Mushoira kutar ovulda! — ketdik,
She’riyatga she’rxon hokimdir faqat.
Dil tashlab, dil olib men tushdim yo'lga,
Burgut siyoqlida tiniq ashk qoldi.
Qalbim nigohlari yetmagan kuyga,
Yuragimni timab ajib rashk qoldi...
1962
Jduiut oyini
Men bulutni sevmaganman,
Oolmaganman to'rida.
Hech ajabmas ozsam dindan
Qozoq Eshik ko'lida.
Pag'a bulut izlarini
Ushlab ko'rmagandim hech.
Bunda qolsam yuzlarimni
Yuvar emish tong va kech.
Harir ro'mol bo'lib mayin,
O'ralarmish bo'ynimga.
Tutqazarmish samo nayin,
Yel qanotin kuyimga.
Quyosh nurin hovuchida,
Ichirarmish chanqasam.
Kiygizarmish kamalakdan
Kamzul tikib beqasam...
Men boqaman yorqin, kibor,
Bulut kezar sarsarak.
U goh tug'yon qilgan xayol,
Goh yel chuvatgan ipak.
Ko'z oldimda, atrofimda
Kezar to'sib yer husnin,
Lablarimda, peshonamda
Sezaman muz nafasin.
Ko'lda suzar qayiqsimon,
Qurg'oq uzra piyoda.
Yer sig'dirmas, quvar osmon,
Qaror topmas qiyoda.
Ko‘k yetimi, pag'a bulut,
0 ‘ymingda san’at yo‘q.
Sehring agar bo'lsa unut,
Ko‘k beg'ubor, tuproq to‘q.
Quyosh, yulduz ruxsorini
To'smaysan ko'zimizdan.
Sen tark etsang sehring borin,
Dehqonsan o'zimizda.
Men qolmayman quchog'ingda,
Sen izimdan tushasan.
Mening Ona tuprog‘imda
Don, suv bo‘lib jo'shasan.
Bu tuproqda yo‘q yatima,
Sarsari yo‘q! Yog‘ib tush!
Men qaytaman yerga — elga,
Kelguningcha xayr, xo‘sh!..
1962
|