Gflob, sen borluj'im!
Bir shifoxonada dardli tan bilan
Tinmoqchi yurak-la yotaman
tanho...
Quvon, yana yorqin tongga yetishding,
Tundan omon chiqqan joning siylar nur.
Quvon, derazangdan salom eshitding,
Juft kabutar sayrar ilk bahorga jo‘r.
Yana ko'zlaringda sen bilmagan kun,
Hamma kunlaringdan go'zalday goyo,
Rangsiz qo‘l, yuzingdan o'ynar oftob,
Ko'rganmiding shunday hayotbaxsh royo.
Senga yetgunimcha junjikdi tanim,
Tomirimda qonlar qoldi gildirab.
Oftob — mening yorqin, sodiq vatanim,
Ko‘zlarimdan sevinch yoshi mildirab —
Boqaman. 0 ‘pkamni yayratar havo,
Quyoshim, men sendan olaman shodlik.
Ko‘zni qamashtirgich nuring dardimga davo,
Hayot yana go'zal misli ozodlik.
Mana, oppoq xonam shu’laga makon,
Binafsha bo'yiday yayratdi tanim.
Oftob! Senborligimtiriktutgan jon,
Sen yolg iz manguga tashlab ketarim...
1974
Wimr ш
G 'y L r
ftashk
0 ‘ltiribman daryo boyida,
Yuragimda rashk bilan havas.
Daryo oqibborar... qoynida
Quyosh nuri, bahorgi nafas.
Yo‘q, rashkimni qo‘zg‘atgan bumas!
Chunki, men ham xalq dengizida
Bahor nafasin ham sezaman.
Daryo oqib yotar izida,
Men istasam jahon kezaman.
Lim-lim suvdan uzolmayman ko‘z,
'
To‘lqinlarda tirik hayajon.
Quyosh million va million yulduz
Bo‘lib unga sochilgan marjon...
Tepasida uchar gala qush,
Arg'imchog in daryoga solib.
Tog* yellari urib o‘tar to‘sh,
Salqinidan shaharga olib.
Yo‘q, rashkimni qo‘zg‘atgan bumas!
Ishq va hijron olovlaridan
Omon chiqqan qaynoq dilim bor.
Men quyoshli el farzandiman,
Baxtlimanki, yoniq nafas yor.
Yo‘q, rashkimni qo‘zg‘atgan bumas!
Nigoh ketar to'lqinlar bilan,
Sohillarga suq bilan qarab.
Oo‘lda ketmon, bir chol daryodan
Bog'iga suv ochadi yayrab.
Kumush sochday yoyilar suv ham,
Quyiladi tuproq qoyniga.
Mening qalbim rashk bo'lib shu dam
Osiladi suvningboyiga.
Hovuch-hovuch ichadi qizcha,
Serob bo'lib ketar tashna lab.
She’rim o‘qib bir hovuch suvcha
Bahra olarmikan biron qalb? —
Shu rashk meni qiynar bu nafas!..
Yurak nihol olov qoynida
Yonar, kular, yashnardi shaydo.
Orzu, hisning sof oyinida,
Ilk she’rlarim bo'lardi paydo.
She’ring murg'ak, lekin diling soz,
Nafasingda, dedingiz, o‘t bor.
Yonib kuylash shoirlikka xos,
0 ‘sgin, sovish bilmagin zinhor.
Bu otashni bagrimdan olib,
Vodiylarga, gullarga berdim.
1958
To'quvchini qo'shiqqa solib,
Qo'riq yerlar bag'riga kirdim.
Ishq, haqiqatan qudrati goyo
Mening bilan tebratdi qalam.
Qo'shiqlarim bilmay gash, riyo,
Oshkor kuldim, oshkor chekdim g‘am.
Dili shoir hassos bir elga,
Farzandligim naql etar burchim.
Xalq qalbiday bir go‘zal she’rga
Yetarmikan hech qachon kuchim...
1959
|