Zulfiya Saylanma «sharq»




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/38
Sana24.01.2024
Hajmi2,79 Mb.
#144544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Saylanma. Zulfiya

oMe mioga tiding mubtaio
0 ‘tdi oylar gam bilan oqib,
Dil topmadi zarra tasallo.
Firoqingda qoldim tutoqib,
Ne baloga etding mubtalo!
Ko‘z ochgani qo'ymaydi alam,
Boshim qoysam kuydirar bolish. 
Yupatolmas kitob va qalam, 
Misralarim ko'tarar nolish.
Nahot shuncha ma’sum, shunday pok 
Sevishmoqda alam bor shuncha? 
Bardosh bermas iroda, idrok, 
Tamoman lol aql, tushuncha.
Togday bor deb bilgan yuragim 
Qush boshicha qolmadi chogi? 
G'amni yengarman degan sarim 
Yana ortar alami, dog‘i.
Erib ketmagandim sevgingdan, 
Bo‘lmaslik-chun baxtingdan judo, 
Birga qolish uchun sen bilan 
Kuyaman-u, bo'lmayman ado.
1945


‘njanmiding ko‘darimda
Soginganda izlab bir nishon, 
Qabring tomon olar edim yo‘l. 
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog‘ men eltaman gul.
Keldim. Uzoq qoldim men sokin 
Sening aziz boshingda yolg'iz, 
Osmon tiniq edi va lokin,
Parcha bulut yetib kelib tez,
Ko‘kda mening boshimda turib 
Goyo yuragimday qalqdi u. 
Ko'zimdagi yoshimni ko'rib 
U ham to'kdi yoshini duv-duv.
Biz yigladik tepangda shu kun, 
Keldingmi, deb ko'tarmading bosh. 
Ayt-chi, sen-la baxtiyor onlar 
Ko'rganmiding ko'zimda bir yosh?
1945


$ш qaydasan, yuragim
Qalb bo'lganda yiroqda 
Iroda ekan ojiz.
Do'stlar ham ko‘p atrofda, 
Ammo men yakka-yolg'iz...
Birdan qalbim keksarib, 
Qon ham qochdi yuzimdan. 
Sen, sirdoshni axtarib, 
Xayol ketar izingdan.
Qayga ketding yuragim, 
Bitdi bardosh va toqat. 
Suhbatingdir tilagim,
Dilda hasratim qat-qat.
Ko'pdir aytajak so'zim, 
0 ‘gitlaringga zormen, 
Yig'laysan deb do'stlarim 
Ta’na qilar. Netay men?
Sovush bermaydi menga, 
Yoqib ketganing olov. 
Netay, yetmayman senga, 
0 ‘rtaga tashlangan g‘ov.
Ishqqa maskan yuragim, 
Topib ber, deb qistaydi. 
Nima qilay, berahm — 
Ruhim seni istaydi.
1945


Yana yilday uzun bo'ldi tun, 
Ko‘zlarimga kelmadi uyqu.
Turli xayol chulgab oyimni,
0 ‘tday yoqdi boshimni parquv.
To'shagimda kuchsiz va horg'in 
To'nib yotdim xayolga botib, 
Devordagi gardish palakka 
Shu’la tushdi kuyunday oqib.
Soylamadi yupanchli so'zlar, 
Odatdagi do'stlar singari.
Ammo yengil tortib nafasim, 
Nazarimda g‘am ketdi nari.
Uyga kirgan hayotbaxsh jilo,
Tashga boq, deb qilganday xitob. 
Ko'tarilib darchadan boqdim, 
Ogushiga oldi oftob.
Qaradim-u, ko'zimni ortiq 
Uzolmadim tirik hayotdan.
Sozim, qalbim, qo‘shig‘im bilan 
Maftun bo'ldim men qayta, boshdan.
Ana, qushlar qanotida nur,
Nur-la o‘ynar bargdagi shabnam.
Shu giyohday, ey aziz oftob, 
Intilaman sen tomon men ham.
1946


«Terazamning oldida bir tup 
0 ‘rik oppoq bo‘lib gulladi...»
Gulni ko'rib ishqparast qalbim, 
Ming aytilgan darddan kuyladi.
Seni qo'msab oqshom chogida 
Hijron qo'shar ekan harorat. 
0 ‘lgudayin mushtoq bo'libman — 
Visolingga, yo‘q chog‘i toqat.
Seni qo'msab oqshom chog'ida 
Kirib keldim shu tanish uyga.
Biz bir choqlar yashagan uyda 
Tunab qoldim xayol-la birga.
Buncha issiq, buncha ham shinam 
Yoshlik kechgan torgina shu joy. 
Bunda yashar a jib onlardan, 
Ishq-la o'tgan tunlardan chiroy.
Har burchagi elitar hushim, 
Naqadarlik oshno, yaqin.
Xuddi tunda kamolga yetgan 
Oo‘shig‘ingda chaqnagan chaqin.
Bunda hayot — ilhom onlari 
Qalamingdan to'kilgan gavhar. 
Gul boyini olganda shamol 
Rashkka to'lib to'ngan u ko'zlar.
5
w~


Sen tugatgach chanqoqlik bilan 
0 ‘qib maftun bo'lganim hayot. 
«Qalay degan» bo‘lib termulgan 
Ko'zlaringning otashi hayot.
Hali hayot, takror o'qirkan 
Zavqqa to‘lib yayragan ko'ksim. 
Yuzingdagi ulugvor, mayin,
Bir jahonga arzir tabassum.
Bari hayot, muhabbat kabi, 
Hamma yerda ko'rinar izing. 
Parrandalar nag'ma kuyida 
Jaranglaydi tovushing, so'zing.
Meni o'rab oldi hayajon,
Yana ortdi sevgining kuchi.
Sharq qizarib, chiqmoqda quyosh, 
Oltinlandi terakning uchi.
Sen kuylagan o'rik shu kecha 
Burkandi oq — oppoq chechakka. 
Men qadrdon xotira bilan 
Jo‘nab ketdim uyimga yakka.
1947


Qancha bo'ldi ko£rmaganimga,
Ey qalbimning dilbari shoir! 
Qancha bo'ldi birga o'ltirib, 
So'zlashmadik dillarga doir.
Dil-chi, dilim unutib bo'lmas 
Ishq qo'shig'i yozilgan kitob. 
Xayol xiyol chertib o'tdimi — 
Topib ber deb qiladi xitob.
Ikkimizga ma’lum bir qudrat 
Yillar o‘ta senga tortadi.
Unutayin deyman-u, faqat 
Dilda uning o‘ti ortadi.
Ham tabiat, ham do'st, ham raqib, 
Barchasini qoldirib dog'da, 
Ko‘rishsak-u, yana tirilsa 
0 ‘sha o'lgan bo'sa dudog'da.
Yuragimning shohi deb seni, 
Mayli, bu gal o'zim tiz cho'ksam. 
Huzuringda baxtdan tebranib, 
Ishq va sog'inch yoshini to'ksam.
1950


& * *
Bu hayotning hamma toza, chiroyli dami, 
Aziz do'stim, mudom seni esga soladi. 
Ko'zlar amri, yurak erki, jo'shqin his bilan 
Kecha-kunduz jang qilmoqdan aqlim toladi.
Faqat dilga oshno bo'lgan ajoyib damlar, 
Tuygularning zid xohishi berganda alam, 
Ko'kraklarni to'ldirganda orom va ozor 
Baxtsizmidik? Nahot unut bo'lar o'sha dam?
1954

Download 2,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish