Zulfiya Saylanma «sharq»




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/38
Sana24.01.2024
Hajmi2,79 Mb.
#144544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Saylanma. Zulfiya
hkgkhg, gfkkyu, Kimyo -9 kaliti bilan, KURS ISHINigina max tayyyori, test 10, 10-grade cw, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy, AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK ASOSLARI, Sabaqlar kestesi 3 kurslar 01.04.2024, Elektr xavfsizligi amaliy mashg\'ulotlar, KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA, 8-topshiriq, EKALOGIYA mustaqil ish, Odina
0 ‘riUar guilar...
Shoir sevgan o‘lka ko'ksida 
Xushboy bahor kezib yuradi.
Ne bog‘! Hatto qoya ustida 
0 ‘rik oppoq bo‘lib gulladi.
Juda ham ko‘p gulladi o‘rik,
Zero, cho'llar bog‘ bo'lib ketgan. 
Hamma yerda ochilgan qo'riq, 
Yurtin xalqi guliston etgan.
Do‘st-u yorlar jamuljam bu kun, 
Aziz noming mehr nurida.
Ming bor uzr, bugun sen uchun 
Men o‘ltirdim toying to'rida.
Bugun senga to‘lmish yetmish yosh, 
Yarmi bizdan qaylarda kechdi? 
0 ‘ttiz besh bor gul ochib qiygoch, 
0 ‘ttiz besh bor o'riklar pishdi.
Oramizda seni moysafid 
Ko'rganlarning bilmam nomini. 
Kuylab ishqni, tongni muttasil 
Menga qoyding umr shomini.
Men shomlardan saharlar yasab, 
0 ‘ttiz yoshli bo‘lib yuraman.


Har bahorga chiqqanda qo'msab, 
Qaynoq qo'llaringdan tutaman.
Va yuraman yoningda o‘ktam,
El omonlik etar seni shod.
Seni ko'rgan va ko'rmagan ham 
Bu muborak noming qilar yod.
Va bilasan keksarmas umring, 
Donday yoyiq yillar qatiga. 
Kuylay berib yoshlik qo‘shig‘in 
Mangu qolding yoshlik faslida.
Ne-ne go'zal yoshliklar kelar, 
Umri boqiy hayot yo‘lida. 
0 ‘shanda ham o'riklar gullar, 
Sen bo‘lasan dillar to'rida.
1979
Men ishq edim,
Ishqdan mastdim bearmon,
0 ‘ttizga yetmay bir zarbdan uygondim. 
Keyin oltingugurt olovisimon, 
Ko'rinmay hijronning dog'ida yondim...
* * *
O, muhabbat, ko‘rsat qiyofang, 
Bisotingda xanjarmi, yo may?
Goh qalblarni yayratib cheksiz,
Goh jarohat solasan qiymay...


sjc >Jc sje
Kimki ayol diliga hokim, 
Idrokidan sezadi ustun.
U olmagan cho'qqi yo‘q, neki, 
Ayol o‘zi cho'qqidir bu kun.
Faqat mehr-u vafo qilganmiz ato,
Pokiza hislarga farzand bu o‘g‘il,
Kelinim! Eng go'zal, munis, musaffo 
Tuygular hammasin senga bersin ul.
* ❖ *
Bolaning har dardi — tanning og‘rig‘i, 
Unga tikan kirsa og‘rig‘i sanda.
Oh, onam! Ayting-chi, ona borlig'i 
Xuddi shundaymidi yaralgan ondan?
# # *
0 ‘lgach, yonginangda qolsam bir umr: 
0 ‘ttiz yosh, soch yoyiq, ko'zlarim giryon... 
Juft ko‘rsa zurriyot, bulut, she’rxon, nur, 
Qadam yetganicha ketsak ikkovlon...


т т и т ,
h a y o t


Bulbul sayrar, irmoq kuylar, o'ynar yel, 
Hamma yoqqa nur to'lganga o'xshaydi. 
Shirin kuyga to'lib ketdi ma’sum dil,
Sevgi unga yor bo'lganga o'xshaydi.
— To'xta, bulbul, men kuylayin, jon bulbul, 
Sen tinglagin qalbimdagi torimni.
Bahor desam, rashk qilmasin chaman gul, 
Yuragimga kirib olgan yorimni.
Men yor sevdim, ishq o'radi oyimni,
Erka dilning to'lqiniga quloq sol.
Sen biyronsan, lekin mening kuyimni 
Ko'rki bo'lgan sadoqatdan saboq ol...
1951
-*»*G


0 ‘/iim , sira Mmaydi urush
To'lisharmi o‘lkada bahor, 
Quyosh kezar osmon ko'ksida. 
Qaldirgochlar qanotmi qoqar, 
Undan soya labi ustida.
Mana, o‘g‘lim labi ustida 
Qaldirgochning mayin qanoti. 
0 ‘spirinim toza ko'ksida,
Kunda oshar yangi his toti.
Boyi oshib ketdi boyimdan, 
Bosa olar ko'ksiga boshim. 
Sevgim ko‘rib bergan uyimda, 
0 ‘sdi mening katta yo'ldoshim.
Yurak to‘la shodlik, mehr, baxt, 
Uning ko'zlariga boqaman. 
Nigohiday tiniq va yorqin 
Orzu to'lqinida oqaman.
Orzulari qalbimga ziynat, 
Hayotidir ko'zim qorasi. 
0 ‘kinaman, ba’zida faqat, 
Yonida yo‘q uning otasi.
Urush! Noming o‘chsin jahonda, 
Hamon bitmas sen solgan alam. 
Sen tufayli ko£p xonadonda 
Ota nomli buyuk shodlik kam.


Yulding ota demak baxtini,
Juda murg'ak go'daklarimdan, 
Yaxshi ham bor shunday Vatani, 
Dalda bo'ldi yuraklarimga.
Ota bo'lib soldim men yo'lga,
Ona bo‘lib mehrimga oldim.
Mana, yurtga o‘g‘il o‘stirgan 
Bir davlatmand boy bo'lib qoldim.
Qancha ishonch, umid baxsh etar, 
Ham Vatanga, ham menga bu dil, 
Ooya kabi yonimdan chiqib,
Suyan, — deydi, — kiftimga dadil.
Men onaman, mening yuragim 
Farzandlarim quvonchiga kon.
Dil orziqar, ba’zan tilagim 
Vahimalar o'ragan zamon.
Yo‘q, urushning nomi ham o'chsin, 
Mening o‘g‘lim kerak hayotga. 
Istamayman, uning dudlari 
Oo'nsin labi uzra qanotga.
Bas, bas, ezgu onalar qalbi,
Yashay olsin bexavf, baxt bilan. 
Mehnatimiz, g‘azab, sevgimiz 
Tinchlik, deydi butun xalq bilan.
Ko'krak suti va mehnat bilan 
Biz jahonga berganmiz turmush, 
Ona qalbi oyoqqa tursa,
0 ‘g‘lim, sira bo'lmaydi urush!
1954



Download 2,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish