%ecmr, (joUim g'aflakia
Seni birdan jonsiz ko‘rdim,
Jonim chiqdi mening-da.
Es-hushimdan ajrab turdim,
Tuygum ketdi sening-la.
Koshki edi, men boshingda
Turgan bo'lsam o'sha dam.
Kirmasmidim men qoningga,
Bermasmidim jonni ham.
Ajal degan beshafqatga
Koshki otsam ishqimni,
To'ldirsam ham ko'kni dodga,
Saqlasam men baxtimni.
Koshki edi, so‘ng qo'lingda
Erkalanib bersam jon.
So'nggi nigoh senda qolsa,
Men ko‘z yumsam bearmon...
Yashash sening haqqing dedim,
Kechir, qoldimgaflatda.
Yo‘q edi-ku bo'lmoq mahrum
Bizning ilk munis ahdda?
1944
Jdiz tongni sevgan-cnun
Tinchgina tong otar. Chiqadi quyosh,
Ko‘m-ko‘k maysalarda yaltirar shabnam.
Osmon ham tip-tiniq, yellar musaffo,
Erkin nafas olib uyg‘onar el ham.
Biz tongni sevamiz — alvon rangida
Kurash qurbonlarin yashaydi xuni.
Qon berib, jon berib butun jahonda
Dastlab qarshilagan biz bo'ldik uni.
Biz tongni sevgan-chun, uni qarshilab
Har kun zafar bilan ko'tarilar qad,
Shu tong tiniqligin saqlar muqaddas
Qudrat, sevgimizdan yaratilgan sad.
Bu cheksiz sevgida, qudratimizda
Shonli otalarning hissasi ulkan,
Shuning-chun tinch mehnat shiori bilan
Balqib yuksaladi jonajon o'lkam.
Biz tongni sevgan-chun, sof ko'kimizga
Ufqdan o'tolmas zulmat dudlari,
Shu erkin tebrangan maysalar damin
Bo‘g‘olmas poroxning zahar hidlari.
Onaday ardoqlab, boladay sevib
Saqlaymiz tuproqni, sharafni, dongni,
0 ‘tkir ko'zimizni ufqdan uzmay
Har kun qarshilaymiz safobaxsh tongni.
1947
9iijron
k u n i a f i a a
* * *
Baxtiyor sevgini kuylardi sozim,
0 ‘lim xanjariga tegdi-yu sindi.
Hijron faryodiday sovuq ovozim,
Nahot, lirikaning yolqini tindi?
1944
Uyda bo‘g‘ildim-u chiqdim eshikka,
Yer ustiga cho'kkan oqshomgi tuman,
Go'yo ko'zlarimga boqqanday tikka
Yashnardi bir yulduz xuddi sensimon.
Xuddi senday uzoq va senday yorqin,
Avji chaqnaganda so'nadi u ham,
Biryupanch: sevgimning osmonidan
0 ‘chmasdan yonasan, ey go'zal hamdam!
1944
Здаког kddi seni so'rofav...
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Oushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...
Oancha sevar eding, bag rim, bahorni,
0 ‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg'ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko'zlaringga surtib o'parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Oishning yoqasidan tutib so'radi seni,
U1 ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog'larni qidirib chiqdi.
Yozib ko'rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.
Topmay, sabri tugab bo'ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod toglaridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi togning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qoychivonlardan
Oayda shoir, deya ayladi so'roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ко‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq...
So'ngra jilo bo'lib kirdi yotog'imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog'imga
Sekin xabar berdi menga o'zidan.
Lekin yotogimda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo'shigi mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so'roqlab»
Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?
0 ‘rik gullariga to'nmaydi nega,
Yelda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho'x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko'rar edim o‘z jamolimni.
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?»
Qanday javob aytay, loldir tillarim.
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamda tutoqib daraxtga ko'chdi,
Kurtakni uyg£otib so'yladi g'amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g'unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo'shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq.
Bahorga burkangan sen sevgan elda
Ovozing yangradi jo'shqin, zabardast.
0 ‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo'limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam,
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
1945
|