Muhabbat toruji ки^ашк
Oqshom edi, oydin ko'prikda
Barno qiz-u yigit turardi,
Oyni kutgan oqshomgi ko'kda
Beshik-beshik bulut yurardi.
Bulutlaming yorib quchog'in,
Oy ko'rsatdi olmos yuzini.
Mag'rur tashlab yerga nigohin,
Tinglab qoldi yigit so‘zini.
«Xohi inon, xohi inonma,
Sening sevging qilmoqda shaydo.
Bunday yonish begona jonda
Bir o'chmas o‘t bo'libdi paydo!»
Oy suzadi yel sari mayin,
Ikki qalbni yoqar bir otash.
Yoniq dilning baxtiyor nayin
Yutmoq bo'lur sukut jafokash.
Yigit sevgi tongini kutar,
Qiz ko'ziday quyuladi tun.
Lekin uzun kipriklar o‘ta —
Yarqiraydi baxtga to‘la kun.
«U bir o‘tki, seni ko'rmasam
Iztirobga solar jismimni,
Lol qolaman — axtarib topsam,
Unutaman hatto ismimni.
Xoh inongin, inonma xohi,
Xayolimda kezasan yolg'iz.
Meni sevgin!»
Yigit nigohi
Sevgi tilar — sukut qilar qiz.
Oppoq pag'a bulut ustida
Hayron suzar keksa oysuluv.
Yulduzlami quchib ko'ksida,
Anhor to'lib jo'shib oqar suv.
Shu choqqacha ishqin qiz faqat
Dildan so'rab aytgandi dilga.
Ilk, musaffo, katta muhabbat
Qiz dilidan kelmasdi tilga.
Hozir yurak bir nigoh bo'lib
Boqqan edi yigit ko‘ziga.
Oqshom ogushiga nur to'lib,
Tong kulganday bo'ldi yuziga.
Elda qo'shiq, ko'prikda shu’la,
Baxt-la tepdi ikki yosh yurak...
Oy so'zladi yulduzni to'plab,
Sevgi tongi haqida ertak.
1936
$втщ mapunituj
Yaxshiki yigitda er yuragi bor,
U sevsa hech qachon yonmas yashirin.
Sevging to‘g‘risida o'zing ochding so‘z,
Ey ko‘zi qop-qora, so‘zlari shirin!
Mening sevganimni hali bilmasding,
Tanho o'rtanishdan men oldim lazzat.
Dilimni kemirgan muhabbat sirin,
0 ‘zim ardoqladim, ham qildim izzat.
Qalbimga yozilgan muhabbat so'zi
0 ‘yimni chulgadi mening har minut,
Lekin ishondimki, sen so‘z ochmasang,
Shu dardda o'lsam ham etaman sukut.
Hatto bilmas edim sevarmiding sen,
Balki sevganingdir bir baxtiyor qiz.
Balki xayolingdan men behad yiroq,
Ammo sen dilimda kecha-yu kunduz.
Faqat oyladimki, uyatdir qizga
Yigitga sevgisin aylasa izhor.
Bu — dog* solar dedim qizning husniga,
Endi ilojim yo‘q bo'lmayin iqron
Uzoq men axtardim, ammo o‘zimda
Bir kuch topolmadim sevgidan ustun!
Men seni sevaman, sehrgar yigit,
Butun borligim-la men senga maftun.
1942
Tog' ortidan ko'tarildi oy,
So'lim qirgoq nur-la o'pishdi.
Ko‘zgu bo'ldi jimjit oqqan soy,
Oyning aksi suvlarni quchdi.
Soymi yoki shabboda oldi
Mening ko'zimdagi uyquni?
Oy yorimni yodimga soldi,
Dilda toshdi sevgi to‘lqini.
1943
Nega sevmay, erkalab o’pmay,
Nechun demay uni hayotim?
Nega demay ko'zimning nuri,
So'zlaganda qandim, nowotim?
Shirin ekan farzand, u bilan
Oilaga kirar ekan jon.
Ko'zi ko'zga tushishi bilan
Mehri balqir ekan bepoyon.
Iqbol bo'lib ko'zing oldida,
Kundan kunga toparkan kamol,
Ne baxt, toza hayot bog‘ingda
0 ‘ssa toza, bebaho nihol.
U bor yerda qayg‘u va hasrat
Hayotingga begona ekan.
Qani ayting, farzanddan qimmat
Bu dunyoda nima bor ekan?
O... farzandim, ko'zim nurisan,
Menga senday bo'la olur kim?
Sen hayotim, seni ko‘rarkan,
Dilda behad jo'shadi mehrim.
Oora ko'zlaringga qarayman,
Unda borliq bo'lar namoyon.
Mening baxtim yorqin, begumon
Jilvalanib ko'rinar ayon.
Shirin so'zing, cheksiz mehring bor,
Oiligingda bir olam orom,
Sen bilan dil chiroyli gulzor,
Qo‘shig‘imga tuganmas ilhom.
Seno‘s — soglom,beqaygu, erkam,
Muhabbatim boshingga soya,
Men baxtiyor alia aytayin,
Oo'shiqlarim ko‘p, benihoya.
Ko‘z yosh nima, sen bilma zinhor,
Senga porloq tilayman iqbol,
Bu dunyoda na yaxshiki bor
Senga, qo'zim, senga bo'lsin, ol!
1943
Gitin kuz
Sevaman, oltin kuz, sevaman jondan,
Atlas tabiatli go‘zal chogingni.
Daraxtlar libosi rango-rang, gulgun,
Ko'zni erkalagan chaman bogingni.
Sevaman, yerlarga rangdor yaproqlar
Yumshoq va rang-barang gilam to'shasa,
Gul terganday terib barg qizaloqlar,
Qushlarday gurpanglab yayrab oynasa.
Dalada paxtalar kumushi porlab,
Momiq yuzlarini quyoshga tutsa,
Terimchi chechanlar etaklab, qoplab
Tog day xirmonlarga keltirib to'ksa —
Men behad sevaman! Yengim shimarib,
Qizlar orqasidan yuraman men ham.
Keng vodiy qo'ynida ko'ksim qabarib,
Yayrayman, nash’aga to‘laman bu dam.
Simob to'lqinlari tutib osmonni,
Muttasil yomgirlar zeriktirsa ham,
Kumush buloqlarning suvlari sokin,
Qushlar inlariga kirib olsa ham.
Men gamgin boqmayman, ko'nglimda
bahor,
Oltin yaproqlarga qarab tolmayman.
Yasan kelinchakday har bir daraxtni
Sevaman! Nigohim uza olmayman.
Bulut chodirini yirtib, mo'ralab
Chiqsa quyosh, ko'kka bo'laman maftun,
Sevaman nurlarda pati yaltirab,
Oppoq kabutarlar qilsalar o‘yin.
To'zoni yuvilgan barglar shamolda,
Rangini ko‘z-ko‘zlab qilganda huzur,
Hozir tingan yomg'ir tomchilarida,
Oltin yaproqlarda yonib toza nur —
Gavhar mar jon kabi yaltirab tursa,
Meni ham o'raydi she’riy hayajon!
Quyoshni qarshilab chiqib ay vonga,
Nurlarga ko'milib yuraman shodon.
Sevaman, oltin kuz, sevaman jondan!
Tovusday bezangan daraxt, bog'larni!
Yomgirli oqshoming, quyoshli tonging,
Xayolga cho‘mganim go'zal onlarni!
Tog' ortiga o'tib ketdi kun,
Sekin cho'kdi toza, salqin tun...
Men deraza ochganim chorbog
Sokin uxlar tun ko'rpasida.
Mayin qo'shiq yoyilar har yon
Esib o'tgan yel sharpasida.
1943
Suv oqadi allalab tunni,
Hamma uxlar, uyda men uygoq,
Parcha qog'oz, kichik bir qalam,
Boshim uzra porlaydi chiroq.
Tunda qancha xayol, qancha kuy,
Men berilib quloq solaman.
So‘z topolmay ifodasiga,
Rang axtarib shoshib qolaman.
Sof yel esar... Parvona uchar
Chiroq atrofida o'grilib,
0 ‘zin urib part bo‘ladi-yu,
Stolimga tushadi kelib.
Men yozaman, yulduzlar o'tar,
Har birisi so'ylar bir ertak.
Mana, Hulkar qarshimda chaqnar,
Yorqin tongdan keltirib darak.
Tun o'tadi, yana chorbogdan
Ko'tarilar sahargi tuman.
Men-chi, asta chiroq so'ndirib,
Otayotgan tongni kutaman.
Ko'zlarimda erib ketdi tun,
Yoyilmoqda yorqin juvon kun...
1944
Deydilarki, seni ko'rganda
Ko'zlarimda yonar jonli o‘t,
0 ‘sha o'tning yolqinlarida
Sendan o'zga bor narsa unut.
Mudom dilga sodiq ko'zlarim
Haqiqatni ko'mishi qiyin.
Ko'zlarimda, qonimda kezgan
0 ‘sha sevinch, o'sha olov sen.
Mayli, o'zing mendan uzoqda,
Lekin dilning o‘ti bo'lib qol.
Mening kuyim emas tuzoqda,
She’r kerakmi, jon kerakmi, ol!
1944
|