#
*
*
Tinmay og'riydi boshim,
Ko‘z ochishga mador yo‘q,
Botdi umr quyoshim,
Dardning buluti quyuq.
Chogi...
Unmaydi ishim,
0 ‘kinchdan og'rir yurak.
Bu yashash, bu bir turmush,
Unga tob bermoq kerak.
1960
M en cmsmnukjan surat
Men yo‘ldaman, tinmagur yurak,
Yangi shodlik, qo'shiqqa chanqoq.
Hamma yerni ko‘rmog‘im kerak,
Go‘yo menga hamma yer mushtoq.
Qishloqlarni kezdim borlig'im
Jarangli dam sehriga maftun,
Vatandosh, sen baxtiyorligim,
Sensiz na kuy, na hayot butun.
Qahramonni chaqirdim, yondan
Tovush berdi kolxozchi ayol.
Yellar yuvgan yuzida ilhom —
Men yozajak kuydan barkamol.
Oftob olgan durra, chang etik,
Dala, quyosh saxovati bu!
Ko'zi o‘ta boqqan qalb yetuk
Zamon o‘zi! Tashvish ham suluv!
Nurlanadi dag‘al barmoqlar,
Ko'zlaridan jon olar qo‘shiq.
Qonidagi yangi irmoqlar
Zamzamasin chizishga rang yo‘q!
Jasoratning bayoni qay rang,
Donolikning belgisi qay so‘z,
Suhbatida she’r o'qiganday
Yuksalaman men ham izma-iz.
0 ‘z baxtiday vazmin bu zotda
Parpirovchi qanot ko'raman.
Hayot o‘zi, o‘zi hayotda,
Men hayotni chizmak bo'laman.
Men chizaman... non, sevgi, mehnat,
Do'stday aziz ayol suratin.
Shu kamtarin, shu ulug‘ san’at —
Mening yurtim, mening shuhratim.
1961
%imni kutasan
Ko'zing muncha yo'lda intizor,
Ey, bahordan barkamol husn.
Iztirobing dilimga ozor —
Ishq hijronin bilganim uchun.
Sen kutasan kimni, qayerdan,
Kelaman deb, qildimi va’da?
Sen kutasan, gulning bargidan
Nozik diling mustahkam ahdda.
Ishqli qalbning qoniday labing,
Lovullaydi ma’sum otashda.
Uchqun sochar ohu ko'zlaring
Yashirmoqchi bo'lganing gashda.
Ey qalbiga riyo begona,
Tabiatning bokira qizi.
Go'zal otashda yona-yona,
Ayt, kutganing nonko'r kim o‘zi?
So'ramayman, uzr ey malak,
Beburd nomni olma sen tilga...
Bahor ко‘kin bezab kamalak,
Birdan shunday sovrilar yerga.
Dilga orom yorqin yulduzing
Qayerdadir chaqnab turibdi,
Sevgi, vafo axtarib izing
Chin baxt o‘zi sen deb yuribdi.
1961
Okean, kema, qardosh, do'st,
Xurmolarda maymunlar.
Kun dengizda ming-ming ko‘z,
Nurday ravshan ko'ngillar.
Tabiat etgan sehr,
Qutulmoqqa yo‘q darmon.
Davrada qo'shiq, mehr,
Bir so‘zdan sachrar gumon.
Ilhom, kuy boshda yalov,
To'lqinlarda tabassum.
Sen, Vatan o‘g‘li darrov,
Nedan cho'chib qolding jim?
Kulgu qochdi yuzingdan,
Gumonga bo'ldingmi qul?
Gumon mening izimdan
Qolmas bo'libmanki tul.
Bil, u uying, bolangdan
Olib menga bermaydi.
Bu muhabbat yo'limas,
Dil u kuyga kirmaydi.
Sen, gumon dengizday kuch,
To'lqin bo‘lib ot meni.
Tanamda qirgoqdek kuch,
Yengib chiqaman seni.
Borligimcha qolaman,
Marhumim saqlab omon,
Dillardan joy olaman,
0 ‘zin kemirsin gumon!
1961
Ko'zdan, so'zdan, qo'llardan uzoq
Bukun senga to'lar ellik yosh.
Go‘yo maysa ellik yoshlik naq —
Ellik yoshday boqadi quyosh.
Qalam, qogoz yozuv ham goyo
Ellik yoshli yetuk va yaqin.
Hamma real, xayol va royo,
Hijron, sevgi, yog'in va chaqin.
(0 , arablar! Tasanno sizga,
Hikmatingiz keldi menga qo‘l.
Debsiz. «Eng cho'ng, uzoq masofa
Dil bilan dil aro yotgan yo‘l».
Shu cho'ng, uzoq yo‘l boshidan man,
Intilaman qalb bilan qalbga.
Men she’rdan ko'prik tashlayman
Uzr aytib dono arabga).
Ponamisol yorib taqdiring
Men kirmayman uyingga zinhor,
Zero, hech on baxting va mehring,
Fikring chulg'ab bermadim ozor.
Lekin bukun do‘st-u raqib jam,
Ho, do‘st deb sev, ho raqib deb quv,
Ertaklarda bo‘lganday men ham
Keldim, bo'lib dilingga guluv.
Darkor emas na poygak, na to‘r,
Oatraga barg ham, kosa ham joy...
Endi seni azob va huzur
Girdobiga olar hoynahoy.
Bo‘sh qadahni
|