Grada sahifa qoiibdi
bdm-vosh
Yozardim.
Asab-u fikrim savalab,
Varaqlabman nafis daftarim dagal.
Bo'sh sahifa qolmish,
Qalb tubin kavlab,
Timdalaydi endi axtarib g‘azal.
0 ‘rtada sahifa qolibdi bo‘m-bo‘sh,
Naq yoshlik — keksalik ufqlari ora.
Oro yo‘l — goyoki jarohatli to‘sh,
Goh bitib, ochilib turguchi yara.
Ого yo‘l... Men o'tgan hayotning mo‘li,
0 ‘chli mehnatlarning yorqin dovrug'i,
Eng jonli kuylarning to'qilgan yo‘li,
Yetim muhabbatning o'chmagan cho‘g‘
Oro yo‘l...
Bir jonning ming bir toifa
To'kislik,
0 ‘ksuklik,
Kibriga shohid.
Ko‘z yosh chaqnasa ham, she’ri tojida
Tole shotisida chopmoqqa xohish.
Oro yo‘l...
Oalbimdan yulingan bir baxt,
Vayron bo‘shlig‘ida o'chmagan olov.
Oayta bir hokimga buyuraman taxt,
Arzon havaslar-u,
hirs-u irsga yov,
0 ‘zgalar baxtidan sevinchi toshgan,
Insonlar qalbida ko'targan ko‘kka,
Sha’ni sarhadlardan oshkora oshgan
Butun borlig‘i-la baxshida yurtga...
Tabiatda bo'shliq bo'lmaganiday,
Umrimda bir benaf yo'qdir oro yo‘l,
Ouduq hech jahonda to'lmaganiday,
Aslo tugamasin menga oro yo‘l...
1973
Oddron quchogida
Bo'ron quchog'ida qoldim bir oqshom,
Tabiat va qalbim ichra to'polon.
Naq ilk bor may to'la sipqarganday jom,
Bir qanotim orom,
Bittasi tugyon.
To'lqinga tashlangan kemaday qalqib,
Oudratli, mehrli qirgoq izlayman.
Bo'ronni qo'zgotgan boisni olqib,
Borligim yulqigan qo‘lni sizlayman:
Oling, oyoqlarim yerga tegizmay,
Oayoqqa uchsangiz, shu yoqqa uchay.
Oalbim, xayolimdan qulochlar yasab,
Hech kim qucholmagan chaqmoqni quchay.
Uning parchalovchi mudhish o'tidan
Xayoldan ham ezgu yaratay qo‘shiq.
Yashin daraxtining olov husnidan
Yerning lablariga sochilsin uchiq...
Qani, avjga ko'tar bor jazavangni,
Yuz tomondan silta izgiriq qamching.
Tanam boylab hayda o‘t aravangni,
Do‘l bo'lib yog'ilsin hayotbaxsh tomching.
Yulqi va tortqila!
Bosh boshlarimdan,
Bilay yana yetar nelarga kuchim.
Baxt yonlab o'tgan u gul yoshlarimdan
Ooldimikan hech ne, aziz o'quvchim?
0 ‘ltiribman bo‘r on ichra serviqor,
Men suyangan tokning sirqirar zangi.
Ikkimizda bir xil po'lat chidam bor:
Iztirob mevasi,
Shodlikning rangi!
Bo'ronsiz yurak-la o'lardim karaxt,
Bo'ronsiz tabiat ko‘ki yashinsiz.
Nasib bo'lmaganda she’riyatday baxt,
Qashshoq o‘tar edim yiroq, yaqinsiz.
1973
M en o'tgan umrga
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o'tgan umrga achinmay qo'ydim.
Tabassum o'rnida kuldim charaqlab,
Suyish kerak bo'lsa — telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi,
chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabsan parvo.
Meni og'ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo'shiq talab bunda har saboh.
Men o'tgan umrga achinmay qo'ydim,
Hech kimda ko'rmayin umrimga o'xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima bildim,
Shu-da bir yashash!
1973
Kelajak!
Bir umr ko‘zimda turasan,
Men sening baringni tutganda,
Tong kabi yasharib, orzuni quchganda,
Ertaga chorlaysan charogon
Ko'rsatib xayolning oq chaqnoq silsila
toglig'in!
Ertalar!
Ertalar sanog'in so'ngi yo‘q,
Ertalar.
Ertalar har biri shoh qo'shiq,
Entikib dovonlar oshmoqqa yuraman,
Chiqaman,
Tushaman,
Boraman bir yechmay istakning chorigin.
Kelajak!
Sen esa zamin-u quyoshday yo'ldasan
beto'xtov!
Kelaring — borlig'i sir, orzu,
Tabiat o‘zi ham,
Donish ham,
Johil ham
q o ‘y olm as
unga g‘ov.
Bilmaymiz:
Qo‘yning-u qo'njingda
Na siyoq tuhfalar bo'lajak,
Kim umrin eng sinchkov mezoni — tarozu
Pallasin qay biri ne siyoq to‘lajak.
Sen jamol ochasan:
Har kun bir sabohday.
Yurtimning,
Xalqimning eng mumtoz iqboli singari.
Kechmishim yolg'iz bir alifbo — saboqday,
Sen esang men tinmay uqib ham o'qigum,
Kuch yetsa atlasday qo'shiqlar to'qigum,
Ko‘p gulshan,
Ko‘p ulkan,
Ko‘p jozib bir dunyo, —
Bundayin aks etgan na Farhod ko'zgusi!
U — bizning bugungi kunimiz.
Erta-chi?
Ertamiz na xayol, na royo,
Bugundan ko'rkam u,
Oon-qardosh ellarning do'stligi qurgusi!
Kelajak!
Sen ohu singari imlashdan,
Insonlar orzusin onaday tinglashdan
Tinmagan siynaday oq maydon.
Biz — bugun kishisi!
Kelajak — ertamiz,
Ko‘kka ilk yo‘l solgan avlodli yerdamiz.
Zamon-chi?
Yaratish dardi-yu shavqi ham,
Dil kabi parvozli, ardog'li shan zamon.
Kelajak,
Sen tomon yurganim,
Oalamni surganim,
Ko'rganim sari sen ketasan yugurib
Va so'ngsiz yo'lingdan men terib olajak
Mevaning sarasi qoladi to'kilib:
Yenglaring qatida,
Ro‘moling uchida,
Qanoting patida,
Jahonday beqiyos dasturxon ichida
Ketadi hech bitmas tilaklar tugilib.
Chaqmoqday cho‘rt kesib yo'lingni to'sganlar,
Shiddat-u mehnatdan mujdalar yugurib,
Yashinday yarqirab oldinga o'tganlar,
Qo'lingdan tushib.
Dovonlar o'tishib
Fazoga uchganlar avlodi bo'lsam ham,
0 ‘kinchim bitmaydi,
Eng uchqur ilhomlar qanoti — xayolda uchsam ham
Ouchoqqa olishga.
Qo'shiqqa solishga damlarim yetmaydi!
Kelajak!
Oo'llarim yetmasa-yetmasin,
Kuylarim bitmasa, hech qachon bitmasin!
Kelarlar qo‘li-la bitilur!
i
Men chiqqan cho'qqidan parvozga chiqqanlar
Sendan ham sur’atli,
Bizdan ham jur’atli
Silsilang oshganlar yetajak,
Hech asr bitmagan eng yorqin,
Eng yaqin qo'shiqlar bitajak!
Men esam shu kuyni naq o‘zim bitganday,
Kelajak ming yillar o'rkachin o'tkanday
Quvonarman!
Qaytadan dilimda,
Chehramda yoshlikning,
Zamonga eshlikning, shodligi barq urib ketajak!
1974
|