Orzuya ayb ydq...
Shu kunlarda qalb qo'shiqqa tor,
Kunda bitta yozaman she’r.
Ma’yusi ham, yorqini ham bor
Tuproq, hayot, yurak bu axir!
Yozganda-ku, unutman ko‘r-kar,
Faqat dilga solaman quloq.
Buzib, yasab, misoli zargar,
Borin to'qib... nuqta qoyiboq
Bir tinglovchi qolaman izlab
Va orqaga tortar yuragim.
Uyg'otibmi, chorlabmi, bo'zlab,
Topib, fikringkelar so'ragim...
1968
0 ‘tgan kunlarimga kelar suq, havasim,
U — mening quyoshday yoshligim.
0 ‘tgan tunlarimga kelar suq, havasim,
U — oydin shodlik, beboshligim.
Dumbullik, jamol ham, bokira xayol ham,
0 ‘ktamlik, erkalik, jasorat.
Sevgidan mastlik ham hijrondan behol dam,
G'aflatdan vayronlik, qanoat.
Dolg'ali tuyg ular olovli to'lqini,
Xilvatlab yetaklab yurganda,
Qoningning, qalbingning baxtiyor shovqini
Aqlingni kishanlab turganda.
Oftobni xiralab, quyoshday kulgan on,
О‘ylagan edikmi, jahonni?
Endi-chi, o‘y, ishing, shodliging bor jahon,
Bahorday ne yoqar bu qonni?
1968
Shalola
Mehnat bergan oltin shodlikday,
Otilib toshadi shalola.
Shovqini ilhomdan yorliqday,
Yurakda ko'tarar tarona.
Oaynaydi o‘zliginyo‘qotib,
To'zitar osmonga kumush chang.
Qirg'oqqa to‘lqindan tosh otib,
Go‘yo u erk uchun qilar jang.
Borliqni tutadi gulduros,
Hammani chulg‘aydi ezgulik.
Qishdan muz olganday o‘ch, qasos
Hayotbaxsh kuch bo'lib kezgudek.
Bu kuchga tang qolib oftob,
Tashlaydi kamalak yoyini.
Qulaydi shalola sershitob,
Axtarib kanal-u soyini.
Yugurar yashinday, chaqmoqday,
Axtarar kanal, soy, nahmi.
Baxtiyor yoyilar qaymoqday,
Topganda tashnalab bagrini.
Naq shunday:
Umrni etib bog,
Oqasan kuy-naqrim, ko'krakdan,
Farzandim, she’rginam, bor tezroq,
Makon qur, eng toza yurakda...
1968
0
‘Ui tomcni
0 ‘tli tomchi, sho‘r tomchi, seni
Nega inson ko‘z yoshi atar?
Qalb o'rtangach qo'rg oshin seli
Emasmikan oqqan shashqator?
0 ‘tli tomchi, sho‘r tomchi seli,
Sen yuzlardan irmoq ochasan.
0 ‘zimdan ham yashirin sirni
Raqibimga yelday sochasan.
Peshonamga yoziq taqdirni
Chiqarasan ko'zimdan siqib.
Cho'ng irodam qurgan qasrni
Jahongirday berahm yiqib.
Goyoshamgin, goyoyalang'och,
Shon-shuhratim eshib tashlaysan.
Yo‘q dushmanim bir dam etib shod,
Do'stlarimning dilin g'ashlaysan.
Chiq, so‘ng tomchi, yuzdan sidirib
Men orqangdan otay qora tosh.
0 ‘z haqqim-la ko'ksimni kerib,
Ko‘z yoshga ham boqayin beyosh...
1968
Tbiarsiw
Yer-u osmon, tuting motam, yana bir mehribon
ketdi,
Hayotga, oftobga, gulga oshiq, jonajon ketdi.
Dili keng, xulqi pok, irfonga kon fozil jahon
ketdi,
Sadoqat-la etib mehnat, toshib hurmat va shon
ketdi,
Ajib bir do'st, ajib dilso'z, ajib shirin zabon
ketdi.
Yashar tokay kishi umriga bundog' ayriliq
yo'ldosh,
Ajab nodir hayot ko‘zgusiga otdi ajal ming tosh,
Firoqning xanjaridan dil jarohatda to'kar ko‘z
yosh,
Falakning bu jafosiga qayondan olgumiz bardosh,
Tilak, orzu, umid bog'i kamolida xazon ketdi.
Ketar yer bag'riga, afsus, bu do'stga alvido
denglar,
Chirog'ing o'chmagay hargiz, yashaysan biz aro
denglar,
Tirikmiz dilda dostoning sira bo'lmas ado denglar,
Ko'zing och, do‘st-u yoronlar, bugun motamsaro
denglar,
Yashab to'ymay, necha orzu, umid, armon nihon
ketdi,
Yuraklarni solib faryodga, do‘st-u mehribon ketdi.
1968
Qalbim qolgan edi, bir chog‘ bu yerda,
Sizning dilingiz-la jo‘nab ketgandim.
Ajdodim, avlodim qiblasi — elda
Qalbimni sog'inib she’rlar bitgandim,
Qani bunda tashlab ketgan u qalbim?
Kezib, soyu qoya ko'rmagan jondek,
Toqqa tarmashgandim tolib tizlarim,
Sochilgandi shodlik yoqut marjondek,
Lekin tun sel yuvgach kunlik izlarim
Sirqirab chiqqandi tolgan tizlarim.
Ammo yana tongda tushgandim yo'lga
Soya ko'tarilmas cho'qqiga dadil.
Qonlarga tushganda olgandim qo'lga
Yurakni konchining fonusi shakl
Shu’laday qolgandi u yerda ham dil.
Esimda, chorlashdi yulduzlarsimon
Chaqmoq va bijildoq bir davra go'dak,
Men bo'lsam aylanib go'dakka shu on
Har biri ko‘zidan goyo boychechak,
Gilosday boqqandi men bergan yurak.
Ne yaqin-yiroqqa yo'ldosh bo'lmadim,
Bu qutlug' umrimning izmida erkin.
Hech yerda hech kimning baxtin yulmadim,
Tuyg'umni izlarga otmadim, lekin
Pisand ham qilmadim rashklilar kekin.
Har yerda dengizga tushgan tomchiday,
Qalbim zarralarga ketdi bo'linib.
Ammo dilga kirgan har do'st sevinchday,
Ilhom, kuch, hayotday jonimga inib,
Yashadim, daryoday to'lib, to'linib.
Qolgan dil izidan yana keldim-u,
Minglarcha nigohlar sehrida qoldim.
Har salom, har issiq tabassum, kulgu,
Mavjida u qolgan dilim ko'roldim.
Udumday, merosday qon-la o‘tdimi,
Bu behad ko'zlarda mavj urgan mehr?
Zarra-zarra qolgan qalbim o'timi,
Bizni yaqin qilgan muazzam sehr?
Men olgan dillar ham hamon qalbimda
Hayotim bezagi, she’rim jarangi.
Ichgan suvlarimning nami labimda,
Sochlarimda hatto yo'llarning changi.
0 ‘sha o‘t yoshlikka men sodiq qolib,
Butun xalqqa dilim berib ketaman.
So‘ng bu gul diyorni qo'msab, sog'inib,
Quyoshday do'stlikni kuylab o'taman.
1968
|