Zulfiya Saylanma «sharq»




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/38
Sana24.01.2024
Hajmi2,79 Mb.
#144544
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
Saylanma. Zulfiya

ЪИфаг jty'di
To'kilarmi toshlardan tomchi, 
Yo chashmada oynar baliqlar. 
Sayrarmi boz Qulash egachi,
Yo shoirda she’r yetilar?
Kuydash oqib pardama-parda, 
Qizlar kelar ekan biz tomon.


G'urur va noz ohu nazarda,
Kelbatida yosh Oozogiston.
Sochlardagi chilpi shildirar,
Suluv boshlar ukpar jigali 
Cho'lpi siri sehrga solgan 
Ustoz kuychi Avezov qani?
Qo‘sh etaklar sirgilar asta,
Tosh-u tuproq gul ochar goyo.
Nim tabassum, bodomqovoqdan 
Dilga oqar yoqimtoy ziyo.
Oq boyinli yetti oqqushday 
Yondan o'tishadi sollanib.
Bir yosh do'stim otash tashvishda, — 
Qolsa qayiqchiga yollanib.
— Kimlar bu sof dala gullari 
So‘z dagalday, ko‘z berar savol. 
Kolxozchilar, qo'noqqa chog'i,
Yo xilvatda intizor visol!..
Yosh do‘st behol... Yetti mo'jiza, 
Yetti yoqqa ketar jilg'aday.
Menda qolar shu hoi, shu surat, 
Mayin, kb'rkam ukpar jig'aday.
Ko'zda surat, dilimda yorqin,
Ajib oylar allalar meni.
Qanday ko'rkam qizlar avlodin 
Hassos didi va shoir dili!
Bu libosni zinhor tark etmang,
Shu kiyimda tushsangiz poytaxt
3-Zulfiya


Olmaota suluvlarining 
Malikasi bo‘lasiz albat!
Es-esimda, go‘dak chogimda 
Do'ppi kiyar edim jigali.
Do'st udumin boshda tutmakni 
Meros bergan Onamga balli!
1962
Lbdocash oqshomi
Mehmon kutib horgan kuni tinib ishchi 
Balxashning,
Qo'nmoqchi yerga oqshom.
Yuragimga navbatini berib yonish-balqishning, 
Ufqqa yotdi oftob.
Ouyosh,bizdango'zallikni, oyladingki, 
yashirding,
Kechir, bu o‘y behuda.
Kuni boyi bu yerlilar bergan qo'shiq mehrning 
Kuchi dilda biyuda.
Go‘dak raqib, tog* uxlasin, kim uxlar shoir elda, 
Yursa bunda ilhomi.
Saxiy kunduz tortigiman, baliqchingday 
sohilda,
Tuvgon Balxash oqshomi!
Suving erik sarig'moyday yo Temirtov po'lati, 
0 ‘rkach-o‘rkach to'lqinlar.
Har baliqchi yoqqan gulxan oqin o‘tovi kabi 
Men-u baliqni chorlar.


She’r tugilish oni misol hurkmasin deya qarmoq, 
Ardogli cho'kaman tiz.
«Baliq hali ко‘Ida suzar, buni ichatur qo'noq!» 
Baliqchi tutar qimiz.
«Bu gal to'rga tushgan senga, baxtingdan ko‘r, 
boybeka!»
Men shodman misli go‘dak. 
cOyli to'lqin goyo baliq, ortidan dil entikar,
Baxt qanday bizga kerak!
Baliqchi, men — ikki juft ko‘z ko'ldan uzmaymiz 
nigoh,
Oy suvda nurli so'qmoq.
«Baxting adim ekan», — deydi qarmoqni tortib 
qozoq —
« 0 ‘ljang ulkan, ol qo'noq!»
Iyya, qardosh, baxtim go'zal, o'zbek elatim siyoq, 
0 ‘lkam har narsaga boy.
Boyvuchchangni boshlab borib, bizlarga ham bo‘l 
qo'noq,
Hadya qilay senga toy...
Ikki qo'llab berar baliq — naq uch oyli qo'ziday, 
Mungli boqar jontalab.
To‘lg‘anadi, tangalarda oy sochilgan yulduzday, 
Sho'r yel esar tik qarab.
Ijozat ber! Yashab yursin hayot ko'liga tashlay, 
Qo'shiq sevar ozodlik.
Ishqli qizning tabassumi yigit qalbga singganday, 
To'lqinga sho‘ng‘ir baliq.


Baliq qolsin, tangasiday yarqiragan toleni 
Ketaman yurtga olib,
Nur so‘qmoqda ko'rsang bexos yulduz tanli baliqni 
Tutma sen qarmoq solib.
«Jaqsi, tashla, bizning yurtdan har tun senga 
aytsin kuy.
Oy-maktubdan o'qib yur!»
Mehnat, hayot, do'stlik madhin o‘qimoq-chun 
oqshom, tun,
Bedor o'tay bir umr...
1962
Yo‘l, qishloq, shaharlar, dengizlar orti, 
Goh yerda, goh ko‘kda, goh suvda yo‘lim. 
Ouroqday turli yer, inson hayoti, 
Turlicha o‘y, kurash, turlicha qo'nim.
Hamrohim: intilish, qo'shiq va mehr, 
Quyosh yo yersimon yo'ldaman har dam. 
Hatto, tun uyquga etganda asir 
Ertaga eltadi to‘shak-kemam ham.
Vaqtni kishanlashga hamon men ojiz, 
Tuprog'im va umrim uzra eltar yo‘l.
Ne yozsam tub-tubdan hayotga doir, 
Insoniy qalbimning tebranishi ul.
1963


TJaraxt
Bir daraxt turardi yo‘l chekkasida
Shamol urar edi uni muttasil.
Awal ko‘k, so'ng za’far-xazon tusida, 
Ko'rkini yo'qotdi... hamon urar yel.
Qurg'adi, bukchaydi kurashda tanho, 
Zilol qonlaridan qolmadi zarra.
Shamol, shamol savab qoymadi, ammo 
Ildiz-la yiqildi oxir bir zarbdan.
Endi yel bo'shliqda kezar darbadar, 
Tanho qurbonining qaqshashin izlab... 
Bilaman, daraxtday qulasam agar 
Mening hayot bog'im qolmas huvullab.
1963
* * *
Umr o'tmakda... 0 ‘kinchdan yo‘q iz, 
Qalb mehnatga, qalamga chanqoq.
Goh baxtsizlik yutar baxtimiz,
Lekin hayot dilbardir har choq.
Yayratganda yayradim xushbaxt, 
Singanim yo‘q chalsa-da bo'ron. 
Garchand men bir kam hosil daraxt 
Ne’matimda tirikdir his, jon.
Yetsa deya kuyim do‘st, elga 
Yonar izlash o'tida qalam. 
Zahmatkashni olganda tilga,
Eslasangiz zora meni ham!
1963



Download 2,79 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish