^krandcuji ifurak
Yo‘q, doktor, bu yurak meniki emas,
Bir zayl uruvchi soat miliday.
Tinchlik istasam-da, izmimga kirmas,
Bu bitta loqaydning sodiq tiliday.
0 ‘tgan yillar shohid: mening yuragim
Naq ko'kda potirlab oynar kabutar.
Dolg'ali dengizda kema suzmas jim,
Tog'day to'lqinlarni qoq kesib o‘tar.
Balki, bu qaddimni tik tutib turgan
Hayotim rishtasi — tirikligimdir?
Mudom jo'shqin umrim hukmida yurgan,
Qadriga yetmagan pinhon she’rimdir?
Bilmayman
Va lekin mening yuragim
Ekranga sig'movchi bir olam siyoq,
Bir zayl urmaydi. Misli tilagim
Kun-u tun tinmovchi sinchkov bir sayyoh.
Har inson qalbidan
Izlab qo‘nalg‘a,
Istaydi yastansa maysalar bo‘lib.
Ko‘p chog' ko'ksim tashlab ketadi olg‘a
Va qo'shiqlar topsa qolar jo‘r bo'lib.
Bu ko'ksim — panohi,
uchib horganda
Oo‘nib bir zaylda urib turar joy.
Siz qalbim ekranga aksin solganda,
U bir zum olardi hordiq, hoynahoy.
1974
Yulduz na isitar, na yoritarmish,
Tabiatda bunday mantiqsizlik ko‘p.
Boqsang ko‘z gavharing og'ritar emish,
O, bunday haqiqat menga tanish xo‘p.
Mendan so‘rang uning shivir-shivirin,
Dilni ne lahjada kiritgan tilga.
Har chaqnashi ag‘dar-to‘ntarib fikring,
Shirin mast etganin o‘t solib dilga.
Dilni soginch dardi yoqsa nogahon,
Yomg irday bir yo'la yulduz yogilur.
Kirib tomiringga sendan ham pinhon,
Yoz oftobisimon shodlik yoqilur.
Faqat u yulduzning bilsang borligin,
Yulduzim deb bilsa kimdir seni ham,
Dard, anduh, masofa yo'qolib sekin,
Yulduzlar allasin bilasan malham...
1975
JVlen mimasam
«Ne qilaylik?», «Qanday bo‘lsa?»,
«Nechuk bo‘lur?» —
So'rasangiz, nazdingizda ko'nglim to'lur.
Bolajonlar, bir kun shamday bu jon so‘nur,
U choq kimdan so'roqlaysiz, men bo'lmasam?
Gul emasman, ko'zingizda tursam yashnab,
Chinormasman, tursam yo‘lga ko‘lka tashlab.
Go'dakmassiz, yursam sizni yo'lga boshlab,
Ne bo'ladi uyingizda men bo'lmasam?
Na iloj bor, bir nasiba bo'ladi kam,
Bu zahmatkash, tinmas qalam oladi dam,
Bir necha vaqt dilingizga to'ladi g‘am,
Bir kun kelib uyingizda men bo'lmasam.
Bu qadrdon ishxonamda o'char chiroq,
Asta-sekin do‘st-u shogird ketar yiroq.
Uydan uyga bo'zlab yurar yetim firoq,
Bir kun kelib uyingizda men bo'lmasam.
Goh chehramni tund etganda yer tashvishi,
G'ussa bo'lib bossa kunning qolgan ishi,
Biri u deb, biri bu deb yurgan kishi,
Ne dard ekan bir kun kelib men bo'lmasam?
Jon bagrimdan uzib sizga bergan hayot,
Goh ko'rganda chehrangizni shodlikka yot,
Yostiq quchib unsiz, pinhon solganim dod
Bilarmisiz uyingizda men bo'lmasam?
Har qarichi ko‘z yoshimdan sho'ralangan,
Har niholdan aziz bogbon so‘rog‘langan,
Shu bog'bondan juda erta meros qolgan
Bu dargohda ne kayfkezar, men bo'lmasam?
Har g'ishtida bahorimning bir yaprog'i,
Ha burchida haroratim dil ardogi,
Sizga asqab tole to'la hovlim bog'i
Kulgingizdan batang kelsin men bo‘lmasam.
1975
cfom tom (jo'shiqqa
Nazdimda tun to‘la qo'shiqqa,
Lekin uni tinglab, tinglamagan bor!
Kunduzlar baxsh etgan shodlikka
Mast bo'lib tunlarni kutar zor.
Tun menga sodiq do‘st singari
Yop-yorqin bag'rini ochadi.
Zug‘mimdan bir nafas tingani,
Qovjiroq ko'zimdan uyqular qochadi.
Qochaver,
Ketaver,
Kutganlar seni ko‘p!
Oz emas tun ko'ksin teshganlar men siyoq.
Kunduzning quralash ishlari elab xo‘p
0 ‘tkizgach, dillarni tinglayman yaxshiroq.
Zavodlar yuragi tinmayin yaqin-u yiroqda
El uchun,
Men uchun ishlaydi.
Shahrimga sochilgan sanoqsiz chiroqlar
Hamshaharim ro‘zg‘ori,
Baxtiday yashnaydi.
Kimlardir yeladi biz tomon;
Tunlardan yuqori,
Yulduzdan pastlarda.
Ming somon yo‘llar-la kesilgan bir osmon,
Mezbonlar manzilin kartasi do'stlarda,
Kelishar,
Ketishar
Va lekin yurakda
Ulovga tobemas muqaddas yo‘l ham bor.
Mehrdan poyandoz to'shashga,
Elchilar yuborib eng uchqur san’atdan
Jahonni chorlashga bir o'ktam haqqim bor.
Kunduzlar yetmaslik ishim ko‘p,
Har yurtga aqalli bir maktub,
Har do'stning qo'liga parchalab bir qalbni
Tutqazgim keladi bu zamon.
Muqaddam yurtimda kezuvchi nur jahon
Haqida bir o'tday she’r yozdim men qachon?!
Har biri — bir dunyo, insonni ko'tarib qo'lda dast
Mehnati qiladi namoyish.
Men shunday qudratli,
Bir tanti,
Bir saxiy odamlar safiga suyuk, esh:
Chotqolning ko'ksida tug'ilgan buloqday
Qaynovchi dilimda tug'ilar eng tiniq ming fikr.
Ko'zimga solingan eng surbet qurog'day
Uyquga chap berib,
Barini she’r bilan etaman men zikr:
Uzzukun ishlagan dehqondan men burchli,
Tunda ham tinmagan ishchidan men xijil.
Shu sabab tunlarim kunduzdan ham ishli,
Eng yorqin,
Eng tiniq qo'shiqlar tinglar dil.
Tinglar dil
Har ayol dostonin,
Tong sahar pallada aytilgan allasin.
Suvosti o‘lkasin
Va oyning ko'lkasin,
G'unchalar lab ochgan fusunkor pallasin —
Oo'shiqqa solmoq-chun
Nahot men ko'rganman?
Uyquga toymasam, to'ymayin,
Ayting-chi, qay zamon men nega toyganman?!
Ko'zlaringda chuqur o‘y,
Hayronlikmi, iztirob?
Kundan kunga cho'zib bo y
Nega izlaysan javob?
Murg'ak fikring yetolmas
Bu dunyo o'yiniga.
Sevib, otdilar paqqos,
Seni taqdir qo'yniga.
Hayoting ikki ora
Talashligin bilmaysan.
Soginchdan diling pora,
Lekin oshkor qilmaysan.
Go'daklikdan chiqmasdan
Ulg'aytdilar umringni.
1975
Jonlariga suqmasdan
So'ndirdilar kulgingni.
Tolxivichday jussangda
Qayerdan tog'day toqat?
Ayt-chi, pinhon g'ussangdan
Olib bo'larmi faqat?
0 ‘ylasam ko'zdan jovdir
Oqadi yoshim seli.
Bu — sen to'kmasga qodir
Sog inch hissi shekilli...
Borligim bo'lib yurak
Boshginangni silayman.
Hech darz ketmas, bo'linmas,
Yaxlit taqdir tilayman...
1975
Юо'тапт.
Naqadarlik ogriydi bag'rim,
0 ‘zni tanho sezaman bukun,
Do‘stlarimning sog'inchi, bahri.
Yuragimda ko'tarib to'lqin —
Girdobiga oldi borlig'im,
Barchasini chorlasam yonga.
Suhbatlarga tashna, zorligim
Sig‘mayapti yorug‘ jahonga.
Oalamimning yurishi xitroq
Bo'lsa, sizga intiqlik sezgum.
Fikrim parvozlardan yiroqroq
Oolsa sizni axtarib kezgum.
Va topganda qaynoq bahslarda
Mayli, zaif sezsam o'zni goh.
Dil o‘t olar, bu otashlarda
Po‘lat o‘tdan cho‘g‘ olgan siyoq.
Chaqnash bilmay soyada izi,
Yashagandan chaqmoqlik afzal.
Sokinlikni sevmayman o‘zi,
0 ‘lsam o‘lay, do'stlar jam mahal.
1975
Janub tuni dengizday betub,
Yulduzlar chaqnaydi sernur.
Guyo jahon zulmatin yutib,
Yuksaklikda shalola yonur.
Bu bir ufq — shafaqday gulxan,
Tabiatga insondan tuhfa.
Suvni o‘tga etishib payvand,
Buyurmishlar: «Kurashdan toyma!»
Kurashadi
Etak, soch olov,
Naq qasoskor lo'li qiz raqsda.
Inson aqlin atab beayov,
Otash va suv tuganmas bahsda.
Biz chiqamiz zinama-zina
Naq mehrobga yurgan singari.
Polaponday jonlanar siyna,
Otash tomon parvoz qilgani.
Ikki ayol qo'lini tutib
0 ‘rtamizda borar do'stimiz.
Ayollikni bo'lmas unutib,
Erkaklarsiz yonmas o'timiz.
Deymiz unga:
Olov na darkor,
Bor qiyofang togning vulqoni.
Prometey o‘tga qolsa zor,
Senga kelar sovigach qoni.
U otashga bizni ergashtir,
0 ‘t olaylik kaftimiz tutib.
So'ng tonggacha mashq etaylik she’r,
Otash kuchin tarannum etib...
Olib chiqdi.
Sehrlanganday
Yuzlarimiz bo'ldi otashrang.
Olov tillar asirlaganday,
Ilk bor bizga shodlik berdi jang.
Go'zallik haqida she’r yozish mushkul,
Buyuklik fikringni qilganida lol.
Ikkisi oldida rost kelsang butkul,
Tashbihga mazmunni juftlash ham mahol.
Go'zallik oldida lol qolganim ko‘p,
Bo'yoqlardan hayron, tuygulardan mast.
Ikkisi bir yo'la sehrida tutib,
Entiktirgan damda she’r yozib bo‘lmas.
Necha jazm etganman nazm tizgali
Hayrat bo'ronlari savalagan dam,
Qo'ymadi yozmoqqa jur’at qilgali
Sizdagi mahofat, yoniq moyqalam!..
Bugun ham qo'shiqqa sololmay halakman,
Aftidan joduli siz qayda, men qayda?
1975
|