Zulfiya Saylanma «sharq»




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/38
Sana24.01.2024
Hajmi2,79 Mb.
#144544
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
Saylanma. Zulfiya

Метщ tompm
Ona tuproq oromda yotar 
Olib tungi risqi-qudratni.
Mening tongim qalbimda otar, 
0 ‘ydan, ko'zdan haydab zulmatni.
Tundan tongni uzib olaman,
Katta bo‘lsin deb ishli kunim.
Qogoz uzra sahar yoyaman, 
Bagishlayman umriga qo'nim:
Oy qoldirgan momiq izlarni, 
Ko'chiraman she’r satriga. 
Isitmovchi sho'x yulduzlarni 
Payvandlayman yerning taptiga.
Olov chehra qizlar qatida 
Baxt to'qishga beraman farmon.


Toki yashab inson vaqtida, 
Quyoshga tik boqsin bizsimon.
Mening tongim boshlanar tundan. 
Kuzataman guncha kulishin.
Tog1 ortida boshlanar kundan 
Yaproqlarda shabnam so'nishin.
Siynaday oq tong uyg'onishi 
Husniga yo‘q kunduzda qiyos. 
Sahar bedor qushning xonishi 
Ajib shodlik, yoniq ehtiros.
Oay uydadir yigladi go‘dak,
— Ber onasi, xushbo у ko'krakni! 
Unga temir qanotlar kerak,
Tark etmak-chun bu tor yo‘rgakni! 
Uzoq-yaqin derazalarda 
Birin-ketin yonadi chiroq. 
Shoshqin qadam, kuy, pardalarda 
Yangi tongga kiradi tuproq.
Tundan yulgan tongim:
Goh bir she’r,
Goh o'qilgan bir kitob bo'lur,
Goh umrning o‘tgan behosil 
Sahfasiga bo‘m-bo‘sh bob bo'lur...
1970


Shafaq nuri go'zal, deydilar,
Men shafaqqa keldim yuzma-yuz. 
Jilvalarim zarhal, deydilar...
Tong misoli tindirmaydi ko‘z.
Shafaq nuri olis, deydilar,
Qo‘l uzatsam tutar qo'limdan... 
Haroratdan xolis, deydilar,
Otash o‘sar mening yo'limdan.
Shafaq umri qisqa, deydilar, 
Cho'kkan jonday botar ufqqa, 
Qoldirgani g'ussa, deydilar... 
Mening jonim to‘la qo'shiqqa.
Yurak zaif, idrok hukmdor 
0 ‘tgan yo'lga boqaman loqayd: 
Qancha toshloq, jar, tepa, gulzor 
0 ‘tilganin bilmabman ko‘p payt.
Faqat bitta o'kinch: qalamga 
0 ‘tgan kunlar o'tkazar hukm.
Chap berganday ko‘p lazzat menga, 
0 ‘tgan qolib, iqbolga yurgum...
1972


У~апа {шип bahorga zorman
Yana bugun bahorga zorman,
0 ‘z bahorim kabi shoshqaloq. 
Yana bugun bahorga zorman, 
Kutaverib dil bo'ldi qadoq.
Kel, tuproqni muz qobig'iga 
Olgan qishni bir go‘rga hayda! 
Kutmoq yetdi intihosiga,
Kuy nish urar qalb nomli nayda.
Kuymi, g'ammi, orommi, azob,
Ne bo‘lsa ham to‘lg‘og‘i og'ir. 
Qalbdan,
Tandan yulib bob-bob,
Kim bo'lsa ham tug'adi oxir.
Bahor — qo'shiq, tavallud fasli, 
Bunda senga chunon ham zor bor. 
Eng beozor tuyg'ular nasli — 
She’rlarimga bir doya darkor.
Kel, dildiroq qalbimni to'shab, 
Bo‘g‘in, bo‘g‘inimga olayin.
Faqat o'tinch:
Nur,
Shodlik qo'shib,
Yo'rgaklab ol, mung bo'lsa nayim.
1972


Men tugilgan кип
Bugun mening tugilgan kunim, 
Meni tuqqan onam, Siz qayda? 
Bedor o‘tib bormoqda tunim,
Bir og'riq bir qon, jonda, payda.
Tug'ilganman qaysi soatda, 
Qancha muddat siz yegansiz dard? 
Qiz tugilish dardi odatda 
Bo'lgan ekan Sizda beshafqat.
Bugun mening tugilgan kunim, 
To‘lg‘oqdagi holingiz ko'zda:
Kursi quchib kurashasiz jim, 
Qotma jussa goh o‘t, goh muzda.
Oora terda tanho boshingiz, 
Labingiz — dasht joyagiday qoq. 
Og'zingizga tiqib sochingiz, 
Tanangizga solarlar to‘lg‘oq.
Besh bolangiz darcha ortida 
Joningizni ko'rib o‘tirgan,
Mening otam qo‘shni otida 
Kim qaylardan doya qidirgan?
Bor suyakni chok-chokdan so'kib 
Ichingizga sig‘may ketgan men, 
Tanangizning tubida cho'kib, 
Chehrangizga entikkan-da men;


Goh dard tutib, gohi u qochib 
Ko'zingizdan sachratgan olov. 
Faqat azob eshigin ochib, 
Chekinishga qo'ygan bo‘lsam g‘ov;
Tomiringiz bo‘ylab ezganim, 
To'qqiz oyu to'qqiz kun uyg'oq. 
Besh o‘g‘ilning izidanligim,
Sizlar intiq qizcha tugilmoq;
Yuzingizni ko'rishga shoshgan, 
Ko'zingizga kirmoq bo'lganim! 
Ko'ksingizga tashna lab chopgan, 
So'zingizga mushtoq bo'lganim;
Balki tandan qon-u yoshlikni 
So'rmoqlikdan xijolatligim? 
Yuragingiz bir quyoshlikni 
Sezib, jonim rohatdaligim;
Go‘zal qalbning tagida yotib,
Ezgu hissingizda jo'shganim. 
Noyob idrok sehriga botib,
Uxloq she’rga shogird tushganim!
Ha, qoningiz, joningizdagi 
Bir jahonni uqib olganim
Barchasidan uzilish dardi 
Yaqinlikdan qo'rqib qolganim —
Bari uchun — jahannamiy dard 
To‘lg‘og‘iga otdim ne muddat? — 
Men bilmayman!
Samoviy bir mard,
Jon tug'uvchi ilohiy qudrat — 
Bo‘lganingiz onlarga ta’zim!
Azob uchun umrimday uzr...


Barin takror etdim men o‘zim,
Ona bo'lmoq — azobli huzur...
1972

Download 2,79 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish