JYlehmoniar kddi
Oching derazani!
Oching, mehmonlar keldi.
Tasviridan ojiz,
Men nom topmagan,
Latif,
Kuydor,
Nurdor
Shamollar yeldi.
Bahor hali ko'kda,
Benish kurtakda,
G'unchada, binafsha bargida bo'rtar.
Oching derazani, uning ortida,
Ko'pchigan ko‘krak-la,
Nurga qorilib
Lutfan gugulaydi bir juft kabutar.
Oching derazani! Kirsin xonamga,
Men uning quvonchin ko‘rmog‘im darkor!
Kim bilsin, qushdagi go'zal olamga
Suqulmoqda katta, qo'pol gunoh bor?
Ana sayrashadi nurga qorilib,
Mendan oldin bahor sezgan kabutar.
Balki qush qalbidan kuy bo'lib yonib,
Bahor mening tanim, dilimga o'tar?
Oshiq dil ham hurkak,
Ham behad jasur,
Ikkisidan o'sar bitta muhabbat.
Oching derazani, gugulashsin hur,
Qush shodligin anglash o‘zi ham bir baxt...
1974
Men — sharqlik
Sharqliklar udumi shunday:
Aziz kishimizni Siz deb ataymiz.
Rossiya tunidan tug'ilgan kunday
Dilimiz yoritib yashar dahongiz...
Sharq — shoir makoni,
She’r — yurak qoni,
Bilasiz, she’r demak — dildiragan jon,
Qul qo'li kishanda,
Tul gamga banda,
Zulmdan horisa she’r bitgan xon.
Xonlar o'tdi qullik aravasida,
Qo‘l emas dildan ham kishanlar tushgan.
Sizning Rossiya-la
Bizning ellar ham
Bir butun yurakday bedaxl gulshan.
Yaxlit gulshan elda yillar zargari,
Xalq o'lmas zarlarni terdi saralab.
She’riyat bog'ida,
Ming xil libosda
Rus qalbin betakror so'nmas bir sozda
Siz kuylab yurasiz dillar oralab.
Yoningizda Sharqning moysafidlari —
Navoiy, Fuzuliy, Hofiz asrlar
0 ‘ta kelib siz-la quradi suhbat.
Bir orzu, bir dard-da chaqnar satrlar,
Yoritar chehrangiz hududsiz shuhrat,
She’r toji o'lmaslik atalmish qismat!
Aleksandr Sergeyevich! Qisman ne jumboq,
Goh u tog cho'qqisi, goh bu tubsiz choh!
Ishqdan, ezgulikdan,
Dard, haqiqatdan
Yo‘g‘rilgan misralar dillarga hamroh.
Yillar Sizga kelib o'tadi boyib,
Dillar o‘z mehri-la sha’ningiz yoyib,
Zamon o'tgan sari chaqnoqroq har so‘z.
0 ‘q teshgan taningiz ona Yer quchib.
Dilingiz har so'zdan boqar naq yulduz.
Mana, men ham o‘z-la qolgan chog'imda,
Dil yo xit, dil yo shod istab suhbatdosh,
Navoiy yo Sizni qo'lga olaman.
Mening ayol qalbga Layli, gohida
Tatyana bo'larkan eng munis yo'ldosh,
Ayol buyukligin kuylab qolaman.
Va naq Siz boshimda zukko muallim
Turasiz, men so‘zga beraman pardoz.
Buyuklikka shogird, zaif qalamim
0 ‘lmas muzangizdan oladi parvoz.
Navoiy demishki:
«She’r — dil hamrohi».
Bugun yulduzdan ko‘p Siz hamroh dillar.
Oani eshitsangiz, qay jarang, ohang
0 ‘qir o‘z tilida Sizni ne ellar!
Yangi tong otmoqda, keksa asrda
Go'dakka ko'kragin tutadi ona.
Kim bilsin, qay uyda va qaysi tilda
Yangrar siz tinglagan yo bitgan alia...
Ona qalbi Sizning she’rday serto'lqin
Kelajak qo'liga bermakda bugun.
1974
|