Удод bon
Bogbon gulzorida,
bor dunyo unut,
Qo'lida gulqaychi,
tesha belbogda.
Daraxt bor,
bulturgi xas,
bu yilgi o‘t,
Kapalak, yel, quyosh,
qurt ham bor bog‘da.
Biri ozuq gulga,
birisi husn.
Biri atir berar,
boshqa biri — rang,
Biri kemiradi hayot tomirin.
Bogbon biridan shod,
biridan tajang.
Tesha bilan patak ildizni qirqdi.
Qurt, chiqitdan forig‘ etdi tuproqni.
Haykaltarosh didi,
Cho'ng ota mehri
Bilan oraladi qayta gulbog'ni.
Oraladi...
Keyin ochilgan guldan
Tanlab-tanlab qirqdi serzavq,
serayov.
Uzoq-yaqin tutib qildi tomosha.
Gul yoqut, nuqra, dur — yonar naq
olov...
Bog'bon supa uzra qiyigin yozib,
Bir og‘ush chamanni taratdi asta.
Ko'rdi.
Tanlamadan noyobin olib,
Kelinga tutguday qildi guldasta.
Chog'i, keksa hassos mehnatidan shod.
Bogdan chiqdi.
Yurish — raqs tushgan misol.
Mehnat mehri, san’at va gulzorining
Tuhfasi tutganga kelmagay malol.
* * !is
Shunday, shoir:
Butun o‘zi va qaynoq
Hayotdan qalbida ekar o‘z bog'in.
Yot o‘t, xasni yanchar.
Terar gul.
Qachon
Topdim, — der gavharday yongan
noyobin?..
1965
G'yiar...
Yillarim bu — shoshib, shoshirgan.
Ulkan ulush orqada qolmish.
Yo boy bergan baxtim yashirgan,
Yo'llar meni shu koyga solmish?
Yo men ko'chib yetmagan hayot
Ona kabi eslatar burchim.
Serob qilmay bitgan bir buloq
Kabi bitdi yo qalbda kuchim?
Igna bilan men qazib quduq,
0 ‘sha chashma ko'zin ochaman,
Kor qilmasa qalbimdagi o‘t,
Sochim yoqib uchqun sochaman.
Otam boshi misol oq togdan,
Otqin suvdan yulaman qudrat.
Bu kun kanalga zor tuproqdan,
Tashnalikni olaman pudrat.
Zangor ko'kni birdan sipqarib,
Yerni kunga tutaman kaftda.
Oyga fazo ilmin sig‘dirib,
Nevaramdek olaman kiftga.
Xalq taqdirin bir jilgasiday
Har insondan tilayman bahra.
Suv unutgan qum zarrasiday,
Umrim sochib, o'kinmay qatra —
-■«С
Havo kesib, charchagan qushday,
Qo‘nib, ko'chib kezgum Vatanim
Va mehnatdan naq ipak qurtday,
To'xtamasman, tinmasa qalbim...
1965
Emish: shuhrat o‘rab kemtik qismatim,
Ko'zlardan uzoqda sirqirab oqar.
Qalbda qo‘rg‘oshinday yotib hasratim,
Ko'zlarim jahonga baxtiyor boqar.
Emish: hayot menga ayol baxtidan
To‘liq kosasini ko'rmapti loyiq.
Lekin qalbim to'kkan she’r shuhratidan
Baxtli ayol dermish meni xaloyiq...
Tanda qo‘rg‘oshin-la yurganlar ozmi?
U jangchi tanida, ayol dilida
Qariyb chorak asr zanglamay yotar.
Baxtning ming jilosin bergan elida,
Har bir jon jahonga tole yor boqar.
Limmo-lim qismatga bo‘lmaganlar yor,
Kemtiklik hasratin bilarmi dardin!
Qalbni bezab ketgan ishqda zo‘r baxt bor,
Yurak unutarmi oltin damlarin?
Ayol baxti!
Menday ayol baxtiga
Taqdir malikani ko'rganmi loyiq?
Xalq mehrida, yorman el shuhratiga,
Baxtli ayol desa haqli xaloyiq...
1965
Nega jimib qolding, xasta mung‘ayib,
0 ‘zingni urasan yakkash to'shakka.
Nega, kelib-kelib endi, naq g'arib,
Kurashda yengmoqchi bo'lasan yakka?
Qani zukko xislat — iroda, g'urur,
Do‘l, bo'ron, hijronlar o‘ta kulgan kuch.
Qani o‘t bulogi, ko'zingdagi nur,
Ziqlik, xafaqonlik qaydan keldi duch?
Yillar o'tgan bo'lsa, undan nariga,
Kimda muqim qolmish o‘n sakkiz yoshi.
Katta taqdiringda o'tgan kunlarga
Betakror zeb bergan hayot naqqoshi.
Uzoq yo'lda kim ham qolmaydi tolib,
Bir dam do‘st qatida hordiq chiqargin.
Mehringga cho'zilgan dil bo'lsa olib,
Eng yorqin yo‘llarga solib yuborgin.
Kel, kuysiz yurakka qo'shiq bag'ishlab,
Kulgisiz lablarga o'rgat tabassum.
Baxting soch, dard bo'lsa tishingga tishlab,
Yenga olsang yeng-u bo'lma hech taslim.
Faqat seni toshday tortgan kunjakdan,
Oalamingga muhtoj dunyoga otil,
E hakim! Davo top toshdan, chechakdan,
Xudomi, tabiat barin et xijil.
Bor vujudi hayot, iltijo bu jon
Sendan ishlariga tilaydi umr.
Atommi, jonvormi yo bo‘m-bo‘sh osmon
Changalidan unga bir shifo undir...
Sen o‘zing jim yotma, bu keng dunyoda
Hali ko'rar shodlik, qilar ishing ko‘p.
Qit’adan qit’aga kezding piyoda,
Xotirang qudug'in qazish kerak xo‘p.
Demak yashash kerak, lanjlikni unut,
Daryo kabi uyg'oq hayotga otil.
Eng nodir qo‘shig‘ing zar baridan tut,
U menda! — deb chorlar oldda qancha yil.
« 0 ‘g‘irlayman qalamingbir kun!»
Hazilingiz ko'chirdi jonim.
Naq yaroqsiz qolarday bugun,
Sirqiradi tole, imonim.
0 ‘g‘irlamang qalamim bir kun,
Meni etmang soqov va cho'loq.
Taqinchog'im, anjomim to'kin,
Bari qo‘lga, ko‘zga yaqinroq
Yotar, olmang qalamim bir kun.
Men Hofizday ulashmayman yurt!
Iste’dodim, qalbim sizlarga.
1968
Yaxshi nomim, baxt-sevinchim but
Barchasini beray qizlarga.
Yuragimdan uzayin parcha
Va keltirib sham deb tutayin.
Xohish, kohish, izmingiz barcha,
Barchasini ko'zga surtayin —
0 ‘g‘irlamang qalamim bir kun.
Gar paxtadan to'lmasa reja
Sochlarimni berayin qo'shib,
Sizga orom bermasa kecha,
Oling mendan! Men bedor jo'shib
Baxtingizni olay qalamga,
Ochib beray sizga qalbingiz.
Shuhratini yoyay olamga
Mehnatingiz, sevgi, kashfingiz.
0 ‘girlam ang qalamim bir kun!
Qalam-la men to'qiyman qo'shiq,
U — insonga, elga xizmatim.
Burchin bekam ado etgan yo‘q,
Qarzim uzar ikki farzandim.
Farzand mehri va qalamimni
Xudo haqqi, qoying o'zimga.
Usiz qolsam, o'ldi deb mani
Sekin parda torting yuzimga...
0 ‘g ‘irlamang qalamim bir kun...
1968
Uchib ketdi polapon qushi,
Uya bo‘m-bo‘sh qoldi qorayib.
Par ostida sirqirar to'shi,
Ko‘z oldida dunyo torayib.
Mung-la so‘roq tashlar har taraf,
Mag'rur boshi botdi bo'yniga.
Chag'alari juft qanot boglab,
Sho‘ng‘idi keng hayot qoyniga.
Yutmoq bo'lib uya huvullar,
Chagalari o'rnin silar to'shlari,
Yellar chag‘-chug‘iday tuyilar,
Quvonch berib siylar tushlari.
1968
Shu kunlarda bahorga zorman,
Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.
Kuz singari za’far ruxsorman,
Mevalar ham shoxlardan uzuq.
Shu kunlarda bahorga zorman,
Tan-xastalik ezadi ruhim.
Tanho emas, qatorda borman,
Yana neni izlaydi suqim?
Shu kunlarda bahorga zorman,
Shaffof, yorqin kuy tilar ko'ngul.
Yaxshiyamki, qalamga yorman,
So'zlab turar bor dilimni ul.
Shu kunlarda bahorga zorman,
0 ‘z bahorim kabi bemisol,
Bahor qaytmas, yonuvchi qorman
Yo no'noq qo‘l butagan nihol.
Shu kunlarda bahorga zorman...
1968
$ * #
«To'rga tashrif!»... deysiz, joy ne gap,
Yurak, fikr, mehr oldida.
Bilasiz-ku, dillar dil talab,
Yurtlar oshar diydor dardida.
Do'st nigohda ko‘rsam o‘zimni,
Malikaday to'rda sezaman.
Bir oftob silab ko'zimni,
Baxtlar vodiysida kezaman.
Iltifotli dillar taftidan
Ilhom qaynar misoli buloq.
She’riyatning yorqin taxtida
Ko'rinishdan baxt bormi zo'rroq?
1968
* s> *
Goh-goh bir daqiqa tark etmas xayol,
Eski bozordagi suronday oylar.
Birining baridan tutdimi xiyol,
0 ‘zgasi shag'alday og‘ir quyilar.
Oxirin kutishdan quriydi tinkam
Va dilginam uzra tushadi xarsang...
Shukur, dunyo ichra yashamadim kam,
Va hech dard, hech jumboq etolmadi
tang...
1968
|