Uni (р'щaUiiar...
Fasli qishga yaqin bir tup daraxtni
Nish urgan o‘rnidan qo‘zg‘ab qoyishdi.
Nazdimda, umrini bezagan baxtni
Bu keksa daraxtga kamroq tuyishdi.
Ikki juft qo‘l ekkan bir nihol edi,
Hamma nabototday o'sdi panada!
Quyoshdan shimirdi,
Tuproqda emdi,
B o y cho'zdi,
Ildizi esa yanada.
Teran kiraverdi yeming qatiga.
Novdalarni bezar zilol yaproqlar,
Boydor-kuydor daraxtlarning safiga
Kirayotganini sezdi nigohlar...
Va bir go'zal bahor ko'rsatdi guncha,
Va bir to'kin kuzda berdi nishona.
Ilk mevaga umid bog'lashib qancha
Ko‘z-ko‘z qilishdilar naq baxtli ona.
Onaday, otaday mehrga o‘rab,
Saxiy bog'bon etdi uni parvarish.
Nihol o'saverdi yashnab, gurkirab,
Har yil yangi ko'rkin qilib namoyish.
Lekin hamma yoz ham
va hamma kuz ham
Siylab bo'liq meva etmadi hadya.
Goh sel yuvdi,
bo'ron boshin etdi xam,
U tik tyrdi hamon men hayot deya.
Lekin meva esa shirali, etli,
Oz bo‘lsa ham bo'ldi tutguday kaftda.
Zero, tuproq saxiy,
yellari qutli.
Quyosh yetishtirdi hayotbaxsh taftda...
Bir daraxtdan baland,
o'zgasidan past,
0 ‘z umridan rozi kirardi kuzga,
Umr xotimasin bilardi, albat,
Bilardi nihollik qaytmaydi o'zga.
Kungay va nazargoh yerga ko‘chirmoq
niyat,
Qo‘zg‘atib ko'rdilar uning ildizin.
Teran tomiriga yetsa hamki lat,
Shundakutmoqbo'ldi c h o g io ‘zkuzin.
Chuqur ekan ildiz,
Chayir tomirlar,
Yerning chor yog'iga ketgandi singib.
Bo‘ronlardan saqlab qolgan omillar
Omon olib qoldi dardini yengib.
Kungaydan hayotbaxsh ekan yer bahri,
0 ‘z o'rnida yana ko'kardi daraxt.
Quyuq shoxlaridan tiniq kuz nahri
Yangi hosillarni bermoqda xushvaqt...
1976
$ Ф $
Onam! Sening issiq, aziz joningni,
Zarradek chogimdan boshlab bilaman,
0 ‘zim ham zarra-yu, lekin qoningni
Yangilab jismingdan o‘zni uzganman.
Sen gul juvon hali mendan bexabar,
Bulutday go'daklar tortdi havasing,
Endi men sen desam qaynoq, muattar
Hovrin his qilaman iliq nafasing...
1976
Kimdandir bir dasta gul keldi senga,
Uyingda, dilingda to y shavqi bu kun.
0 ‘zni sarosima sezding sen nega?
Ko‘p edi-ku gullar bundan ham gulgun?
Ajablanding!
Go'yo bosib uzoq yo‘l,
Charchagan odamdek gul barglar lohas.
Kim, qancha andisha tog'in kesib ul
Kelmish, bo‘lmoq uchun sen-la hamnafas.
Kim o‘zi, to‘y kuning yo'llab gul salom,
Qutlashga jazm etgan sening baxtingni?
Erkalash istamish benom, bekalom,
0 ‘zdan xabar bermay, sening qalbingni.
Kim bilsin, qay dilda, ko'zlardan pinhon
Nish urib, ochilmay qolgan ishqdir ul,
Quyosh oyning yuzin yoritgansimon,
Sendan bahra olib, sir qolgan ko'ngil.
Lekin dilda balqib, tashakkur, mehr,
Bilmasang qay, kimga uchsang qanotda...
Har dil saqlay olsa bir gulcha sehr,
Sarg'ayish bilmasdi umr hayotda...
1976
On sakkiz yoshiik...
Bog'lari bo'lardi mevali, gulli,
Bodom bor, anor bor, olma, shaftoli.
Nozik ta’b, she’rga o‘ch Ona, gul qo‘lli
Yashnatgan gulzor bor, eram ruxsorli.
Parang etaklarin ilib tikanlar,
0 ‘sardi tanho qiz kapalaksimon.
Oo'shni qizlar ichra boyi yetganlar
Qizda qo‘zg‘atardi goh rashk, goh gumon.
0 ‘ylardi:
To'lmaydi o‘n sakkiz yoshga,
Shoirlar she’rida o‘tar kuylanmay.
Yuzin oxshatmaydi hech kim quyoshga,
Sevgi olovida kuymayin, yonmay...
Birdan yuragida chaqnadi chaqmoq,
Unda pinhon yonib,
oshkor yashnadi.
Ilk sevgi qalbiga solgan bu chaqnoq
Bir yo‘la otash-u muzga tashladi.
Ikkisin taloshin yondi o'tidan,
Jizg'inib o'rtandi, muzida qotdi,
0 ‘n sakkiz yoshini alam kuchidan
Bilmas, qachon topib qachon yo‘qotdi?
0 ‘ylamasdi!
Bir juft sayyorasimon
Tun yulduz edilar,
kunduzi quyosh...
Urush yamlab ketdi
birin naq to'fon,
Ikki jon-chun yashar
bir O'n sakkiz yosh...
1977
* * *
Men o'zimni yomon ko'raman
Zaifligim kelganda hokim.
Men o'zimni yomon ko'raman
To'kar bo'lsa shu his ko‘z yoshim.
Men o‘zimdan qilaman nafrat
Mayda hislar izmida qolsam.
Quvonchlarim kemirib hasrat,
Pushaymonlar izmida tolsam.
Men o'zimni yomon ko'raman,
Kundan kunga xurujda bu dard.
Xafa yotib, xasta turaman,
Irodamga yetdi chog'i pand!
Nahot, goh-goh yetgan sitamlar
Ekib ketdi dag'allik manda.
His tizginin boy berar damlar
Nahot edi o'ziga banda.
Kun o'tadi,
tunga kirganda
Ruhim, qalbim ezadi pushmon.
O'tgan ishga zaif qolganda
Salovat ham ko'tarsa fig'on —
Chirpinmakdan bo'laman ado,
Keksalikka yog'dirib la’nat.
Kundan kunga bu dard bedavo,
Kundan ortar o'zimga nafrat,
O, o'zimni yomon ko'raman...
1977
|