0 ‘ylar
bilan dil ham otilajakday,
Adib o'ltiradi ko'ksini quchib.
Ufqda mo'jiza ochilajakday,
Mashina yeladi qush kabi uchib.
Motori guvullar, guvullar shamol,
Kichik davramizda buyuk sukunat.
Balki yangi hislar qaynashidan lol
Adib bol aridek qiladi mehnat?
Faqat chust do'ppisi ostidan toshgan
Kumush halqalardan oqib tushar ter.
Va unga qo'shigni ko'tarib shoshgan
Kabi ikki yondan chopib kelar yer.
Yer adib singari tinimsiz ishda,
Bunda cheksiz g‘o‘za, u yerda bug'doy,
Unda bog‘, bu yoqda jiyda kumushda,
Bedazor, polizda sabza bir chiroy.
Yer barin ko'ksida quyoshga tutib,
Bagishlab yotibdi o'zidan kamol.
Ishchi yer diliga qulog'in tutib,
Adib goyo undan oladi misol.
— Oybek ishlayapti! — deydi, baxtiyor
Xotini adibga qiladi imo.
Taqdir adibiga hamdam etgan yor.
Qalamday vafodor, ilhomday zebo.
Vijdoniday toza, hayotday dono,
Sertashvish umming munis hamdami.
Lochinday o‘g‘illar va qizga ona,
Horganda tili-yu ishchi qalami.
Eriday zahmatkash, eriday tanti,
Fan va she’r, go'zallik oshig'i olim.
Kimyo ilmining yulduzlaridan
Biri bizning aziz Zarifa xonim.
4
Adib so'zi yetgan har bir ovulda
Ajabmas, topilsa uning shogirdi.
Ikkisi go'zal bayt qo‘sh misrasiday,
Ishqda, ishda, baxtda umr kechirdi.
Ha, adib yersimon betinim ishda,
Har bosilgan yo'ldan ilhom teradi.
Yana qay kuy, niyat kurtagi nishda,
Ko'zi bo‘stonmi, yo o'tmish dardi?
0 ‘tmish o‘z yukidan qaddini bukib,
Hamon o‘lja olar bizdan damlarni.
Bitmas g'aznasiga g'awosday cho‘kib
Adib tinmay terdi javohirlami.
Bugun Buxorodan qalbini izlar,
Izlar ming yillarga kirgan xayolin,
Kim bilar, bu tuproq nelardan so'zlar,
Kimlar yechib berar chigil savolin.
Garchand darsligiday tanish Buxoro,
Titdi mudroq, uygoq keksa, yosh bobin,
Zindonida titrab, minorlar aro
Kezdi va axtardi dilga xitobin.
Haq-u haqsizlikning talashlaridan
Holdan ketgan norday cho'kkan qasrlar,
Ko‘z yosh tepchib chiqqan sho'rxak
toshlardan
Ajdod zakovati o'chmay asrlar —
O'ta mo'ltirashib boqar adibga,
Boqar nurab ketgan ark ko'hna davlat.
Adib qo‘l mehnati, san’ati — zebga
Harblar suyagidan qurilgan savlat.
Shuhrat qoldig'iga boqadi takror:
Qor yonar, yoqut, dur qon jilvasida
Har g'ishtidan tirik boqadi me’mor,
Hokimlar-chi, zamon och tevasida —
0 ‘tmish karvonining yo'lida unut.
Saroylar tuproq rang uyquda mudrar.
Adib yuragiga solib yangi o't
Qamchi bukolmagan taqdirlar sudrar.
5
Arkka ko'tarilar... Qadamlar og‘ir,
Oyoqqa yopishgan botmon tosh go'yo.
O'tgan ikki ming yil zamonda, axir
Qancha xoqon, kibor, qancha qul, gado.
Dong solib, dod solib, uchib, sudralib
0 ‘tmadimi bu tim, bo'm-bo'sh yo'lakdan?
Siyqalangan g'ishtlar mash’um yiltirab
Harorating yutar tortib yurakdan...
Arkka ko'tarilar gussa kabi jim
Ko'hna devorlardan ufuradi muz.
Shodligimiz yutib qultum-baqultum
Obxonalar boqar naq o'yilgan ko'z.
Obxona, obxona, ey mudhish kunjak,
Balki ezgulik-chun qurgan edilar?
Uzoqlardan kelgan musofir jindak
Bo'lsa ham tashnasin bosar, dedilar.
Bunda suv saqlamoq, hayot saqlamoq
Demak, boqiylikni qilganlar ardoq.
Lekin amirlikning tojdori olchoq
Butun ezgulikka solganday sirtmoq —
Seni asl burching — hayotdan tortib
Oldi-yu, aylanding qamoqxonaga.
Mangu tavqi la’nat yukini ortib
Kirib bo'larmidi hur zamonaga?
|