• OYBEK ISHLAYAPTI
  • Zulfiya Saylanma «sharq»




    Download 2,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/38
    Sana24.01.2024
    Hajmi2,79 Mb.
    #144544
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
    Bog'liq
    Saylanma. Zulfiya

    q o y ib ,
    Jujuqlarga so‘zlab o'ltiring ertak!
    Kampir kular tishsiz og'zini yumib, 
    Ko'zlari miltillar so'nuvchi cho‘g‘dak...
    Mana, ketib borar qamti yonma-yon, 
    Kecha va ertaday acha, evara.
    «Ko'rsam qanday ekan qiz yashar zamon
    Bizning kurash, mehnat berur samara...»
    OYBEK ISHLAYAPTI
    Afsus, Shahrisabzga yetolmadi u, 
    Pachkamar havzasi ko'rmoq edi farz.
    Na iloj?
    Erta may.
    Azim poytaxtda 
    Tepchigan shodlikni ko‘rmasa bo'lmas.
    Bilar, katta qutli uyi to‘rida 
    Bayram dasturxoni ochilmas usiz,
    Oybek sulolasin uch bo‘g inida 
    Shodlik boshlanmaydi uni tavofsiz.


    So‘ng ishga... naq darhol to'xtovsiz ishga, 
    Oalbni ag‘dar-to‘ntar qildi shodlik, dard. 
    Miyani parmalar, sig'maydi ichga, 
    Aytmog'i,
    bitmog'i,
    o‘ylamog‘i shart. 
    Do‘stlar-la xo'shlashdi, ko‘ksida qo‘li.
    — Rahmat, rahmat! — deydi. —
    Xayr, boringlar!..
    Azim Toshkentiga chorlaydi yo'li.
    Unga do‘stlar tilar xayrli safar.
    Ikki qo‘l orqada, odimlar vazmin,
    Xiyol bukchayganday ko'rindi qaddi.
    Balki yozilajak nasrmi, nazm 
    Eng aziz yuk bo‘lib bosib turgandi?
    Adib uchdi juftin qanotga olib,
    Ouchdi og'ushiga sof osmon quyosh... 
    Men birdan junjikdim huvllab qolib, 
    Ko'zgamas, halqumga qalqib keldi yosh. 
    Yosh!
    Nega qalqdi?
    Neni sezdi dil?
    Qay mash’umlik yalab o‘tdi shodligim? 
    Nega bahor to‘la qalbim ketdi zil. 
    Ko'rdimmi oldinda yo‘lin ozligin?
    Na charchashni bildi.
    Na darddan zorni, 
    Shuncha yo‘lni o‘tdi zavqda, mehnatda 
    Bugun erta uchun bag'ishlab jonni,
    Yana solib dilga necha zamonni,
    Yuk, ish ortdi, kirar har bir muddatga.


    Yo‘q, yo‘q, umrin yarmi oldinda hali, 
    Arslon kelbatida qudrat va ilhom. 
    Dildiragan jonda qancha asari 
    Yetilmoqda — bizga qiladi in’om.
    Dardu keksalikni bir yoqqa qoyib
    Toyib-to'yib mehnat qilmoqchi hali, 
    Hamma kechinmani qaytadan tuyib. 
    Oalamga shivirlab bermoqchi hali.
    Axir tinmay kezib, sevib ulgurdi... 
    Afsus!.. Ulgurmadi qog'ozga to'kib. 
    To'kilmoqqa tayyor yuragin duri 
    Nahot qolaverdi tubiga cho'kib?
    Yiqildi yana bir cho'ng ulkan chinor
    Adab, ma’rifatning yorqin qasrida.
    Hali G‘afur G'ulom, Shayxzoda, Oahhor 
    Dog'ida dilimiz yig‘lashda-ku zor.
    Nahot yetim qoldik yana o‘lim qasrida?
    Ajal hasad kabi boltasin urdi,
    Hayot, xayol qurgan yo'lini to‘sib, 
    Noshud zaif bizlar termilib turdik, 
    Ko‘zimizda mash’al borarkan so‘nib,
    Tibning kazo-kazo keksa-yu yoshi, 
    Joniga jonlarin qildilar payvand,
    0 ‘lim — o'lim ekan, berahm toshi 
    Eng ayyor jallodday unsiz berdi pand.
    U hatto ajal-la qilmadi talash,
    Arshidan quladi uchqur ilhomi, 
    Garchand haqqi edi yashash va yashash, 
    Garchand qalbda tig'iz umidi, komi.


    Hech qachon, hech narsa talashmadi u. 
    Hayot ne’matidan behad baxtiyor,
    Oalb undagan yo'ldan adashmadi u,
    Bir dilni ranjitib bermadi ozor.
    Beozor yiqildi, kirdi sukutga,
    Miya, yurak, qonda abadiy uyqu.
    Qanday sigdi ekan sovuq tobutga 
    Shuncha teran, qaynoq xayol va tuygu?
    Yotibdi, yasharib, yana ulg'ayib,
    Behad aziz necha soatli mehmon.
    Evoh! Qalbdan uzib, kuyib, o'rtanib 
    Nechun topshirilar tuproqqa inson?
    0 ‘lim vujudiga solgan muzlardan 
    Kulganday hayotga demay alvido,
    Katta mehnatdan so'ng bir dam mizgigan , 
    Singari bezavol tinch edi siymo.
    Yozilajak roman, aytilajak so‘z 
    Jaranglab boqardi dono manglaydan.
    Fikr tig'izlikdan taranglashgan yuz 
    So'zlovchi sukutni oldi qaylarda?..
    Goyo davom etar, yo'lda serparvoz, 
    Yorqinroq porlaydi tasvirlarda rang.
    Goyo hamma yoqdan beradi ovoz 
    Har kitob, har misra, har so‘z bir jarang.
    Davom etar yo'lda adib hayoti.
    Yo‘l... yo‘l mo‘l, daryodan ketgan irmoqday 
    0 ‘g‘illarda, qizda po'lat qanoti,
    «Bobojon»i dilin tutib mayoqday 
    Nevaralar boshlar shu yo‘ldan yo'lni.


    Buyuk bu uyquni etarkan ardoq,
    «Oybek ishlayapti!» deydi nasllar...
    0 ‘z ko'rkini ko'rib tasvirlarida 
    «Oybek ishlayapti!» deydi asrlar...
    1970

    Download 2,79 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Download 2,79 Mb.
    Pdf ko'rish