Gulgina Zokirovaga
Kuylama hijronni,
men kuylab o'tdim.
Nahot men yetmagan pardasi qolmish?
Achchiq, uzun yo'lin men bosib o'tdim,
Senga nega darkor qayta yo‘l olish?
Kuylama hijronni, takrorlash nechun?
Bir faryod ming dilni etadi pora.
Ko‘z yosh bo'lib oqdi borlig'im butun:
Na inson, na tangri topoldi chora.
Takrorlama, Gulim,
sen baxt erkasi,
Dilbar ovozingga yarasharshodlik.
Bir baxtsizsevgining bitmas giryasi
Qalbingdan o'rlaydi, bu ne bedodlik!
Kuylama hijronni, garchand ovozing
Otayotgan tongdek nur to‘la jarang.
Kuylasang nilufarsimon ruxsoring
Shomdagi shafaqdek za’far - g'ussa rang.
Nechun bu serjodu, jayron nigohdan
Ruxsoring kuydirib oqar qaynoq yosh?
Gulginam! Hijronda, xazonli ohda
Hech zamon jamolin ko'rganmi quyosh?
Ne-ne mahbublaming bisotin titib,
Ko'rdim: ko‘z yosh egov ekan umrga.
Mendan keyingilar yig'lamasin deb
Dardim selobini to'kdim she’rga.
Sen kuyla, sevgining vosil hayotin,
Toshlar tilga kirsin,
shodlik chulg‘agan dillar bayotin
Kuyla, lolalarday yashnasin yuzlar.
Kuylama hijronni, go'zal Gulginam!
1982
0 , ijod, dardginam,
Sen mening oromim raqibi,
Uyqusiz tunlarim yoritgan nur, chiroq!
Tandagi zilzilam,
Muqaddas tanholik habibi,
Goh chorlab, goh deyman, ket yiroq.
0 , mening umrimning egoVi,
O, qalbim dardiga bir malham,
Men uyqu istayman!
Bo‘lasan she’r dovi,
Ketmaysan quvsam ham,
gul ochsin muzlar!
Ishq,
/
Qalamni tashlayman,
So‘ndirib men chiroq,
Bu g‘ujg‘on o'ylardan yorilgan boshimni
ko'rpaga o'rayman.
0 ‘ylarim,
Siz mening chuldiroq qushlarim,
Ketingiz, ketingiz!
Sizda-ku bor qanot!
Men uxlay, menga ham vojibdir uxlamoq?
Y oq,
Yurak bosh bilan qilar jang,
0 ‘rtada qon chopar misoli o‘t — daryo,
Fikrlar lashkari holimni etar tang!
Charchayman!
Axir men gar shoir, dildiroq bir Ayol!
Aqalli, uyquning amriga kirayin!
Oromning qo'ynida tin olgan
Ayollar singari latofat kasb etib turayin!
Y oq,
Oonda shu Ayol qudrati
Dengizning dolgali to'lqini singari
Uyquni otadi bedorlik sohili toshiga
Va meni yetaklar qog'ozim qoshiga.
Men esam ko'zimni ochmayin,
Madorsiz qo‘l bilan yoqaman chirog'im,
Itqitgan qalamni axtarib topmayin,
Sipqorib yotaman ilhomning bulog'in.
O, ijod olami!
Tun bo‘yi shu zayil
Sen bilan goh totuv,
Goh raqib,
Yana muk tushaman nazmning mashqiga:
Va lekin eng sinchkov munaqqid —
Erta bor.
Har misra tushadi fikrning shafqatsiz dastiga:
Misraga dalalar nafasi shovullab kirmasa,
Insonlar yuragi lovullab turmasa,
Na davr,
na mehnat,
na shodlik qalamni surmasa
Bir puldir mehnat-u,
dard-u she’r,
tun umri,
0 ‘qiyman, o'ylab ham turmayin
Yirtaman parchalab.
Baxt yo'qlab:
Agar qalb.dardidan tavallud bo'lolsang,
Senga duch har yurak torini topolsang —
She’r bo'lib el ichra yuraman men chaqnoq,
Uyqudan ko'rk topgan ayoldan o'ktamroq!
O, ijod alami,
Sen tushday qolasan tun ichra.
Men esam ijodning sodiqa hamdami.
O'zimni sezaman tongdan ham gulchehra.
Shu asno men she’rman!
O, ijod, dardginam!
Iztirob, oromim,
Taqdirim,
Shuhratim,
/
Toley im va komim!..
1982
(TDostoniar
|