• Tаyanch so‘zlаr
  • 1 – mа’ruzа. Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Rеjа




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/74
    Sana27.05.2022
    Hajmi1.42 Mb.
    #22126
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    1 – mа’ruzа. Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umum
    Sut emizuvchilar sinfi ekologiyasi va evolyutsiyasi, O’ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN ZAHARLI ILONLAR VA ULAR ZAHARINING XUSUSIYATLARI, DORIXONA SHAROITIDA DORI VOSITALARINI TAYYORLASH VA DORI VOSITALARINI SIFATINI NAZORAT QILISH ISHLARINI TASHKIL QILISH., Loyiha pasporti, Elektronika va sxemalar BIpolyar tranzistor, АННОТАЦИЯ, Г. Тейлорнинг энергетик назарияси, Sobitov Komoliddin Sobirjon o‘g‘li, Global muammolarni tugaish yo’llari, wnvMYewdfYuBAOx70DVzkMOz32irRhQh5xPmwGnl, Amaliyot 02, 2-ámeliy, 1111, jahon-adabiyotida-postmodernizmning-kelib-chiqishi-tarixi-va-hozirgi-holati


    1 – mа’ruzа. Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umumiy 
    ma’lumotlar. 
    Rеjа: 1. Elеktr o‘lchаsh usullаri vа аsbоblаri fаnining mаqsаdi vа vаzifаsi.
    2. “EO‘U vа А” fаnining xаlq xo‘jаligi, fаn-tеxnikа rivоjidаgi rоli
    аhаmiyati. 
    3. Elеktr o‘lchаsh hаqidа tushunchа. 
    Tаyanch so‘zlаr: o‘lchаsh, o‘lchаsh оb’еkti, o‘lchаsh jаrаyoni, o‘lchаsh 
    usuli, o‘lchаnаdigаn kаttаlik, o‘lchоv birligi.
    1. Elеktr o‘lchаsh usullаri vа аsbоblаri fаnining mаqsаdi vа vаzifаsi
     
     
    Fаnni o‘qitishdаn mаqsаd – tаlаbаlаrdа elеktr o‘lchаshlаr, o‘lchаsh usullаri, 
    o‘lchаsh vоsitаlаri, ulаrning ish prinsiplаri, hаr xil elеktr, mаgnit kаttаliklаrini 
    hаmdа elеktr zаnjir pаrаmеtrlаrini o‘lchаsh bo‘yichа, o‘lchаsh nаtijаlаrini qаytа 
    ishlаsh bo‘yichа, yo‘nаlish prоfiligа mоs tа’lim stаndаrtidа tаlаb qilingаn bilim, 
    ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntirishdir. 
    Fаining vаzifаsi — tаlаbаlаrgа elеkgr zаnjir pаrаmеtrlаrini o‘lchаsh 
    usullаrini, elеktr o‘lchаsh vоsitаlаrining turlаri, tuzilishi, umumiy nаzаriyasi, hаr 
    xil kаttаliklаrni o‘lchаsh usullаrini, o‘lchаsh nаtijаlаrini bаhоlаsh yo‘llаrini 
    o‘rgаtishdаn ibоrаt. 
     
    2. Elektr o’lchash usullari va asboblari fanining 
    xalq xo’jaligi, fan – texnika rivojidagi roli, ahamiyati. 
     
    Fan texnikaning rivoji (taraqqiyoti), xalq xo’jaligining barcha sohalaridagi 
    taraqqiyot hamma vaqt o’lchashlar bilan chambarchas bog’liq bo’lib kelgan. 
    Elektr o’lchash usullari va asboblari fan sifatida o’lchash usullari, o’lchash 
    vositalari va ular yordamida har xil kattaliklarni o’lchash, o’lchash xatoliklari 
    hamda ularga bog’liq va tegishli bo’lgan masalalarni o’z doirasiga oladi. 
    Inson aqil – idroki, zakovati bilan o’rganayotgan, shakillantirayotgan hamda 
    rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo’nalishini olmaylik albatta o’lchashlarga 
    ularning usullariga, o’zaro bog’lanishlariga duch kelamiz. Bu o’lchash usullari va 
    vositalari yordamida har xil kattaliklarni o’lchash va ularga bog’liq masalalarni 
    mukammal o’rganish orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababli, hozirgi qaysi bir 
    fan, ilmiy yo’nalishi, u xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo’lmasin, albatta u yoki bu 
    darajada o’lchash bilan bog’liq. To’la ishonch bilan aytish mumkinki, o’lchash 
    inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. 
    Faylasuflarning tahminicha fizikaviy xossalar, jarayonlarni tekshirish, 
    o’rganishda eng asosiy yo’l (metod) o’lchashlar hisoblanadi. 
    Texnika sohasida ayniqsa metrologiyada, o’lchashlarning ahamiyati 
    texnologik jarayonlarni boshqarish, mahsulotning yuqori sifatliligini ta’minlash, 
    nazorat qilish bo’yicha informatsiya hosil qilinishi bilan belgilanadi. 
    Xalq xo’jaligida, ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan murakkab tizimlarning 
    yaratilishi hamda ilgaridan qo’llanib kelinayotgan kam quvvatli, inertliy asboblar 


    sekin – asta juda tezkor, yuqori metrologik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan asboblar 
    bilan almashtirilmoqdaki, bu o’lchash amalini bajarilayotgan shaxslarning 
    faoliyatini va tabiiyki ularga qo’yiladigan talablarni ham o’zgartirmoqda. 
    O’lchash jarayonlarini avtomatlashtirilishi, kompyuterlashtirilishi va 
    zamonaviy texnologiyalarning ishlatilishiga faqat programmalashtirilgan tizimga 
    tayangan holda erishish mumkin. 
    Zamonaviy metrologiyaning rivojlanishida murakkab empirik (tanlash, 
    ilg’ash) metodlarini, ehtimollik nazariyasiga tayangan holda statistik metodlarini 
    qo’llanilishi katta o’rin tutmoqdaki, bu o’lchashlarning ilmiy asoslarini tashkil 
    etadi. 
    O’lchashlarni yuqoridagi majmui, albatta yuqori darajada tashkil etilgan va 
    zamonaviy asboblar infrastrukturasi bilan jihozlangan milliy o’lchash tizimi 
    yordamida hamda o’lchashlar birliligini, ularning ishonchliligini, aniqligini 
    ta’minlash shartlari bajarilishi bilan amalga oshirilishi mumkin. 

    Download 1.42 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mа’ruzа. Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Rеjа

    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish