1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




Download 1.66 Mb.
bet2/15
Sana24.03.2017
Hajmi1.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

4. Mustahkamlash

1. Elektr zaryadlarining o'zaro ta'sirlashish qonunini kim va qachon kashf etgan?

2. Buralma tarozi yordamida elektr zaryadlarining o'zaro ta'sir kuchi qanday aniqlanadi?

3. Elektr zaryadlarining o'zaro ta'sir kuchi formulasi qanday ifodalanadi?

4. Kulon qonunini ta'riflab bering.

5. 15- rasmda tasvirlangan zaryadlarning o'zaro ta'sirini tahlil qiling.

6. Elektr zaryadi birligini aytib bering. Elementar zaryad nimaga teng?

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.

6. Uyga topshiriqlar. Darslikdan mavzuni o‘qib kelish va savollarga javob topish.

5-dars sana: 8-sinf

Takrorlash va masalalar yechish



  1. Darsning maqsadi.

a) I bob bo'y'icha o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish



d) O’quvchilar xotirasini mustahkamlash

Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.

Dars rejasi.

        1. Tashkiliy qism - 2 minut.

        2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.

        3. Masalalar yechish - 25 minut.

        4. O’quvchilarni baholash-5 minut

        5. Uyga vazifalar berish - 3 minut.

Darsning borishi

          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

          2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida I bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «I bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

          3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilganI bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.

          4. 1. Bir-biridan 5 sm masofada joylashgan sharchalarning biriga —4-10 C, ikkinchisiga esa 2-10"8 C zaryad berilgan. Zaryadlar qanday kuch bilan tortishishadi?

          5. 2. Biri ikkinchisidan 20 sm uzoqlikda joylashgan ikkala sharchaga bir xil 108 C dan zaryad berilgan. Zaryadlar qanday kuch bilan itarishishadi?

          6. 3. Bir-biridan 10 sm uzoqlikda joylashgan ikkita bir xil zaryadlangan sharchalar 9*105 N kuch bilan itarishishmoqda. Ular qanday miqdorda zaryadlangan?

          7. 4. Ikki sharchaga bir xil 2*108 C zaryad berilgan. Zaryadlar 5 *10-4 N kuch bilan itarishishmoqda. Sharchalar orasidagi masofani toping.

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.

6.Uyga vazifalar.

            1. «I bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni yechishlari uqtiriladi.

6-dars sana: 8-sinf

Mavzu: Elektr maydon haqida tushuncha. Elektr maydon kuchlanganligi

Darsning maqsadi:

a) 0‘quvchilarga molekular-kinetik nazariya haqida tushuncha berish, Broun harakati haqida tasavvur hosil qilish;

b) Aqliy tarbiya berish;

s) Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;

Dars turi: yangi bilim berish

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Muammoli vaziyatni o‘rganish» interfaol metodi

Dars jihozlari: electron darslik, slayd, kodoskop, olimlaening rasmlari

Tayanch so‘zlar: Elektr maydon, eletrostatik maydon, Elektr maydon kuch chiziqlari.

Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism (3 minut).

  2. O’tilganlarni eslash (15 minut).

  3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).

  4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).

  5. O’quvchilarni baholash(4 minut)

  6. Uyga vazifa berish (1 minut)

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tilgan mavzuni eslash.

1. Elektr zaryadlarining o'zaro ta'sirlashish qonunini kim va qachon kashf etgan?

2.Buralma tarozi yordamida elektr zaryadlarining o'zaro ta'sir kuchi qanday aniqlanadi?

3.Elektr zaryadlarining o'zaro ta'sir kuchi formulasi qanday ifodalanadi?

4.Kulon qonunini ta'riflab bering.

5.15- rasmda tasvirlangan zaryadlarning o'zaro ta'sirini tahlil qiling.

6.Elektr zaryadi birligini aytib bering. Elementar zaryad nimaga teng?
3. Yangi mavzuning bayoni. Elektr maydon haqida tushuncha

Kulon qonunidan ma'lumki, zaryadlangan jism o'z atrofidagi boshqa jismlarga ta'sir ko'rsatadi. Ushbu ta'sirni ingliz fizigi Maykl Faradey elektr maydon deb atagan. Uning ta'limotiga ko'ra:

Elektr zaryadlari bir-biriga bevosita tegmas- dan ham ta'sirlashadi. Ular o'z atrofida elektr maydonni hosil qiladi. Bir zaryadning maydoni ikkinchi zaryadga, ikkinchisining maydoni birinchi zaryadga ta'sir qiladi. Zaryaddan Maykl Faradey uzoqlashilgan sari elektr maydon zaiflasha boradi.

Elektr maydon

Elektr maydonni bevosita ko'ra olmaymiz, sezmaymiz ham. Zaryadlangan jismlarning o'zaro ta'sirlashishiga qarab, uning mavjudligini bilamiz. Qo'zg'almas zaryadning yoki zaryadlar to'plamining maydoni elektrostatik maydon deb ataladi.

Elektr maydon kuch chiziqlari

Gorizontal holatdagi oyna ustiga doira shaklidagi musbat zaryadlangan metall plastinkani qo'yamiz. Uning atroftga maydalangan soch tolalarini sepib oynani chertsak, tolalar tartibli joylashib qoladi (darslikdagi 16- a rasm).

Ikkita musbat zaryadlangan metall plastinkani qo'yib oyna chertilsa, 16- b rasmdagidek manzara kuzatiladi.Zaryadlarning biri musbat, ikkinchisi manfty bo'lsa, sochtolalari 16- d rasmdagidek joylashib oladi. O'tkazilgan bu tajribalar, birinchidan, haqiqatan ham, elektr maydon mavjudligini, ikkinchidan, elektr maydon kuch chiziqlariga ega ekanligini ko'rsatadi. Elektr maydon kuch chiziqlari musbat zar- yaddan boshlanib, manfiy zaryadda tugaydi yoki cheksizlikka ketadi. Musbat va manfiy zaryadlangan alohida sharcha-larning hamda o'zaro ta'sirda bo'lgan bir xil ishorali va turli ishorali zaryadlangan sharchalarning elektr maydon kuch chiziqlari 17- rasmda tasvirlangan.

Elektr maydon kuchlanganligi

Elektr maydonni miqdor jihatdan baholash uchun elektr maydon kuchlanganligi deb ataluvchi kattalik kiritilgan va u £ bilan belgilanadi.

Musbat q zaryadli sharcha hosil qilgan elektr maydonning A nuqtasiga musbat q() nuqtaviy zaryadni kiritaylik (18- rasm). U holda q zaryadning A nuqtada hosil qilgan elektr maydon kuchlanganligi quyidagicha ifodalanadi:

E=F/q

Elektr maydon kuchlanganligi nuqtaviy zar¬yadga maydon tomonidan ta'sir qiladigan kuchning shu zaryadga nisbatiga teng. E elektr maydon kuchlanganligining yo'nalishi musbat zaryadga ta'sir etadigan F kuchning yo'nalishi bilan bir xil bo'ladi. Maydon kuchlanganligining asosiy birligi N/C da ifodalanadi. Ikkita A va B parallel metall plastinkalar turli ishorali zaryadlar bilan zaryadlangan bo'lsin (19- rasm). Plastinkalar orasidagi elektr maydon kuchlan-ganligi E musbat zaryadli plastinkadan manfiy zaryadli plastinkaga yo'nalgan bo'ladi.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash

1. Faradeyning elektr maydon to'g'risidagi ta'limoti nimalardan iborat?

2. Elektrostatik maydon deb qanday maydonga aytiladi?

3. 16- rasmda tasvirlangan tajriba jarayoni va uning natijalarini tushuntirib bering.

4. Musbat va manfiy zaryadlangan jismlarda elektr maydon kuch chiziqlari qanday yo'nalgan?

5. 16- a va 17- a, 16- b va 17- b hamda 16- d va 17- d rasmlarni taqqoslang va fikr- mulohazalaringizni ayting.

5.O’quvchilarni baholash: O’quvchilarning darsga qatnashishlariga qarab baholanadilar.

6. Uy vazifalari. Darslikdagi 5- mavzuni o’qish mavzu oxirida keltirilgan masala va savollarga javob topish

7-dars sana: 8-sinf

Masalalar yechish

Darsning maqsadi.

a) I bob bo'y'icha o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilar xotirasini mustahkamlash



Dars turi: Bilimlarni mustahkamlash

Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.

Dars rejasi.

        1. Tashkiliy qism - 2 minut.

        2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.

        3. Masalalar yechish - 25 minut.

        4. O’quvchilarni baholash-5 minut

        5. Uyga vazifalar berish - 3 minut.

Darsning borishi

          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

          2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida I bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «I bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

          3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan I bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.

1. Soch taralgan plastmassa taroq nima sababdan maydalangan qog'ozni o'ziga tortadi?
Plastik materiallar yoki plastmassalar - sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega.


    1. 4- rasmni ko'zdan kechirib chiqing va undagi hodisani tushuntirib bering.

    2. Shtativga osib qo'yilgan elektrlangan gilza ishorasini qanday aniqlash mumkin?

    3. Elektrlangan shisha tayoqcha zaryadining bir qismini elektroskopga uzatish uchun o'quvchi tayoqchani elektroskop sharchasiga tekkizib, shu zahoti tortib olgan. Boshqa o'quvchi esa tayoqchani elektroskop sharchasiga bir necha sekund tekkizib turgan. Qaysi holda elektroskop ko'proq zaryad oladi?

    4. Elektrometrning elektroskopdan farqi nimadan iborat?

    5. Nima uchun shisha tayoqchani qo'lda ushlab turib, biror narsaga ishqalash yo'li bilan elektrlash mumkin-u, metall tayoqchani esa qo'lda ushlagan holda ishqalab, elektrlab bo'lmaydi?

    6. Benzin tashiydigan mashinaga benzin quyishda uning korpusi, albatta, metall o'tkazgich bilan yerga ulanadi. Nima uchun shunday qilinadi?

    7. Shikastlangan o'tkazgichlarni ulashda montyor qo'liga rezina qo'lqop kiyadi? Bunga sabab nima?

    8. Litiy atomi tuzilishining sxemasini ko'zdan kechirib chiqing (11- rasm). Nima uchun yadro elektr zaryadga ega bo'lishiga qaramay, butun atom neytral bo'ladi?

    9. Uglerod atomining yadrosida 6 ta proton va 6 ta neytron bor. Uglerod atomida nechta elektron bor?

    10. Zaryadlanmagan jismda elektr zaryadlari bo'ladimi? Zaryadlangan jismning zaryadlanmagan jismdan farqi nimada?

    11. Bir-biridan 3 sm masofada turgan har biri 10 nC dan bo'lgan ikki zaryad qanday kuch bilan o'zaro ta'sirlashadi?

    12. Bir-biridan qanday masofada 1 |iC va 10 nC zaryadlar 9 mN kuch bilan o'zaro ta'sirlashadi?

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.

6.Uyga vazifalar.

            1. «I bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni yechishlari uqtiriladi.


8-dars sana: 8-sinf

Mavzu: Nazorat ishi №1

Darsning maqsadi.

a) o’tilgan mavzular bo'yicha o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.

b) O’quvchilarga axloqiy tabiya berish

d) O’quvchilarning bilimini sinash



Dars turi: Nazorat ishi

Darsda foydalaniladigan metod: yozma ish, test sinovi.

Darsning borishi



1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, test sinovi varaqalarini tarqatadi

2. Test sinovi:

1.Shishа tаyoqchаni shоyigа ishqаlаngаndа, tаyoqchа qаndаy zаryadlаnаdi.

А)Musbаt ishоrаdа zаryadlаnаdi

B) Mаnfiy ishоrаdа zаryadlаnаdi

S) Hеch qаndаy zаryadlаr hоsil bo`lmаydi

D) Zаryadsizlаnаdi

2.Litiy elеmеntining yadrоsidа nеchtа elеktrоn mаvjud.

А) 1 B) 2 S) 3 D) 4

3.Zаryadlаngаn o`tkаzgichdа zаryadlаr qаndаy tаqsimlаnаdi.

А)O`tkаzgichning butun hаjmi bo`ylаb

B) O`tkаzgichning mаrkаzidа to`plаnаdi

S) O`tkаzgichning shаkligа bоg`liq

D) O`tkаzgichning shаkligа bоg`liq hоldа, uning sirtidа nоtеkis tаqsimlаnаdi

4.Kulоn qоnuni fоrmulаsidаgi K kоeffistiеntning SI birliklаr sistеmаsidа birligi qаndаy bo`lаdi.

А) CN/m2 B) Nm2/c2 S) C m2/c D) C m2/N

5. Elеktr mаydоn kuchlаngаnligi 100 N/C bo`lgаn mаydоngа , zаryad miqdоri 6 C bo`lgаn shаr kiritildi. Ungа mаydоn tоmоnidаn qаndаy kuch tа`sir etаdi.

А) 100N B) 33,3 N S) 600 N D) 60 N

6.Mеtаll o`tkаzgichlаrdа elеktr tоki qаndаy vujudgа kеlаdi.

А)Iоnlаrning hаrаkаti tufаyli

B) Elеktrоnlаrning hаrаkаti tufаyli

S) Elеktr mаydоn tа`siridа erkin elеktrоnlаrning tаrtibli hаrаkаti tufаyli

D)Prоtоnlаrning hаrаkаti tufаyli

7.Аgаr 100 C zаryadni ko`chirish uchun 1,2 kJ ish bаjаrilsа,

lаmpоchkаdа qаndаy kuchlаnish hоsil bo`lаdi.

А) 0,012V B) 12 V S) 120 V D) 1,2 V

8.Lаmpа qisqichlаridаgi kuchlаnish 120 V bo`lgаndа lаmpа оrqаli 0,5 А bo`lgаn tоk o`tаdi.Lаmpаning qаrshiligini аniqlаng.

А) 600 W B) 24 W S) 60 W D) 240 W

9.Rеоstаtlаr nimаgа хizmаt qilаdi.

А) Kuchlаnishni o`lchаshgа

B) Tоk kuchini o`lchаshgа

S) Qаrshilikni o`lchаshgа

D)Tоk kuchini rоstlаshgа

10.Tоk kuchi qаndаy аsbоbdа o`lchаnаdi.

А) Аmpеrimеtr

B) Vоl`tmеtr

S) Dinоmоmеtr

D) Rеоstаt



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

А

S

D

B

S

S

B

D

D

А

Uyga vazifa: O’tilgan mavzularni takrorlab kelish

9-dars sana: 8-sinf



Mavzu: Kondensatorlar

Darsning maqsadi:

a) 0‘quvchilarga kondensatorlar haqida tushuncha berish,

b) Aqliy tarbiya berish;

s) Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;

Dars turi: yangi bilim berish

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Muammoli vaziyatni o‘rganish» interfaol metodi

Dars jihozlari: slayd, electron darslik, kodoskop

Tayanch so‘zlar: kondensator, kondensator qoplamalari, elektr sig’imi

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (3 minut).

2. O’tilganlarni eslash (15 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).

4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).

5.O’quvchilarni baholash(4 minut)

6.Uyga vazifa berish (1 minut)

Darsning borishi



1. Tashkiliy qism.

2. Otilgan mavzuni eslash.

1. Elektr zaryadlarining o'zaro ta'sirlashish qonunini kim va qachon kashf etgan?

2.Buralma tarozi yordamida elektr zaryadlarining o'zaro ta'sir kuchi qanday aniqlanadi?

3.Elektr zaryadlarining o'zaro ta'sir kuchi formulasi qanday ifodalanadi?

4.Kulon qonunini ta'riflab bering.

5.15- rasmda tasvirlangan zaryadlarning o'zaro ta'sirini tahlil qiling.

6.Elektr zaryadi birligini aytib bering. Elementar zaryad nimaga teng?
3. Yangi mavzuning bayoni.

Kondensator va uning elektr sig'imi

Elektrotexnikada ko'p miqdordagi elektr zaryadlarini bir joyda to'plash muliim ahamiyatga ega.

Elektr zaryadlarini to'plash uchun mo'ljallangan asbob kondensator deb ataladi. Kondensator radio, televizor, magnitofon, kompyuter kabi elektrotexnik jihozlarning muhim elementi hisoblanadi. Amalda o'tkazgichlari yassi shaklda bo'lgan kondensatorlar ko'p qo'llaniladi. Bunday kondensatorlar yassi kondensatorlar deyiladi. Yassi kondensator o'zaro parallel bo'lgan ikkita yassi o'tkazgichdan iborat. Bu yassi o'tkaz-gichlar kondensator qoplamalari deyiladi. Qoplamalar qarama-qarslii ishorali zaryadlar bilan zaryadlanadi (darslikda 20- rasm). Kondensatorning ikki qoplamasida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to'planadi.

Kondensatorni tavsiflaydigan asosiy fizik kattalik uning elektr sig'imidir. Xalqaro birliklar sistemasida elektr sig'imining birligi qilib, ingliz fizigi Maykl Faradey sharafiga farad (F) qabul qilingan. 1 farad juda katta birlik bo'lgani uchun amalda uning ulushlari bo'lgan mikrofarad (|aF) va pikofarad (pF) ko'proq qo'llaniladi.

Yassi kondensator qoplamasining yuzasi S qancha katta bo'lsa, unda shuncha ko'p zaryadlarni to'plash imkoniyati bo'ladi. Qoplamalari orasidagi masofa d qancha kicliik bo'lsa, kondensatorda shuncha ko'p zaryadlarni to'plash mumkin. Bu demakki, yassi kondensatorning sig'imi qoplamalari yuzasiga to'g'ri proporsional, qoplamalari orasidagi masofaga teskari proporsionaldir, ya'ni:

С=EE0S/d

bunda: E0= 8,85-10 12 C2/N*m2 - elektr doimiysi, s-qoplamalar orasidagi moddaning dielektrik singdiruvchanligi, masalan, havo uchun E= 1, slyuda uchun E = 6, shisha uchun E = 7.

21- rasmda eng sodda yassi kondensator tasvirlangan.

Elektrotexnikada qo'llaniladigan kondensatorlar katta miqdorda zaryadlarni to'plashga mo'ljallangan. 22- rasmda shunday kondensatorlardan bin tasvirlangan. Bunda ikkita o'tkazuvchi o'zakning har biriga elektr o'tkazuvchi yupqa aluminiy material (staniol)ning bir uclii birik- tiriladi. Staniol qavatlari orasiga parafmlangan qog'oz qo'yib ustma-ust o'raladi. Parafmlangan qog'oz dielektrik vazifasini o'taydi.

Staniol qavatlariga biriktirilgan o'zaklardan biriga musbat, ikkinchisiga manfiy zaryad beriladi. Natijada staniolning birinchi, uchinchi, beshinchi va hokazo toq sonli qavatlarida musbat zaryadli, ikkinclii, to'rtinchi, oltinchi va hokazo juft sonli qavatlarida manfiy zaryadli zarrachalar to'planadi.

Elektrotexnikada turli xil kondensatorlar qo'llaniladi. Ulardan ayrimlari 23- a rasmda tasvirlangan. Elektr zanjirga ulangan kondensator sxemada 23- b rasmda ko'rsatilgandek belgilanadi.

Elektrotexnik jihozlarda o'zgaruvchan sig'imli kon­densatorlardan ham foydalaniladi. Bunday kondensator- larning islilash prinsipi qoplamalar bir-biriga nisbatan siljishiga asoslangan. Kondensator navbatma-navbat oralatib joylashtirilgan qo'zg'almas va qo'zg'aluvchan metall qoplamalardan iborat bo'lib, qo'zg'aluvchan qop­lamalar muruwatga biriktirilgan. Muruwat buralganda kondensatorning qo'zg'aluvchan qoplamalari qo'zg'al­mas qoplamalariga nisbatan siljiydi va qoplamalarning ustma-ust tushgan yuzalari o'zgaradi. Natijada konden­satorning sig'imi o'zgarib boradi.



Radioni tegishli to'lqinga sozlashda muruvvati buralib, o'zgaruvchan kondensatorining sig'imi o'zgar- tirib boriladi.

Kondensatorlarni parallel va ketma-ket ulash

Elektr zanjirlarda kondensatorlar sig'imini oshirish yoki kamaytirish zarurati bo'ladi. Buning uchun kondensatorlarni parallel yoki ketma-ket ulash mumkin. Kondensatorlar parallel ulanganda umumiy elektr sig'imi alohida kondensatorlar sig'imlarining yig'indisiga teng.

Ya'ni:

(2)

C = C, C, C,

Kondensatorlarni o'zaro parallel ulash uchun ularning musbat zaryadli qoplamalari musbat zaryadli qoplamalari bilan, manfiy zaryadli qoplamalari manfiy zaryadli qoplamalari bilan ulanadi (24- rasm). Kondensatorlar ketma-ket ulanganda umumiy elektr sig'imining teskari miqdori har bir kondensator sig'imining teskari miqdorlari yig'indisiga teng.

Kondensatorlarni ketma-ket ulashda bir-biriga ulangan qoplamalari qarama-qarslii ishorali bo'lishi kerak (25- rasm).

4.Yangi mavzuni mustahkamlash

1. Kondensatorning vazifasi nimadan iborat?

2. Kondensatorning elektr sig'imini qanday ifodalash mumkin?

3. Yassi kondensatorning sig'imi o'lchamlari orqali qanday ifodalanadi?

3. 21- va 22- rasmlarda tasvirlangan kondensatorlarning tuzilishini tushuntirib bering.

4. Kondensatorlarning qanday xillarini bilasiz?

5. O'zgaruvchan sig'imli kondensatorning ishlash prinsipini tushuntirib bering.

6. Kondensatorlar parallel ulanganda umumiy sig'im qanday aniqlanadi? Ular qay tarzda parallel ulanadi?




Download 1.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

Download 1.66 Mb.