Dars turi: Malakalarni shakllantirish Darsning borishi




Download 3,74 Mb.
bet7/183
Sana24.03.2017
Hajmi3,74 Mb.
#1468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   183

Dars turi: Malakalarni shakllantirish

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

2. Ish haqida tushuncha

3. Ishning borishi:



    1. Tok manbayi, reostat, ampermetr, voltmetr va kalitdan iborat bo'lgan zanjirni yig'ing .

    2. Elektr zanjir sxemasini chizing.

    3. Kalitni ulang va voltmetr ko'rsatgan U kuchlanishni jadvalga yozing.

    4. Reostat surgichini stcrjcn bo'ylab bir me'yorda o'ngdan chapga va chapdan o'ngga suring. Bunda kuchlanish o'zgarmaganligi, lekin tok kuchi bir me'yorda o'zgarishini kuzating.

    5. Reostat surgichini stcrjcn uzunligining 1/4 qismiga suring. Ampermetrning I1ko'rsatkichini yozib oling. Om qonuni formulasidan R1=U/ I1 qarshilikni toping.

    6. Reostat surgichini slcrjcnning o'rtasiga suring. Ampermetrning I2 ko'rsat­kichini yozib oling. Om qonuni formulasidan R2 =U/I2 qarsliilikni toping.

    7. Reostat surgichini slcrjcnning taxminan 3/4 qismiga suring. Ampermetrning /3 ko'rsatkichini yozib oling. Om qonuni formulasidan R3 =U/I3 qarshilikni toping.

8. Reostat surgichini o'ngga slcrjcnning oxirigacha suring. Ampermetrning /4 ko'rsat­kichini yozib oling. Om qonuni formulasidan R4=U/I4 qarsliilikni toping.

9. Natijalarni tahlil qiling va xulosa chiqaring.

4. Mustahkamlash:

1. Ampermetr reostatga qanday ulanadi?

2. Reostatdagi kuchlanish qanday o'lchanadi?

3. Om qonuni formulasi qanday ifodalanadi?

4. Reostat surgichi surilganda zanjirdagi tok kuchi nima sababdan o'zgaradi?


5. Uy vazifalari.



    1. Laboratoriya ishi yuzasidan xulosa yozib kelish.

    2. Laboratoriya ishi oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

«Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 966- va 969- masalalami yechish. Qiziquvchi o'quvchilar uchun «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 970- va 971- masalalami yechish tavsiya etiladi.

29-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Iste'molchilarni ketma-ket ulash

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda o'tkazgich (iste'molchi)lar ketma- ket ulanganda ularda tok kuchi, kuchlanish va qarshilik qanday o'zgarishi haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.

b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berish

d) O’quvchilarni fanga qiziqtirish, dunyoqarashini oshirish



Dars turi: Yangi bilim berish

Dars jihozlari: 74- va 75- rasmlardagi jihozlar, slayd, kodoskop, elektron darslik.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Kichik guruhlarda ishlash», «Fikriy hujum» interfaol metodlari.

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.



  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

        1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Kichik gurulilarda ishlash» interfaol metodi uchun tarqatma materiallami tayyorlab qo'yadi.

        2. Uy vazifalarini tekshirish. O'quvchilar kichik guruhlarga bo'lib olinadi hamda har bir guruhga tarqatma materiallar tarqatiladi. Har bir guruhga 1,5—2 minut vaqt beriladi.

Masalan:

I guruhga-. Keltirilgan fizik kattaliklarning sherigini toping?

O'quvchi har bir fizik kattalikning sherigini qalam orqali strelkalar yordamida topadi?

II guruhga: Rezistor Reostat Potensiometr vazifasi, tuzilishi, sxemasi, qayerda foydalaniladi.

3. Yangi mavzuning bayoni. Mavzuni bayon qilishda «Fikriy hujum» interfaol metodidan foydalaniladi. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagjlarga e'tibor berishi lozim:

  • 2 ta o'tkazgich ketma-ket ulanganda ulardagi tok kuchi qanday o'zgarishni tushuntirish;

  • n ta o'tkazgich ulanganda-chi?

  • o'tkazgichlar ketma-ket ulanganda kuchlanishning o'zgarishi;

  • o'tkazgichlar ketma-ket ulanganda qarshilikning o'zgarishi;

  • 74, 75- rasmdagi tajribalarni namoyish etish;

  • ketma-ket ulash qoidasini keltirish, sxemalar asosida tushuntirish.




Iste’molchilarni ketma – ket ulanganda, har bir iste’molchidan o’tayotgan tok kuchlari bir xil bo’ladi.


Iste’molchilarni ketma – ket ulanganda, zanjirdagi to’liq kuchlanish har bir iste’molchidagi kuchlanishlarning yig’indisiga teng bo’ladi.


4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra quyidagi 2 ta masala o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi:

10- mashq

1) Berilgan: I = 0,2 A;R1= 5ῼ;R2 = 10 ῼ

Topish kerak: R - ? Ux - ? U2 - ? U- ?

Formulasi: R = R1 R2 Ui = IR1,; U2 = IR2; U= Ui U2.

Hisoblash: R = (5 10)ῼ = 15 ῼ; U1= 0,2-5 V = 1 V;



U U2= 0,2-10 V = 2 V; U= U=(1 2) V = 3 V.

Javob: R = 15 ῼ; U1, = 1 V; U2 U2= 2 V; U= 3 V.




  1. Berilgan U = 220 V; Rl = 5 ῼ; R2 = 10 ῼ.

Topish kerak: U1 - ? U2 - ?

Formulasi: R=U/I; R=R1 R2;R2=R/4;U1=IR1;U2=IR2

Hisoblash: R=(220/0,5) ῼ=440 ῼ; R2=(440/4) ῼ = 110 ῼ;

R1= 3-110 = 330ῼ; U1 = 0,5-110 V = 55 V; U2 U2= 0,5-330 V =165 V. Javob: Ut = Javob: U1=55 V; U2 = U2=165 V.

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi faol ishtirokiga ko’ra baholanadi.

6. Uy vazifalari.



    1. Darslikdan 20- § ni o'qish.

    2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

    3. Darslikdagi 10- mashqdan 2-, 3- va 4- masalalarni yechish.

    4. Qiziquvchi o'quvchilar uchun «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 972-, 981-, 982- va 985- masalalarni yechish tavsiya etiladi.

    5. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.

30-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Iste'molchilarni parallel ulash

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda o'tkazgichlar parallel ulanganda ularda tok kuchi haqida nazariy bilimlar berish

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish

d) kuchlanish va qarshilik qanday o'zgarishi haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.



Dars turi: Yangi bilim berish

Dars jihozlari: 76- rasmdagi tajriba uchun kerakli jihozlar, slaydlar, kodoskop, plakatlar, masalalar to'plami.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Blits savollar», «Modifikatsiyalangan ma'ruza» interfaol metodlari.

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.



  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

        1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Blits savollar» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

        2. Uy vazifalarini tekshirish. Quyidagi «Blits savollar» beriladi.

          1. O'tkazgichlar ketma-ket ulanganda zanjirda qaysi kattalik o'zgarmaydi?

          2. Ток kuchini o'lchaydigan asbob nima deb ataladi, u zanjirga qanday ulanadi?

          3. Ток yo'nalislii sifatida nima qabul qilingan?

          4. Ampermetr va voltmetrni tok manbayiga bevosita ulash mumkinmi?

          5. O'tkazgichlarni ketma-ket ulashdan qayerlarda foydalaniladi?

Har bir savol uchun 1,5-2 minut vaqt beriladi. Savollar muhokama-

sidan so'ng yangi mavzuni tushuntirish uchun tayyorgarlik ko'riladi.



        1. Yangi mavzuning bayoni. Mavzu «Modifikatsiyalangan ma'ruza» interfaol metodi asosida o'tiladi. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilaiga e'tibor berishi lozim:

  • o'tkazgichlar parallel ulanganda ulardagi tok kuchi, kuchlanish va qarshilik qanday bo'lishini tushuntirish;

  • parallel ulashda sxema asosida I,U,R laming ifodasini keltirish;

  • 76- rasmdagi tajribani namoyish etish;

  • tajriba jarayonida muammoli vaziyatni yaratish.

Dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchi orasida bahs-munozara, vaziyatni yechib berish holati yuz berishi lozim.

    1. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra quyidagi 2 ta masala o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi:

11-mashq


2) Berilgan: R1= 110 ῼ; n n= 4. i?,

Topish kerak: R-?



Formulasi: R = R1/4A

Hisoblash: R= (110/4) ῼ = 27,5 ῼ. Javob: R =

Javob: R=27,5 ῼ.

Berilgan:R1 = 40 ῼ;R2= 80 ῼ. U= 8 V.

Topish kerak:I1-?,I2-? I-?

Formulasi: I1=U/R1; = I2= U/R2; I=I1 I2

Hisoblash: I1= (8/40) A = 0,2 A; I2 = (8/80) A =0,1 A; I=(0,2 0,1) V = 0,3 V.

Javob: I1= 0,2 A; J2 = 0,1 A; I = J=0,3 A.

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi faol ishtirokiga ko’ra baholanadi.

6. Uy vazifalari.



  1. Darslikdan 21- § ni o'qish.

  2. Mavzu oxirida keltirilgan savollargajavob topish va yozish.

  3. 11- mashqdan 1-, 3- va 5- masalalarni yechish. Qiziquvchi o'quvchilar uchun «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 994-, 995-, 996- va 997- masalalarni yechish tavsiya etiladi.

    1. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.

    2. Iste'molchilarni parallel ulashdan texnika va turmushda qayerlarda foydalaniladi?
      Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
      mavzusida hisobot tayyorlash.


31-dars sana: 8-sinf

Masalalar yechish

Darsning maqsadi.

a) bob bo'y'icha o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish



Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.

Dars rejasi.

        1. Tashkiliy qism - 2 minut.

        2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.

        3. Masalalar yechish - 25 minut.

        4. O’quvchilarni baholash-5 minut

        5. Uyga vazifalar berish - 3 minut.

Darsning borishi

          1. 1.Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

          2. 2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «II bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

          3. 3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.

          4. 1.Tok manbayi, kalit hamda parallel ulangan 2 ta spiral shaklidagi nikelin simdan iborat zanjirni yig'ing va elektr zanjir sxemasini chizing (78- rasm).

          5. 2.Voltmetr yordamida nikelin simlar uchlaridagi U kuchlanishni o'lchang.

          6. 3.Ampermetr yordamida ayrim tarmoqlardan o'tayotgan I\ va I2 tok kuchlarini o'lchang. /= I\ I2 formuladan to'liq tok kucliini toping.

          7. 4.R = U/I formuladan foydalanib, to'liq qarshilikni hisoblang.

          8. 5.R\ = U/Ii va R2 = U/I2 formulalardan foydalanib, har bir nikelin simning qarshiliklarini liisoblang. R = R\R2 /(R\ R2) formuladan foydalanib, to'liq qarsliilikni liisoblang. Natijalarni jadvalga yozing.

          9. 6.To'liq qarshilikning 4- va 5- bandlardagi olingan natijalarini taqqoslang.

7.Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni formulasi qanday ifodalanadi?

          1. 8.Iste'molchilar ketma-ket ulanganda, zanjir qismidagi to'liq kuchlanish va to'liq qarshilik qanday hisoblanadi?

4. Mustaqil ish:

          1. 9. Iste'molchilar parallel ulanganda, zanjir qismida to'liq tok kuchi va to'liq qarshilik qanday aniqlanadi?

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.

6.Uyga vazifalar. Savollarga javob yozing.

1. Iste'molchilar parallel ulanganda, zanjirdagi kuchlanish va har bir iste'molchi uchlaridagi kuchlanish orasida qanday munosabat bo'ladi?

2. Parallel ulangan iste'molchidagi tok kuchi va zanjirdagi to'liq kuchlanish orasidagi munosabat qanday bo'lishini aytib bering.

3.Parallel ulangan iste'molchilarning to'liq qarshiligi har bir iste'molchi qarshiligi orqali qanday ifodalanadi?



32-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Nazorat ishi -4
Darsning maqsadi.

a) O'tilgan mavzularni qisqacha takrorlash, suhbatlashish va bahs-munozara yuritish orqali ushbu bobda egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlash.

b)O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, hamkorlikda ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning xotirasini mustahkamlash



Dars turi: nazorat qilish darsi

Dars jihozlari: plakatlar, slaydlar, elektron darslik.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Konferensiya» interfaol metodi.

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.



  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Masalalar ishlash- 18 minut.

  3. II bob yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6.Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, test sinovi varaqalarini tarqatadi

2. Test sinovi:

1.Shishа tаyoqchаni shоyigа ishqаlаngаndа, tаyoqchа qаndаy zаryadlаnаdi.

А)Musbаt ishоrаdа zаryadlаnаdi

B) Mаnfiy ishоrаdа zаryadlаnаdi

S) Hеch qаndаy zаryadlаr hоsil bo`lmаydi

D) Zаryadsizlаnаdi

2.Litiy elеmеntining yadrоsidа nеchtа elеktrоn mаvjud.

А) 1 B) 2 S) 3 D) 4

3.Zаryadlаngаn o`tkаzgichdа zаryadlаr qаndаy tаqsimlаnаdi.

А)O`tkаzgichning butun hаjmi bo`ylаb

B) O`tkаzgichning mаrkаzidа to`plаnаdi

S) O`tkаzgichning shаkligа bоg`liq

D) O`tkаzgichning shаkligа bоg`liq hоldа, uning sirtidа nоtеkis tаqsimlаnаdi

4.Kulоn qоnuni fоrmulаsidаgi K kоeffistiеntning SI birliklаr sistеmаsidа birligi qаndаy bo`lаdi.

А) CN/m2 B) Nm2/c2 S) C m2/c D) C m2/N

5. Elеktr mаydоn kuchlаngаnligi 100 N/C bo`lgаn mаydоngа , zаryad miqdоri 6 C bo`lgаn shаr kiritildi. Ungа mаydоn tоmоnidаn qаndаy kuch tа`sir etаdi.

А) 100N B) 33,3 N S) 600 N D) 60 N

6.Mеtаll o`tkаzgichlаrdа elеktr tоki qаndаy vujudgа kеlаdi.

А)Iоnlаrning hаrаkаti tufаyli

B) Elеktrоnlаrning hаrаkаti tufаyli

S) Elеktr mаydоn tа`siridа erkin elеktrоnlаrning tаrtibli hаrаkаti tufаyli

D)Prоtоnlаrning hаrаkаti tufаyli

7.Аgаr 100 C zаryadni ko`chirish uchun 1,2 kJ ish bаjаrilsа,

lаmpоchkаdа qаndаy kuchlаnish hоsil bo`lаdi.

А) 0,012V B) 12 V S) 120 V D) 1,2 V

8.Lаmpа qisqichlаridаgi kuchlаnish 120 V bo`lgаndа lаmpа оrqаli 0,5 А bo`lgаn tоk o`tаdi.Lаmpаning qаrshiligini аniqlаng.

А) 600 W B) 24 W S) 60 W D) 240 W

9.Rеоаtаtlаr nimаgа хizmаt qilаdi.

А) Kuchlаnishni o`lchаshgа

B) Tоk kuchini o`lchаshgа

S) Qаrshilikni o`lchаshgа

D)Tоk kuchini rоstlаshgа

10.Tоk kuchi qаndаy аsbоbdа o`lchаnаdi.

А) Аmpеrimеtr

B) Vоl`tmеtr

S) Dinоmоmеtr



D) Rеоstаt

Uyga vazifa: O’tilgan mavzularni takrorlab kelish

Download 3,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   183




Download 3,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars turi: Malakalarni shakllantirish Darsning borishi

Download 3,74 Mb.