1-MA’RUZA: “O’LCHASHLAR VA ELEKTR O’LCHASH VOSITALARI BO’YICHA
UMUMIY MA’LUMOTLAR.
REJA:
1. «Enеrgiya o’lchоv аsbоblаri vа bоshqаrish tizimlаri» fanining maqsad va vazifalari.
2. «Enеrgiya o’lchоv аsbоblаri vа bоshqаrish tizimlаri»ning fan va texnikadagi ahamiyati.
3. «Enеrgiya o’lchоv аsbоblаri vа bоshqаrish tizimlаri» fanining rivojlanish tarixi.
Таянч сўзлар: катталиклар, ўлчамлик, ўлчаш бирлиги, катталикнинг асосий бирлиги,
ҳосилавий бирлиги, СИ бирликлар тизими.
1. «Enеrgiya o’lchоv аsbоblаri vа bоshqаrish tizimlаri» fanining maqsad va vazifalari
Sanoat,
transport, qishloq va suv xo‘jaligi, kimyoviy texnologiya va boshqa sohalardagi
ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida texnologik, agrokimyoviy va biologik nazorat bila n
birga turli o‘lchash ishlari ham olib boriladi. Shuning uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
sifati boshqarishda qo‘llanilayotgan nazorat va o‘lchash vositalariga bevosita bog‘liq.
Har bir
yetuk mutaxassis o‘z ish joyida texnologik jarayon parametrlarini, ularning o‘lchash
usullarini, o‘lchash asboblari va qurilmalarining texnik xarakteristikalarini bilishi kerak.
Bakalavriatni tugatgan har bir kishi o‘lchash asboblari bilan ishlashda o‘lchash sxemalari va
asboblarini ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilim va malakaga ega bo‘lishi, elektr, magnit,
noelektrik kattaliklarni bilishi, ularni o‘lchashi, nazorat qilishi, o‘lchash asboblarini to‘g‘ri tanlay
olishi, xatoliklarning sababini aniqlashi lozim.
Transport, Issiqlik texnikasi,
elektroenergetika, qishloq va suv xo‘jaligi, geologiya va
geofizika, tibbiyot, biologiya, atrof-muhit ekologiyasi sohalarida yuzaga keladigan
muammolarni yechishda turli parametrlarni o‘lchash va axborot
olish sezilarli darajada
murakkablashib bormoqda. Bu holat yangi o‘lchash usullari va vositalarini yaratishni va
birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari – datchiklarga, umuman olganda, o‘lchash
texnikasiga
bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda. Shuning uchun o‘lchash asboblarining texnik
imkoniyatlarini hisoblash, texnika vositalari yordamida kengaytirish va turli sharoitlarga
moslashtirish hozirgi o‘lchash texnikasining dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.
«Elektr o‘lchashlar» fani talabalarga elektromagnit hodisasi
va jarayonlarini, elektr, magnit
kattaliklar va parametrlarini hamda texnologik jarayonlarni boshqarishda yuzaga keladigan
muammolarni hal etishga imkon beradi.
Metrologiya va elektr o‘lchashlardan olingan bilim va ko‘nikmalar kasb-hunar kollejlarining
elektrotexnik yo‘nalishdagi talabalariga «Sanoat korxonalarining elektr jihozlari va
qurilmalari», «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish», «Elektrotexnologiya» va boshqa
fanlarni o‘zlashtirishlarida yordam beradi. «Elektr o‘lchashlar» sanoat,
qishloq va suv
xo‘jaligi hamda boshqa sohalar yo‘nalishida bakalavr va mutaxassislar tayyorlashda
o‘qitilishi lozim bo‘lgan fandir. Davlat ta’lim standartlari, «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» talablaridan
kelib chiqqan holda, bu fan kollej talabalarida metrologiya va elektr
o‘lchashlar bo‘yicha zarur va yetarli bo‘lgan bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantiradi.
«Elektr o‘lchashlar» fanini o‘rganish natijasida talabalar olgan bilimlari hamda tajribalarini
ishlab chiqarishda qo‘llashlari lozim bo‘ladi.
Har bir talaba bilimlarini respublikamiz oldida turgan o‘ta muhim masalalarni yechishga,
jahon andozalariga mos keluvchi texnologik jarayonlarni
samarali boshqarish hamda
mahsulotlarni ishlab chiqarishga safarbar etishi kerak.