• 3. «Enеrgiya o’lchоv аsbоblаri vа bоshqаrish tizimlаri» fanining rivojlanish tarixi
  •  «Enеrgiya o’lchоv аsbоblаri vа bоshqаrish tizimlаri»ning fan va




    Download 321.26 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana10.11.2023
    Hajmi321.26 Kb.
    #96682
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-маъруза
    Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
    2. «Enеrgiya o’lchоv аsbоblаri vа bоshqаrish tizimlаri»ning fan va
    texnikadagi ahamiyati 
    Moddiy dunyoni bilish usullaridan biri – o‘lchashdir. «Har qanday fan o‘lchashdan
    boshlanadi», – degan edi buyuk rus olimi D.I.Mendeleyev. Bizga ma’lum bo‘lgan tabiiy 
    fanlardagi barcha qonunlar zamirida o‘lchash yotadi.
    Elektrik va noelektrik kattaliklarni elektrik usul bilan o‘lchashlar katta ahamiyatga ega.
    Elektr o‘lchash usullari boshqa o‘lchash turlaridan soddaligi, ishonchliligi, aniqligi,
    sezgirligi, qayta o‘zgartirish va uzoq masofaga uzatish imkoni bilan ajralib turadi.
    Elektr o‘lchashlar yer qatlamining namligi, sho‘rlanishi, zichligini aniqlashda, shuningdek, 
    yer osti ruda konlarini samolyotdan turib magnit usullar bilan razvedka qilishda qo‘llaniladi.
    Hattoki sayyoralar va yulduzlar sirtidagi harorat ham fotoelementlar yordamida elektrik usul 
    bilan aniqlanadi.
    Murakkab ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish ko‘p jihatdan elektr o‘lchashlarga
    tayanadi, chunki ular o‘lchash qurilmasi bilan bevosita ishlab chiqarish obyektlariga 
    avtomatik ravishda ta’sir etish, o‘lchangan kattaliklar ustida hisoblash operatsiyalarini avtomatik 
    bajarish imkonini beradi.
    Ishlab chiqarishning barcha sohalarida mexanizatsiyalashtirish, elektrlashtirish va
    avtomatlashtirishni yuqori darajaga ko‘tarish uchun hozirgi zamon talablariga javob 
    beradigan sodda, puxta, mukammal, arzon, yuqorianiqlik va sezgirlikka ega, har qanday
    sharoitda o‘z ish qobiliyatini saqlab turadigan o‘lchov asboblarini loyihalashtirish, ishlab
    chiqarish va ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish zarur. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni 
    jadallashtirish, mahsulotlarni ko‘paytirish va sifatini oshirish uchun davlat tizimiga tegishli
    metrologik birlik va metrologik ta’minot tizimini qonun talablari darajasida ishlab chiqish 
    zarur.
    3. «Enеrgiya o’lchоv аsbоblаri vа bоshqаrish tizimlаri» fanining rivojlanish tarixi 


     O‘lchovshunoslik fani ming yillik tarixga ega, chunki ibtidoiy odamlar ham o‘z
    ehtiyojlariga ko‘ra masofa, yer maydoni, ishlatgan uy-ro‘zg‘or asbob- uskunalarining 
    o‘lchamlarini antropometrik, ya’ni o‘zining muayyan a’zolari yoki tabiiy o‘lchovlarni qo‘llagan
    holda o‘lchay boshlaganlar. Misol uchun: qarich, quloch, qadam va hokazo tarzda.
    Tabiiy o‘lchovlardan qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi sifatida «no‘xatcha» 
    ma’nosini anglatuvchi «karat», «bug‘doy doni» ma’nosini anglatuvchi «gran» yuzaga kelgan. 
    Astronomlarning Quyosh, Yer, Oyni ko‘p yillik kuzatishlari natijasida vaqt birligi sifatida yil, 
    oy, soat, minut va sekund birliklari shakllangan.
    Sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fanning rivojlanishi ularga bog‘liq bo‘lgan maxsus 
    texnika, o‘lchash usullari va vositalarini ham kashf etishga sabab bo‘ldi. Metrologiya xizmati va 
    metrologik ta’minotning dastlabki shakllari turli tarzda vujudga kela boshlagan. Masalan, rus
    knyazi SvyatoslavYaroslavichning oltin kamaridan uzunlikni namunaviy o‘lchashda 
    foydalanilgan. O‘rta asrlarda Italiyada mamlakat cherkov va butxonalarida saqlanadigan
    marvarid donalaridan sochiluvchan moddalarning hajmi va massa birliklari o‘lchangan.
    Ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash, tabiat va koinot hodisalarini kuzatish hamda tahlil
    qilish sohalari zamirida o‘lchovshunoslik, o‘lchov vositalari va usullarini yaratish, taklif
    etish, ularni takomillashtirish borasida Sharq, xususan, Markaziy Osiyo olimlarining hissasi
    ulkan.
    VIII-XI asrlarda yashab ijod qilgan al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino va Abu Rayhon 
    Beruniy kabi buyuk vatandoshlarimiz o‘lchovshunoslik va o‘lchash birliklariga oid asarlar
    yozib qoldirganlar. Al-Xorazmiy «O‘lchashlar haqida»gi risolasida uzunlik, yuza, hajmlarni 
    hisoblash va o‘lchash usullarini amalda qanday qo‘llashni bayon etgan. Buyuk alloma
    «Quyosh to‘g‘risida»gi risolasida vaqtni aniq o‘lchashga katta ahamiyat bergan.
    Hamyurtimiz Ahmad Farg‘oniy dunyoda birinchi bo‘lib 861- yilda Nil daryosi sathini 
    o‘lchaydigan asbobni kashf qilgan va daryo suvi sathini o‘lchash natijalariga ko‘ra qishloq 
    xo‘jalik ekinlarining u yoki bu turini ekish bo‘yicha tavsiyalar bergan, ya’ni suv sathi
    maxsus belgidan past bo’lganda kam suv talab qiladigan ekinlar, belgi ichida bo’lganda
    o’rtacha suv talab qiladigan o’simliklar va belgidan yuqori bo’lganda ko’p suv talab qiladigan 
    ekinlar ekish tavsiya qilingan. Davlat tomonidan dehqonlarga soliq belgilashda ham ushbu
    asbob ko’rsatkichlariga asoslanishgan. Bu asbob puxtaligi va aniqligi jihatidan hozirgi 
    zamon asboblaridan sira qolishmaydi. Bundan tashqari, Ahmad Fargoniy «Quyosh soatini
    yasash haqida kitob» asarida o’lchovshunoslikka oid muhim ma’lumotlar bergan. Uning
    astronomik kuzatishlar uchun mo’ljallangan o’lchash asbobi – usturlob yasash va undan 
    foydalanish, quyosh tutilishini oldindan bashorat qilish va boshqa mu him kashfiyotlari o’z 
    davrida o’lchovshunoslik fanini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan.


    Alloma Abu Rayhon Beruniy birinchi bo‘lib tajribalar asosida Yer sharining radiusini 
    o‘lchagan. Buyuk faylasuf va tabib Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarida dori-darmon
    tayyorlash uchun tavsiya etilgan miqdor va hajm birliklaridan Sharq va G‘arb davlatlarida 
    XVII-XVIII asrlargacha foydalanib kelingan. Yusuf Xos Xojib 1069- yilda o‘z asarlarining
    birida metrologiya sohasi haqida fikr yuritib, qimmatbaho metall sofligini sinash,
    bozordagi tosh va tarozilarning to‘g‘riligini, muomaladagi pullarning sofligi va og‘irligini 
    kuzatib turish kerakligini qayd etgan. Falakiyot qonunlarini o‘rganishda, unga tegishli
    o‘lchashlarni takomillashtirishda Mirzo Ulug‘bekning hissasi nihoyatda ulkandir. Uning 
    astrolyabiya yordamida o‘z rasadxonasida amalga oshirgan astronomik o‘lchashlari natijasida
    tuzgan «Ziji jadidi Guragoniy» asaridagi ma’lumotlar hozirgi zamonda qo‘llanilayotgan 
    ma’lumotlardan juda kam farq qiladi.
    O‘lchash texnikasining asosiy tarkibiy qismlaridan bo‘lgan elektr o‘lchash usullari va 
    asboblarini yaratishda G‘arb olimlarining hissalari kattadir. 1745- yilda M.V.Lomonosovning
    safdoshi, akademik G.R.Rixman atmosfera elektrlanishini tatbiq qilish uchun birinchi bo‘lib
    potensiallar farqini o‘lchovchi elektrometr yasadi.
    XVIII asrning oxirida A.Volta va L.Galvani tomonidan elektr toki kashf etilganidan 
    so‘ng tok kuchini o‘lchash zarurati paydo bo‘ldi. X.Ersted kashf etgan elektr tokining magnit
    ta’siridan foydalanib, nemis fizigi G.Om 1826- yilda o‘tkazgichdan o‘tadigan tok kuchi va 
    magnit maydoni ta’sirida turgan strelkaning og‘ishi orasidagi bog‘lanishni e’tirof etdi va shu 
    prinsip asosida asbob yaratib, o‘z nomiga qo‘yilgan qonunga ta’rif berdi.
    XIX asrning ikkinchi yarmida elektr mashinalari yaratildi. Ularning elektr o‘lchash 
    asboblarisiz amaliyotga tatbiq etilishi mumkin emas edi. Bunday asboblar (elektromagnit
    ampermetrlar va voltmetrlar, vattmetrlar va fazometrlar) yaratilishida rus injeneri
    O.M.Dolivo-Dobrovolskiyning hissasi ayniqsa katta. 1872- yilda magnit maydon 
    kuchlanganligi va materialni magnit singdiruvchanligi orasidagi bog‘lanishni kashf etgan rus
    fizigi A.G.Stoletov magnit kattaliklarini o‘lchovchi asboblarni yaratdi va takomillashtirdi. Rus 
    olimi, akademik B.S.Yakobi elektr zanjirning parametrlarini o‘lchaydigan qator usullar va 
    asboblar kashf etdi hamda elektrik kattaliklarni o‘lchashda o‘lchash birligi tizimini ta’minlash 
    kerakligini asoslab berdi. Bunday tizim 1881- yili Parijda o‘tkazilgan birinchi xalqaro 
    elektrotexnik kongressda tasdiqlandi. Rus olimi D.I.Mendeleyev o‘lchov va vaznlar sohasida
    1892- yilda fundamental ishlarni amalga oshirdi, uning tashabbusi bilan Rossiyada metrik
    sistemani tadbiq etish olg‘a surildi.
    Elektr o‘lchov texnikasi elektronikaning element bazasi hamda avtomatika va hisoblash 
    texnikasiga asoslangan holda qator texnologik masalalarni muvaffaqiyatli yechish zamirida tez
    sur’atlar bilan rivojlandi va takomillashtirildi. Misol uchun, o‘lchash asboblari (ampermetr,


    voltmetr va hoka-zolar)ning harakatlanuvchi qismini kernlarda mahkamlash o‘rniga tortkich 
    (rastyajka)dan foydalanish ularning sezgirligi va aniqligini sezilarli darajada oshirdi.
    Mikroelektronikaning element bazasidan foydalanish analogli harakatlanuvchi qismi 
    bo‘lmagan elektr o‘lchash asboblarini ishlab chiqarish imkonini berdi. O‘tgan asrning 50-
    yillarida o‘lchov asboblari yaratilishida keskin burilish yasaldi – hisoblash texnikasi 
    prinsiplari asosida raqamli o‘lchash asboblari ishlab chiqildi. Ular yuqori aniqligi, tezkor
    ishlashi, o‘lchanayotgan obyektdan kam quvvat olishi va avtomatlashtirilgan tarmoqlarga
    bevosita ulanishi bilan ajralib turadi.
    O‘lchash asboblarining keyingi yillardagi takomillashishi mikroprotsessorlarni qo‘llash bilan 
    bog‘liqdir. XX asrning 70- yillarida sobiq Ittifoqda ko‘zga ko‘ringan olimlardan 
    B.N.Sotskov, K.B.Karandeyev, L.F.Kulikovskiy, D.I.Ageykin, F.B.Grinevich, V.Yu.Kneller, 
    N.Ye.Konyuxov, M.A.O’rakseev va boshqalar elektrik va noelektrik kattaliklarning avtomatik
    o‘lchash nazariyasiga asos soldilar va analog hamda raqamli o‘lchash vositalarini ommaviy
    (seriyaviy) ravishda ishlab chiqarishga ko‘maklashdilar. Bu asboblar ishlab chiqarish va
    ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazishda keng ishlatiladi.
    O‘zbekistonda ham bu sohada keng ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Ayniqsa,
    elektroenergetik tizimlar rejimlarini tavsiflovchi kattaliklarni shakllantirish va o‘lchash
    bo‘yicha akademiklar H.F.Fozilov va J.A.Abdullayevlarning ishlari diqqatga sazovordir.
    Shu bilan birga, respublikamizda parametrlari tarqoq bo‘lgan tizimlarning nazariyasi, uning
    bazasida elektr va magnit kattaliklarni o‘lchash usullari hamda birlamchi o‘zgartkichlarni
    yaratish bo‘yicha ilmiy maktab asoschisi professor M.F.Zaripov, standartlashtirish,
    metrologiya va sertifikatlashtirish hamda fizik-kimyoviy jarayonlar parametrlarini va
    gidravlik kattaliklarni o‘lchashda, o‘lchash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda faol
    qatnashgan akademik N.R.Yusupbekov, professorlar P.R.Ismatullayev, R.K.Azimov, A.A.
    Azimov, dotsent A.A.A’zamovning tadqiqotlari, elektrik va noelektrik kattaliklarning
    chastotasi avtomatik ravishda o‘zgaradigan o‘ta sezgir muvozanatlanuvchi ko‘prik 
    sxemalarini taklif etgan Sh.Sh.Zohidovlarning ishlari, O’lchovshunoslik va eliktr 
    o’lchashlarga oid o’zbek tilida o’quv adabiyotlar yaratgan dotsent N.A.Ahrorov ishlari 
    e’tiborga loyiqdir. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki yillaridayoq
    korxonalarning metrologik ta’minoti, ularni standartlashtirish, sertifikatlashtirishga doir huquqiy 
    va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Mamlakatimizda xalqaro hujjatlar bilan uyg‘unlashtirilgan
    50 dan ortiq asosiy hujjatlar, 85 dan ortiq mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha
    tashkilot va idoralar, 250 dan ziyod laboratoriyalar ishlamoqda
    Hozirgi vaqtda mamlakatimizda bir necha million o‘lchash asboblaridan 
    foydalanilmoqda. Ularning har biri bilan har kuni ko‘plab o‘lchashlar bajariladi. Bunday 


    sharoitda o‘lchash birligini ta’minlash katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Bu masalalar bilan 
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlashtirish idorasi va uning tizimlari shug‘ullanadi.
    1993- yilning 28- dekabrida O‘zbekiston Respublikasida «Standartlashtirish to‘g‘risida», 
    «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatsiyalashtirish to‘g‘risida» hamda «Metrologiya
    to‘g‘risida» Qonunlar qabul qilindi. Natijada barcha o‘lchovlar va o‘lchash asboblari
    ustidan davlat nazorati o‘rnatildi, o‘lchovlarning kerakli darajada, aniq va sifatli o‘lchanishiga 
    kafolat berildi.
    1996–2003- yillar davomida 24 ta davlat etaloni, 85 ta yuqori aniqlikka ega bo‘lgan I 
    va II darajali o‘lchash vositalari, 46 ta namunaviy o‘lchovlar va uskunalar o‘rnatilib, xalq
    xo‘jaligida foydalaniladigan o‘lchash asboblarining davlat metrologik xizmati bilan
    ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalon bazasi yaratildi. O‘zbekiston
    Respublikasi 1994- yil 1-yanvardan Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga a’zodir. Bu
    faoliyat respublikaning xalqaro miqyoslarda tovar ayirboshlashini ta’minlab, mamlakatni
    dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantiradi

    Download 321.26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 321.26 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     «Enеrgiya o’lchоv аsbоblаri vа bоshqаrish tizimlаri»ning fan va

    Download 321.26 Kb.
    Pdf ko'rish