• Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari
  • 1-mavzu: Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari. Reja: Texnologiya o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limining mazmuni. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension




    Download 50.34 Kb.
    bet1/12
    Sana19.01.2024
    Hajmi50.34 Kb.
    #141512
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-mavzu Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifala-fayllar.org
    Preprotsessorlar C# tilida, фанлар фарқи Халқаро 2 курс, 1-Amaliy mashg\'ulot uchun topshiriqlar, 2 labaratoriya 15-21 ELEKTRONIKA 022431, 1-Mustaqil ish, 9-Mavzu Gipermurojaat va uning turlari. Web, Oraliq nazorat.kompyuter tizimlari va dast, MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA, SARDOR, 13-maruza, 13-mavzu. Kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish usullari-hozir.org, 16-mavzu cms (content management systems — kontentni boshqaruv -fayllar.org, Ochiq dars, Axborot texnologiya mavzulari, falsafa savollari

    1-mavzu: Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari. Reja: Texnologiya o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limining mazmuni. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension


    1
    1-mavzu: Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari.


    Reja:
    1. Texnologiya o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari.
    2. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limining mazmuni.
    3. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondoshuv.
    4. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanining shakl va metodlari.
    5. Texnologiya fani darslariga integratsion yondoshuv
    Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari: 

    Mustaqil har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur


    bo‘lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz
    muhabbat do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur kabi fazilatlarini
    shakllantirish zarur.
    Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og‘zaki va yozma ijodiyot
    avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan iymon-e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy
    jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan
    “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni ta’lim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi.
    Uzluksiz ta’limni tashkil etishni rivojlantirish prinsiplari uzluksiz ta’limni isloh
    qilish, uzluksiz ta’lim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Birinchi
    prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina
    hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish
    kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadga erishishi o‘zlariga bog‘liq ekanligini,
    ya’ni bu narsalar ularning sobit qadam, g‘ayrat, shijoatlariga, to‘la-to‘kis
    fidokorligi va cheksiz mehnatsevarliklariga bog‘liq ekanligini anglab yetishlari
    kerak”.
    Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati
    uchun astoydil kurashish, o‘sib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya
    berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bo‘lib, yosh avlod
    jamiyatimiz taraqqiyotida o‘z bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa
    qo‘shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri
    hisoblanadi. Kichik sinf o‘quvchilarini qo‘l mehnatiga o‘rgatishning asosiy
    maqsadi, boshlang‘ich mehnat elementlari bosqichlarini ya
    ’ni bajariladigan
    ishlarning oddiy elementlari (qog‘ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik
    figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
    Undan tashqari qo‘l mehnatiga o‘rgatishda “Tikish va bichish”,
    “Pazandachilik”, “Plastilin bilan ishlash”, “ Qog‘oz va karton bilan ishlash”,
    “Applikatsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib



    2
    boradilar. Har bitta bo‘lim o‘quvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda


    muhim o‘rin egallaydi.
    Yaratilgan mehnat natijalari o‘ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini
    ko‘rgan o‘quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnat
    natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o‘rganadi.
    Topshirilgan ishga mas’uliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash,
    o‘qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun
    foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi.
    Boshlang‘ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari
    o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim maktablarining
    boshlang‘ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim
    standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi
    bo‘lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan.
    Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning
    e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish
    joyini to‘
    g‘ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga,
    ish harakatlarining me’yori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga,
    ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani
    chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
    Kerakli material va asboblari bilan yetarli ta
    ’minlanmaganlik ham mehnat
    madaniyatini shakllanishiga salbiy ta‘sir etadi. Ba
    ’zan o‘quvchilarning
    tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o‘qituvchining ko‘p vaqti
    bekorga sarf bo
    ‘ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog‘ozini olib kelmasdan
    mashg‘ulotlarga qatnashish ish qilayotgan o‘rtog‘ini narsa so‘rab chalg‘itadi.
    Shuning uchun o‘qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida
    o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stona yordamga tayanib o‘z vaqtida choralar
    ko‘rish lozim. Biroq har qanday holatda ham o‘quvchini uyga jo‘natmaslik yoki
    jazo berish tartibida o‘quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak.
    Mehnat ta’limiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatning aqliy
    rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo‘llashni talab qilmaydigan,
    tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarni o‘stirmaydi.
    Mehnat ta’limi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibda va
    harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan
    birga bo
    ‘ladigan ko‘p marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi.


    Download 50.34 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 50.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari. Reja: Texnologiya o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limining mazmuni. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension

    Download 50.34 Kb.