• 8. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari.
  • Maxsus transport vositalarining imtiyozlari




    Download 0.67 Mb.
    bet2/27
    Sana26.12.2019
    Hajmi0.67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

    7. Maxsus transport vositalarining imtiyozlari.


    7.1

    Ko'k rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasi va (yoki) maxsus tovushli ishorasi yoqilgan tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yo'l harakati havfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 8-bob (8.9 bandidan tashqari), 10-15, 18-19 boblari, Qoidalarning 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Ko'k rangli chiroq mayoqchaga qo'shimcha qizil rangli chiroq-mayoqcha ham yoqilishi mumkin.
    Boshqa yo'ul harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega bo'lishlari uchun bunday transport vositalarida yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishorasi yoqilgan bo'lishi shart. Ular o'zlariga yo'ul berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan sunggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.
    Tezkor xizmat va maxsus xizmat transport vositalari kuzatib kelayotgan transport vositalari ham shu imtiyozlardan foydalanadilar.

    7.2

    Haydovchilar ko'k rangli chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralarni yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga, shuningdek, ularning kuzatuvidagi yaqqinni yorituvchi chiroqdari yoqilgan transport vositalariga yo'l berishlari, zarur bo'lgan hollarda ularning to'siqsiz o'tib ketishlari uchun o'zlari boshqarib borayotgan transport vositalarini yo'lning o'ng tomoniga olib o'xtatishlari shart.

    7.3

    Ko'k rangli chiroq-mayoqchasini yoqib turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur bo'lib qolganda darhol to'xtash imkoniyatini beradigan darajada harakatlanish tezligini kamaytirishlari shart.

    7.4

    Zarraldoq yoki sariq rangli chiroq-mayoqchasi yoqilgan, yo'ldan foydalanish xizmatiga tegishli moslama va transport vositalarining haydovchilari ish bajarish jarayonida yo'l harakati havfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yo'l belgilari, chiziqlari hamda 11.4, 11.5, 11.8 va 18.1 bandlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Boshqa haydovchilar ularning ish bajarishlariga to'sqinlik tug'dirmasliklari shart. Zarraldok va sariq rangli chiroq-mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va u faqat boshqa harakatlanish qatnashchilarining e'tiborini jalb etish uchun xizmat qiladi.

    8. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari.


    8.1

    Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug'lik ishoralari qo'llaniladi.
    Svetofor ishoralari vazifasiga bog'lik ravishda doirasimon, yo'naltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon ko'rinishda bo'lishi mumkin.
    Doira shaklidagi ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir sathda joylashgan yashil yo'naltirgich ko'rinishdagi ishorali bitta yoki ikkita qo'shimcha tarmoq bo'lishi mumkin.

    8.2

    Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi:
    yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi; miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning ta'sir vaqti tugashi hamda ko'p o'tmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi;
    yashil ishora o'chishiga soniyalar (sekundlar)da qancha vaqt qolganligi haqida axborot berish uchun raqamli tablo qo'llanilishi mumkin;
    sariq ishora harakatni taqiqlaydi (faqat Qoidalarning 8.13 bandida ko'zda tutilgandan tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;
    miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o'tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi;
    qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;
    qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni ta'qiqlaydi va ko'p o'tmay yashil ishora yonishi haqida ahborot beradi.

    8.3

    Yunaltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi.
    Agar tegishli yo'l belgisi bilan taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yunaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham huddi shu ma'noni bildiradi.
    Qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

    8.4

    Agar svetoforning asosiy yashil ishorasiga qora yo'naltirgich (yo'naltirgichlar)ning shakli tushirilgan bo'lsa, u haydovchilarga svetoforning qo'shimcha tarmog'i borligi hakida axborot beradi va shu asosiy tarmoqdagi yo'naltirgichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat berilganligini ko'rsatadi.

    8.5

    Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri ko'rinishida bo'lsa, u faqat piyodalarning harakatiga ta'sir ko'rsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi.

    8.6

    Qatnov qismidagi harakat yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan bo'laklarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X-simon kizil ishorali va pastga yo'nalgan yo'naltirgich ko'rinishdagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo'llaniladi. Bu ishoralar qaysi bo'lak ustiga o'rnatilgan bo'lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi. Ikki tomoni 1.9 chizig'i bilan belgilangan bo'lak ustiga o'rnatilgan ishoralari o'chirilgan reversiv svetofor shu bo'lakka kirishni taqiqlaydi.

    8.7

    Tramvaylarning, shuningdek, belgilangan yo'nalishli boshqa transport vositalarining harakatlanishini, ular uchun ajratilgan maxsus bo'lakda tartibga solish uchun T-harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rangli ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin.
    Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ng tomonga burilishga, o'rtasidagi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Agar faqat yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

    8.8

    Temir yo'l kesishmalarida o'rnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi.
    Ko'rinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina) bo'lmasa, o'chirilgan miltillovchi oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga ruxsat beriladi.

    8.9

    Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi:
    QO'LLARI YON TOMONGA UZATILGANDA YOKI TUSHIRILGANDA, chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, rel'ssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi;
    O'NG QO'LI OLDINGA UZATILGANDA, chap yonidan tramvayga chapga, rel'ssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda, oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi. Orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi;
    QO'LINI YUQORIGA KO'TARGANDA, Qoidalarning 8.13 bandida ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi.
    Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo'lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko'rinishi uchun tartibga soluvchi zhezl yoki yorug'lik kaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi mumkin.

    8.10

    Harakatni tartibga solayotgan yoki xizmat burchini o'tayotgan militsiya xodimi transport vositasi haydovchisiga qarata qo'l ishorasi yoki ovozkuchaytirgichli qurilma orqali transport vositasini to'xtatishni talab qilishi mumkin. Haydovchi esa ko'rsatilgan joyda to'xtashi kerak.

    8.11

    Yo'l harakati qatnashchilarining e'tiborini jalb etish uchun hushtak bilan qo'shimcha ishora berilishi mumkin.

    8.12

    Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to'xhtash chizig'i (5.33 belgisi) oldida, bunday chiziq bo'lmaganda esa:
    chorrahada Qoidalarning 15.7 bandini hisobga olgan holda, piyodalarga halaqit bermasdan qatnov qismlari kesishmasi oldida;
    temir yo'l kesishmasi oldida Qoidalarning 17.4 bandiga muvofiq;
    boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida harakatlanishi ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga halaqit bermagan holda to'xtashi kerak.

    8.13

    Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qo'li yuqori ko'tarilganda, Qoidalarning 8.12 bandida ko'zda tutilgan joylarda keskin tormoz bermasdan to'xtashga ulgira olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
    Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida bo'lgan piyodalar uni bo'shatishlari, agar buning iloji bo'lmasa, qarama-qarshi yo'nalishlardagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to'xtashlari kerak.

    8.14

    Haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va ko'rsatmalariga ular svetofor ishoralari, yo'l belgilari va chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham amal qilishlari kerak.

    8.15

    Temir yo'l kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan bir vaqtda piyodalarning kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi to'g'risida qo'shimcha axborot sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin.

    9. Ogohlantiruvchi va falokat ishoralari, falokat sababli to'xtash belgisining qo'llanilishi.

    9.1

    Quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi:
    burilishni ko'rsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo'l bilan beriladigan ishoralar;
    tovushli ishoralar;
    fara chiroqlarining yoqib-o'chirilishi;
    kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chirog'ining yoqilishi.

    9.2

    Harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to'xtashdan oldin haydovchi tegishli yo'nalishni bildiruvchi burilish yorug'lik ko'rsatgichi, ular bo'lmaganda yoki buzuq bo'lganda, qo'l bilan ishoralar berishi shart.
    Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qo'lni yoki tirsakdan to'gri burchak ostida bukilgan o'ng qo'lni yonga uzatish mos keladi.
    O'ngga burilishni bildiruvchi ishoraga o'ng qo'lni yoki tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukilgan chap qo'lni yonga uzatish mos keladi.
    To'xtash ishorasi chap yoki o'ng qo'lni yuqori ko'tarib beriladi.

    9.3

    Burilish ko'rsatgichi yoki qo'l bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach darhol to'xtatilishi lozim (qo'l bilan berilayotgan ishorani manyovr qilishdan bevosita oldin tugallash mumkin).
    Ishoralar berish boshqa yo'l harakati qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak.
    Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o'tish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko'rish mas'uliyatidan ozod qilmaydi.

    9.4

    Haydovchi o'zidan orqada kelayotgan, quvib o'tishni boshlagan va boshqa transport vositalariga halaqit bermasligiga ishonch hosil qilgandan keyingina, harakatlanish yo'nalishini o'zgartirish haqida ogohlantiruvchi ishora berishi kerak.

    9.5

    Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin:
    aholi yashaydigan joylardan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun;
    zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun.

    9.6

    Quvib o'tish haqida tovushli ishora o'rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o'chirib ogohlantirish ishorasini berish mumkin.

    9.7

    Burilishni ko'rsatuvchi barcha yorug'lik ishoralarining bir vaqtda miltillashi falokat ishoralari bo'lib hisoblanadi.
    Falokat yorug'lik ishoralari quyidagi hollarda yoqilishi kerak:
    yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda;
    to'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtalganda;
    fara chiroqlari haydovchining ko'zini qamashtirganda;
    shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida).
    Haydovchi yo'l harakati qatnashchilarini, o'zi boshqarayotgan transport vositasi havf tug'dirishi mumkin bo'lgan boshqa hollarda ham ogohlantirish uchun falokat yorug'lik ishoralarini yoqishi kerak.

    9.8

    Quyidagi hollarda falokat yorug'lik ishoralari yoqilgandan keyin, shuningdek, u bo'lmaganda yoki buzuq bo'lganda, falokat sababli to'xtash belgisi (miltillovchi qizil chiroq) darhol o'rnatilishi kerak:
    yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda;
    taqiqlangan va ko'rinish sharoitini hisobga olgan holda transport vositasi boshqa haydovchilar tomonidan o'z vaqtida payqab bo'lmaydigan joylarda majburiy to'xtab qolganda.
    Bunday belgi (chiroq) muayyan vaziyatda havf haqida haydovchilarni o'z vaqtida ogohlantirishni ta'minlaydigan masofada o'rnatilishi kerak. Lekin bu masofa aholi yashaydigan joylarda transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa 30 metrdan kam bo'lmasligi kerak.

    9.9

    Shatakka olingan transport vositasida falokat yorug'lik ishoralari buzuq bo'lganda yoki bo'lmagan hollarda uning orqa tomoniga falokat sababli to'xtash belgisi o'rnatilishi kerak.

    10. Harakatlanishni boshlash, yo'nalishlarni o'zgartirish

    10.1

    Haydovchi harakatlanishni boshlash, qayta tizilish, burilish (qayrilib olish), yo'nalishini o'zgartirish va to'xtashdan oldin o'z harakati bilan boshqa transport vositalariga havf solmayotganligiga va to'sqinlik qilmayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

    10.2

    Yondosh hududlardan yo'lga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalariga va piyodalarga, shuningdek, undan chiqishda o'zining harakat yo'nalishini kesib o'tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yo'l berishi kerak.

    10.3

    Haydovchi qayta tizilishda yon bo'lakda yo'lakay harakat yo'nalishini o'zgartirmasdan ketayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.
    Yo'lakay yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yo'l berishi kerak.

    10.4

    Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda haydovchi o'ngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart.

    10.5

    Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo'nalishdagi harakat tomoniga o'tib ketmasin.
    O'ngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o'ng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.

    10.6

    Transport vositasi o'zining gabarit o'lchamlariga yoki boshqa texnik sabablariga ko'ra Qoidalarning 10.4 bandi talablariga muvofik burilishni bajara olmasa, yo'l harakati havfsizligini ta'minlab va boshqa transport vositalariga halaqit bermasdan undan chetga chiqishiga yo'l ko'yiladi.

    10.7

    Rel'ssiz transport vositasining haydovchisi yo'lning chorrahadan tashqari joyida chapga burilish yoki qayrilib olishda qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalariga va yo'lakay yo'nalishdagi tramvayga yo'l berishi shart.
    Chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap vaziyatdan qayrilib olish uchun etarli bo'lmasa, uni qatnov qismining o'ng chetidan (yo'lning o'ng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi yo'lakay va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.

    10.8

    Transport vositalarining harakat yo'nalishlari kesishadigan va o'tish navbati ushbu Qoidalarda ko'zda tutilmagan hollarda haydovchi o'ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

    10.9

    Sekinlashish bo'lagi bo'lgan yo'llarda burilmoqchi bo'layotgan haydovchi o'z vaqtida shu bo'lakka o'tishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
    Yo'lga chiqish joyida tezlanish bo'lagi bo'lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni bo'lakda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi, so'ngra oqimga ko'shilishi kerak.

    10.10

    Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi:
    piyodalarning o'tish joylarida;
    tonnellarda;
    ko'priklar, osma yo'l (estakada)lar, osma ko'priklar va ularning ostida;
    temir yo'l kesishmalarida;
    yo'lning ko'rinishi biron-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.

    10.11

    Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo'l harakati havfsizligini ta'minlashi va boshqa yo'l harakati qatnashchilariga halaqit bermasligi shart. Zarurat tug'ilganda, haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi mumkin.


    Download 0.67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maxsus transport vositalarining imtiyozlari

    Download 0.67 Mb.