15 mavzu. Tonnellar arxitekturasi Reja: Tonnelarning konstruksiyasi va ularning zamonaviy turlari




Download 9.35 Mb.
bet1/10
Sana22.12.2022
Hajmi9.35 Mb.
#36593
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15 mavzu
1-laboratoriya ishi, Mazvu Uzluksiz signallarni raqamli uzatish. Reja, Kompyuter xotirasini tashkil yetish usullari MI, GANDBOL TARIXI VA O, IQTISODIYOT NAZARIYASI, 1 ma\'ruza ”Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha , 1- mavzu, Хожаеова, 2-ma\'ruza 3-kurs Mo\'M, LBxVFbQW42aNGaM3j1o99zIxoBBuRvNF9XA6nON7, Mámleketlik sa-WPS Office, bunyodbek Rele himoyasi, 11-sinf-sinf-soat-yillik-ish-reja, [Theory of IC Engines] week 11 - Thermal balance (1)

15 - mavzu. Tonnellar arxitekturasi
Reja:
1.Tonnelarning konstruksiyasi va ularning zamonaviy turlari.
2.Avtomobil yullarida tonnellarning landshaftli loyihasidagi o‘rni.
3.Tonnel elementlarining tarkibiy qismlari arxitekturasi.
Transport maqsadlari, suv o‘tkazish, shahar kommunal tizimlarini o‘tkazish, ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan, katta uzunlikka ega bo‘lgan, gorizontal yoki qiya joylashgan yer osti sun’iy inshooti tonnel deb ataladi. Tonnel piyoda va/yoki velosipedlar uchun, avtomobil yoki poezd, tramvaylarning harakatlanishi uchun, suv o‘tkazish (gidroelektrostansiyalarning derivatsion tonneli, kanalizatsion tonnellar) uchun, shahar xo‘jaligi tarmoqlari va sh.o‘. larni yotqizish uchun mo‘ljallangan. Ekologik tonnellar deb nomlanadigan tonnellar ham mavjud. Ular avtomobil yoki temir yo‘llar ostidan hayvonlarning havfsiz o‘tishini ta’minlaydi.
Metroning asosiy qismi ham tonnellar ko‘rinishida yotqiziladi (metro liniyasining ko‘p hollarda yuzaga chiqishi mavjud bo‘lmasa ham, tonnel deb nomlanishi an’anaviy qo‘llanadi). Metro liniyalari bir-biri bilan kesishmasligi uchun, ular har xil balandlikda yotqiziladi.
Tonnellar tabiiy to‘siq (mas., tog‘ ostidagi tonnel) lar, yo‘lni qisqartirish (tog‘ni aylanib o‘tadigan yo‘l o‘rniga tog‘ orqali tonnel), harakat vaqtini qisqartirish uchun quriladi. Suv to‘siqlari ostida tonnellar ko‘pincha kemalarning o‘tishiga halaqit qiladigan ko‘priklar o‘rnida quriladi. Xuddi shunday tonnellar (yer osti o‘tish yo‘llari, temir yo‘l o‘tish joylari o‘rnida tonnellar, avtomobil chorrahalarning qismi sifatida tonnellar va sh.o‘. lar) har xil transport oqimlarining bir sathda kesishib qolishini oldini olish uchun quriladi.
Dastlab, yer osti qazish ishlarini olib borishdan iborat bo‘lgan tonnel qurilishining boshi teran (ancha o‘tgan) qadimga borib taqaladi. Bizlarning eramizdan ancha oldin Bobil, Suriya, Gresiya va Rimda foydali qazilmalarni qazib olish, g‘orlarda istiqomat qilgan odamlar, ularni kengaytirish va ularda ish qurolini yaratish, chaqmoqtosh qazib olish uchun, qabr, maqbara qurish uchun yer osti ishlari amalga oshirilgan. Keyinroq tonnellar suv bilan ta’minlash va transport maqsadlari uchun ham qurilgan. Ko‘pgina tonnel ishlari yo‘l, suv o‘tkazish va drenaj tonnellarini yaratgan rimliklar tomonidan olib borilgan, ularning bir qismi bizning vaqtimizgacha saqlanib qolgan.
Tonnel qurilishining taraqqiyoti ishlab chiqarish qurollari va vositalarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langan. Tonnel texnikasining saviyasi ishlab chiqarish kuchlarining saviyasiga mos keladi. Barcha qadimiy tonnellar, odatda, obdelkani qurishni talab etmaydigan mustahkam qoya jinslarda qurilgan, bunda qazilma (kovlanayotgan joy) larga tabiiy g‘or shakliga mos keladigan gumbaz ko‘rinishi berilgan. Ishlar kirka, lom, ponalar yordamida juda og‘ir mehnat bilan, hamda qazilma zaboyini kuchli qizdirish va keyin uni sovuq suv yordamida sovutish va yorilgan qoyani qismlarga ajratib olishdan iborat bo‘lgan olov usuli bilan bajarilgan. Rim imperiyasi qulaganidan so‘ng tonnel qurilishida inson faoliyatining boshqa sohalaridagi kabi uzoq turg‘unlik davri yuzaga keldi, bu davrda yer osti ishlari asosan xarbiy maqsadlar uchungina amalga oshirildi.
O‘rta asr oxirlarida halqaro aloqalarning kengayishi va savdo yo‘llarini qisqartirishga intilish munosabati bilan, suv ayirgichlari bilan bo‘lingan, suv aloqa yo‘llarini o‘zaro birlashtiruvchi kema qatnovchi tonnellar qurila boshlandi. Bu davrda qoya jinslarni portlatish uchun qora poroxni qo‘llash tonnellar qurilishining dastlabki sharti bo‘lib qoldi. Uzunligi 160m bo‘lgan birinchi kema qatnovchi tonnel 1679–1681 yillar Fransiyadagi Langedok kanalida qurilgan.
Tonnel qurilishining keyingi taraqqiyotiga turtki bo‘lib, kichik qiyalik va baland to‘siqlarni bartaraf etishni talab qiladigan temir yo‘llarning paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi. Uzunligi 1190m bo‘lgan birinchi temir yo‘l tonneli Angliyadagi Liverpul – Manchester liniyasida 1826–1830 yillarda qurilgan. Deyarli bir vaqtning o‘zida temir yo‘l tonnellarini qurish Fransiya va boshqa yevropa davlatlarida keng tarqaldi.
Tonnel qurilishining tez rivojlanishiga qaramasdan, qo‘l bilan burg‘ilash va qora poroxni portlatish yordamida quriladigan tonnellarning uzunligi 3,5km dan oshmadi. Texnika saviyasi uzun tonnellarni qurish imkoniyatini chekladi. Piroksilin (1845 y.) va dinamit (1866 y.) (portlovchi modda) larning kashf qilinishi, hamda tog‘ ishlarida zarbali-aylanma ta’siridagi burg‘ilash mashinalarining (1851 y.) muvaffaqqiyatli qo‘llanishi tonnel qurilishida texnik burilish sodir qildi va tonnel quruvchilari oldida turgan eng qiyin masalalarni yechish imkonini berdi (Fransiya, Italiya va Shveysariya orasidagi katta alp tonnelini qurish).
1857–1871 yillar Fransiyani Italiya bilan bog‘lagan, uzunligi 12850m bo‘lgan Mon-Senis tonneli, 1872–1882 yillar Italiyani Shveysariya bilan bog‘lagan, uzunligi 14984m bo‘lgan Sen-Gotard tonneli qurildi. Birinchi jahon urishi boshlanishiga qadar har biri 5km dan uzun bo‘lgan 26 ta tonnel qurildi, shu jumladan Italiyani Shveysariya bilan bog‘lagan, uzunligi 19780m bo‘lgan dunyodagi eng uzun Simplon tonneli. Ikkita bir izli tonneldan bittasi – Simplon I – 1898 yilda boshlanib, tonnel quruvchilar duchor bo‘lgan ayrim qiyinchilik (ulkan tog‘ bosimi, ko‘p miqdordagi issiq suvning oqib kelishi, 550 S gacha yetgan qazilmadagi yuqori harorat) larga qaramasdan1906 yilda tugallandi. Simplon II tonneli esa 1921 yilda ishga tushirildi. Tonnel obdelkalarini ko‘tarish uchun asosiy material ohak, sement va rastvorda terilgan xarsangtosh hisoblangan. Faqat 1889 yilga kelibgina dastlab tonnellarni rekonstruksiya qilish uchun, XX asrning birinchi choragidan boshlab tonnel qurilishida beton qo‘llanishi keng tarqala boshlandi.
Birinchi jahon urishidan so‘ng tonnel qurilishining ko‘lami pasaydi. Buni ma’lum darajada bu vaqtga kelib Yevropaning asosiy davlatlarida temir yo‘l tarmoqlarining rivojlanishi ma’lum darajada oxiriga yetgani bilan tushuntirish mumkin. Bu davrda qurilgan ko‘pchilik inshootlar orasida dunyoda eng uzun ikki izli temir yo‘l tonnelini ajratish mumkin – o‘rtasida aylanib o‘tish bekati mavjud bo‘lgan Florensiya – Bolonya liniyasidagi (1920–1931 yy., uzunligi 18510m) B. Apennin tonneli. Shu vaqtda (1927 y.) Marsel – Rona (Fransiya) suv magistralida, uzunligi 7118m li ko‘ndalang kesimi bo‘yicha dunyoda eng katta (qazilgan joy o‘lchamlari 24,5x17,1m) bo‘lgan kemalar qatnovchi Rov tonneli qurib bitirildi. Tog‘ tonnellarini qurish bilan bir qatorda, avval temir yo‘l, birinchi jahon urishidan keyin esa avtomobil yo‘llari uchun suv osti tonnellarini qurish rivojlandi. Cho‘yan elementlar – tyubinglardan tashkil topgan qurilmalar hamda, siqilgan havo bilan birgalikda tonnel shchitini qullash tufayli, suvni siqib chiqarish imkoni yaratilganidan so‘ng, suv osti tonnellarini qurish sharoiti tug‘ildi.
Tonnel shchiti birinchi bo‘lib 1825 yilda Bryunel tomonidan Temza daryosi ostida tonnel qurishda qo‘llanildi, ammo u 1869 yilda Barlou va Greytxed tomonidan mukammallashtirilganidan so‘nggina umum tan olishga sazovor bo‘ldi. Greytxed tomonidan 1886 yilda London metropolitenining tonnelini o‘tkazishda siqilgan havo birinchi marta muvaffaqiyatli qo‘llanildi, garchi siqilgan havo ostida shaxta (quduqsimon bo‘shliq) stvoli (ustun, kolonnaning ichki qismi) o‘tkazish 1839 yildayoq Triger tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsada.
Shchitli usul bilan ko‘p sonli suv osti tonnellari qurilgan, ayniqsa AQSh da faqat Nyu-Yorkda 19 ta yirik suv osti tonneli mavjud, ulardan eng ahamiyatlisi serbalchiqli gruntga shchitni bosib kirgizish yo‘li bilan kunida 13,5m rekord tezligida Gudzon daryosi ostidagi Linkoln tonneli (tashqi diametr 9,43m, uzunligi 2495m, suv osti qismining uzunligi 1397m) hisblanadi. O‘sha vaqtda dunyoda eng uzun suv osti tonneli 6330m uzunlikka ega bo‘lgan, 1936–1941 yillarda Yaponiyada Simonosek bo‘g‘ozi ostida qurilgan bir izli temir yo‘l tonneli hisoblanadi. Suv osti tonnellari ichida siqilgan havoni qo‘llamasdan yarim shchitli usul bilan qoyali jinslarda qurilgan Mersey (Angliya) tonnelining, ko‘ndalang kesimi (tashqi diametr 14,1m, uzunligi 3425m, suv osti qismining uzunligi 1372 m) eng kattasi deb hisoblanadi.
Suv osti tonnellarini qurishda shchitli usul bilan bir qatorda, qirg‘oqda tayyorlanadigan va suv osti transheyasiga cho‘ktiriladigan, tushirib-ko‘tariladigan seksiya usulini qo‘llash keng ommalashadi. Mazkur progressiv (ilg‘or) usul ishchilarning salomatligi uchun, zararli siqilgan havoni qo‘llash zaruratini inkor etadi, qurilish vaqtini qisqartiradi hamda narhini kamaytiradi. Tushirib-ko‘tariladigan seksiya usuli bilan quriladigan tonnellar ichida 1938–1942 yillarda qurilgan Maas daryosi tubidagi (Gollandiya) qo‘shma foydalanishdagi transport tonneli (suv osti qismining uzunligi 1915m, seksiyasi 21,3x10,62m kesimli va uzunligi 91,2m) ajralib turadi.
1863 yilda London metropolitenining birinchi liniyasi ishga tushirilishi bilan dunyoning yirik shaharlarida yer osti inshootlarining murakkab majmuasi hisoblangan qurilish davri boshlandi. Xozirgi vaqtda 33 metropoliten (shu jumladan Moskva, Sankt-Piterburg va Kievda) ekspluatatsiya qilinayapti, 32 metropoliten esa loyihalash va qurish bosqichida turibdi. 400km dan ortiq (ulardan 175km yer usti) uzunlikka ega bo‘lgan (ikki izli hisobida), 530 bekatlari bilan Nyu-York metropoliteni liniyasi tarmoqlari eng ko‘p ravnaqqa ega.
Birinchi avtomobil tonneli 1927 y. AQSh da Gudzon daryosi tubida qurilgan. U Nyu-Yorkda Manxettendagi Kennel ko‘chasini Jersi shahrining 12- va 13 ko‘chalari bilan bog‘lagan. Rossiyada birinchi temir yo‘l tonneli (uzunligi 1280m li ikki izli Kovno tonneli) 1862 yilga kelib qurildi. Xozirgi vaqtgacha Rossiyada eng uzun tog‘ tonneli hisoblangan ikki izli Suram tonneli katta qiziqish uyg‘otadi (1886–1890 yy., uzunligi 3998 m).
XX asrning oxirgi yillarida gidrotexnik, kommunal va maxsus tonnellarni qurish ko‘lami ancha oshdi. Gidrotexnik tonnellar odatda mustahkam qoyali jinslarda quriladigan gidroelektrostansiyalar qurilishi munosabati bilan keng tarqaldi hamda kesimi va uzunligi bo‘yicha rekordli o‘lchamlarga ega. Misol uchun, Stornfors (Shvesiya) olib chiqadigan gidrostansiya tonneli kesimining eni 15,8m bo‘lganda, balandligi 26,8m ga yetadi, Snou–Merey tonnel uzunligi 29,2km ni tashkil etadi.
MDH da birinchi avtomobil tonneli 1938 yilda Moskvadagi Tver ko‘chasi ostida, uning Bulvar xalqasi (Pushkin maydoni) bilan kesishgan joyida qurilgan. Hozirgi vaqtda tonnellar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida keng ommalashgan. Ular vazifasi, yer yuzasiga joylashish holati bo‘yicha sinflanishi mumkin. Vazifasi bo‘yicha tonnellar to‘rta asosiy guruhga bo‘linadi: 1) aloqa yo‘llaridagi tonnellar; 2) gidrotexnik tonnellar; 3) kommunal tonnellar; 4) maxsus vazifadaga ega tonnellar.
Eng ko‘p ommalashgani aloqa yo‘llaridagi tonnellar, ularga temir yo‘l, avtoyo‘l, kema qatnovli va piyodalar tonnellari, metropoliten tonnellari, hamda bir kesimda transportning bir necha turi uchun tonnellar.
Tonnel qurish uchun qazilma – yer qatlamidagi sun’iy bo‘shliq zarur. Turg‘un jinslarda odatda qazilma mahkamlanmasdan qoldiriladi, noturg‘unlarida ­– asosiy elementi roshpana hisoblangan vaqtinchalik mustahkamlash inshooti, undan keyin esa obdelka quriladi. Obdelka uni o‘rab turgan tog‘ jinsining bosimini qabul qiladigan va tonnel gidroizolyatsiyasini ta’minlaydigan muhim element hisoblanadi. Tonnel chiqish joyi atrofida joylashgan uchastkasining qismi portal deb nomlanadi. Portallar o‘rab turgan landshaft fonida tonnelga kirishda arxitekturaviy ko‘rinish beradi.

Download 9.35 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 9.35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15 mavzu. Tonnellar arxitekturasi Reja: Tonnelarning konstruksiyasi va ularning zamonaviy turlari

Download 9.35 Mb.