2-ma’ruza. II bob. Texnika vositalarida xavf-xatarlar va ulardan




Download 337.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana03.09.2023
Hajmi337.53 Kb.
#80110
  1   2   3   4   5
Bog'liq
vKgfrFavGNf7iRSwVsI3TW5SPxokb6TY3zLVLr2C, 6- маърузакомпрессорлар, Materiallar qarshiligi. Qoraboev B, Kurs ishi 6-qism TVL-14, 1-м, 1-мavzu, 3, 4, 5


2-MA’RUZA. II bob. Texnika vositalarida xavf-xatarlar va ulardan 
muhofazalanish 
2.1 Xavf-xatar haqida tushinchalar va ulanii tahlil qilish 
Xavf tushunchasi. Umuman, sanoat korxonalarida va hayot faoliyatining 
boshqa turli jabhalarida xavfli vaziyatlar bo'lib turishi muqarrar va buni hech kim 
va hech qachon inkor etgan emas. Xavf-xatar tahlilining asosiy obyekti bu «Inson 
— mashina — atrof-muhit (IMA)» tizimini tashkil qiladi bu esa o'z navbatida 
ma'lum bir vazifani bajarish uchun texnik obyekt sifatida birlashgan odamlar va 
atrof-muhit bir-birlari bilan o'zaro bog'langan holda butun bir kompleks shaklida 
mujassamlanadi. Bunday birlashishning eng sodda turi insonning uy sharoitida uy-
ro'zg'or ishlarida foydalaniladigan mashina va mexanizmlardan foydalanganda 
bo'ladigan qisman muloqotini keltirib o'tish joiz. Bundan tashqari, bunday 
sharoitlar unga yo'l sharoitida va har xil sanoat korxonalari bilan bo'ladigan bordi-
keldi ishlarida ham mujassamlanishi mumkin. Buni hududiy, hududlararo va 
mamlakat hamda dunyoviy miqyosda ajratish mumkin. Mujassamlashish doimiy 
va nodoimiy bo'lishi mumkin. 
IMA tizimiga kiruvchi obyektlarning nodoimiy mujassamlashish jarayonida 
favqulodda holat vujudga kelishi mumkin. Buni xavf-xatar tahlili usulini va 
tuzilishini quyidagi jadvallarda ko'rib chiqamiz. 
Favqulodda hodisa — IMA tizimida nisbatan qisqa muddat ichida yuz berishi 
mumkin bo'lgan hisobga olinmagan, rejalashtirilmagan noxush va ko'ngilsiz voqea 
bo'lib, butun ish rejasini buzib yuboradi. 
Baxtsiz hodisa — favqulodda hodisaning inson organizmiga zarar yetkazish 
bilan tugallangan ko'rinishidir. 
To'xtash-favqulodda 
hodisaning 
tizimning 
ishlash 
qobiliyatiga 
putur 
yetkazishda ifodaianadi. 
Hodisa — to'xtashning inson xulqi yoki noto’g'ri harakati natijasi deb 
tushuniladi. 
Xavf-xatar tahlili yuqorida sanab o'tilgan xavflami oldindan ko'ra bilish va uni 
kelib chiqishini oldini oladigan chora-tadbirlar belgilash imkoniyatini yaratadi. 
Xavf-xatar tahlilida asosan muhim bo'lgan quyidagi savollarga javob topish yo'li 
bilan amalga oshiriladi. Qaysi obyektlar xavfli va ularning xavfi nimada? Qanday 
favqulodda hodisalarni oldini olish mumkin? Qaysi favqulodda hodisalarni to'liq 
yo'qotish mumkin emas va u tez-tez bo'lib turadimi? Oldi olinmagan favqulodda 
hodisalar odamlarga, moddiy obyektlarga va atrof-muhitga qanchalik zarar 
yetkazishi mumkin? 
Xavf-xatarni tahlil qilish uning xavflilik darajasini aniqlagan holda uni 
yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash bilan yakunlanadi. Bu albatta, 
birmuncha zaruriy bilimlarni: ehtimollik nazariyasi, statistika tahlili, injenerlik 


bilimlari bilan birga fikrlash va mushohada qilish imkoniyatiga ega bo'lgan 
kishilargina bajarishi mumkin. 
Asosiy tushunchalar. Favqulodda hodisalar va ular haqidagi ma'lumotlar odatda 
A, B, S, D va hokazo harflar bilan belgilanadi. Bunda, masalan, agar favqulodda 
hodisa yuz bergan bo'lsa, A=l, agar favqulodda hodisa bo'lmagan bo'lsa yoki 
yolg'on ma'lumot bo'lib chiqsa, A=0 deb baholanadi. Olingan ma'lumot va 
favqulodda hodisa, haqiqatda chindan ham bo'lgan bo'lsa, uni 1 bilan, yolg'on 
ma'lumot va favqulodda hodisa bo'lish imkoniyati yo'q bo'lsa, unda uni 0. Quyidagi 
6-jadvalda A,V — favqulodda hodisa yoki ma'lumot uchun qo'llanilishi mumkin 
bo'lgan asosiy operatsiyalarni holatlari keltirilgan. 
Favqulodda hodisa yoki ma’lumot ustida ikki o’rinli operatsiya 

Download 337.53 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 337.53 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-ma’ruza. II bob. Texnika vositalarida xavf-xatarlar va ulardan

Download 337.53 Kb.
Pdf ko'rish