2-MA’RUZA: YORUG’LIK DIFRAKSIYASI.
REJA:
1. Yorug’lik difraksiyasi.
2. Frenel va Froungofer difraksiyasi.
3. Frenel zonalari.
4. Difraksion panjara.
5. Rentgen nurlar difraksiyasi.
Tayanch so’z va iboralar
: monoxromatiklik, kogerentlik, yorug’lik interferensiyasi, Yung
usuli, Frenel ko’zgulari, Frenel biprizmasi, ikki manbadan interferensiya, qo’shni maksimum
(minimum)lar orasidagi masofa, yupqa qatlamlardagi interferensiya, maksimum va minimum
shartlari, Nyuton halqalari, optikani ravshanlashtirish, qaytaruvchi qatlamlar, interferometrlar,
Linnik interferometri.
1. Optikaning asosiy qonunlari
Yorug‘lik nurining tabiati o‘rnatilishidan oldin optikaning quyidagi asosiy qonunlari
ma’lum edi:
Yorug‘lik nurining optik bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziqli tarqalish qonuni; yorug‘lik nuri
dastalarining bir-biriga bog‘liq bo‘lmaslik qonuni; yorug‘likning qaytish va sinish qonunlari.
Yorug‘likning to‘g‘ri chiziqli tarqalish qonuni.
Optikaviy bir jinsli muhitda yorug‘lik
nuri to‘g‘ri chiziqli tarqaladi, chunki nuqtaviy yorug‘lik manbai bilan shaffof bo‘lmagan
buyumlar yoritilganda, buyumlar shaklida aniq soYa hosil bo‘ladi. Yorug‘lik nurlari to‘lqin
uzunligiga Yaqin bo‘lgan o‘lchamli buyumlar yoritilganda, bu qonundan chetlashish kuzatiladi.
Oldingi bo’limda biz ko’zgularda tasvir Yasashni o’rgangan edik.
Yorug‘lik nurlari dastalarining bir-biriga bog‘liq bo‘lmaslik qonuni.
Alohida
yorug‘lik nuri dastasida kuzatiladigan hodisalar boshqa dastalar bir vaqtda mavjud bo‘lish yoki
bo‘lmasligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Yorug‘lik oqimini alohida yorug‘lik dastalariga ajratib,
tanlangan yorug‘lik dastasi ta’siri boshqa dastalarga bog‘liq emasligini oson isbotlash mumkin.
|