• 1.Talim olganlikni tashhis etishning mohiyati.
  • 3- ma’ruza: nazorat qilish va baholash usullari reja




    Download 312.26 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana27.04.2022
    Hajmi312.26 Kb.
    #20348
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Maruza 3
    Maruza 1, talabasining ijtimoiy pasporti (3) (3), 6-klass bayanlamasi Raduga, 6,7 svoy igra, 1524097-Multi level reading Test 4, 1-mustaqil ish KTE, Elektronika va sxemalar, 8v, Reja rdb texnologik jihozlarida ishlov berishning o’ziga xos xu, gothic qoralama tayyori bor, 3,2 МАТЕМАТИК ТАСАВВУРЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ, algorim, AT, Ахборот технологияси саволлари


    3- MA’RUZA: NAZORAT QILISH VA BAHOLASH USULLARI 
    REJA: 
    1. Nazorat va uning turlari.
    2. O‘quv jarayonida nazoratni tashkil etish usullari.
    3. Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va natijalarini baholash.
    4. Reyting tizimi.
    5. Assisment – nazorat qilishning zamonaviy usuli sifatida.
    1.Ta'lim olganlikni tashhis etishning mohiyati. 
    Ta’lim tashhisi mohyaiti haqida gapirishdan oldin tashhisni umumiy yondashuv 
    hamda tashhislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashhis – 
    bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini 
    belgilash demak. Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshharish, mavjud sharoit 
    uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. 
    Ta’lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik farqlanadi. 
    SHuningdek, ta’lim olganlikni tashhislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga 
    oshirishda erishilgan daraja sifatida ham haraladi. Didaktik tashhisning maqsadi o‘quv 
    jarayonini uning samaradorligi bilan bog‘liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan 
    iborat. 
    YUqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, tashhis ta’lim oluvchilarning bilim, 
    ko‘nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no 
    kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning 
    kelib chiqishini izohlamaydi. Tashhis natijalarini ularga erishish yo‘llari va vositalari
    usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim samarasini ta’minlovchi jarayon va 
    bosqichlarni aniqlaydi: 
    O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash 
    tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha 
    qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi 
    bo‘lib kelgan. SHunga haramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari 
    haqida qizg‘in munozaralar davom etmoqda. Avval bo‘lgani kabi pedagoglar baho 
    nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ularning fikrlaricha, bahoning:
    1) 
    ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi – sifat 
    ko‘rsatkichi, yoki;
    2) 
    u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini ko‘rsatuvchi 
    ko‘rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur. 
    Ta’limni baholashda ziddiyatli harashlarning tug‘ilishini buyuk pedagog 
    YA.A.Komenskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi. U pedagoglarni o‘zlari ega bo‘lgan baholash 
    huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning 
    ob’ektiv bo‘lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi. 
    Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) 
    nazorat bo‘lmasligi lozim, Didaktik nazorat ta’limning o‘ziga xos metodi sifatida aniq 
    ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lishi o‘z-o‘zini nazorat 
    qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o‘zi uchun zarur va foydali 
    bo‘lishi lozim. 
    Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat va 
    baholashdan emas, balki baho yordamida o‘qishga undashning murakkab shakllaridan 
    voz kechishni talab qiladi. O‘quvchilarning o‘quv mehnatini rag‘batlantirishning yangi 
    usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to‘plab borayotgan shaxsiy foyda


    tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. Tashhislash tizimida baho 
    rag‘batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega. Birinchi navbatda, baholovchi 
    fikrlar (ballar) qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tashhislash natijalari shaxsning yetuklik 
    darajasini belgilashga ko‘maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda 
    muhim omil sanaladi. Ta’lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan 
    boyitilgan baho o‘tmishda o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan ta’limning zaruriy 
    vositasidan shaxsiy reyting – shaxsning jamiyatdagi mavqei ko‘rsatkichini tadrijiy 
    aniqlash usuliga aylanadi. 

    Download 312.26 Kb.
      1   2   3   4




    Download 312.26 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3- ma’ruza: nazorat qilish va baholash usullari reja

    Download 312.26 Kb.
    Pdf ko'rish