O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari




Download 312.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.04.2022
Hajmi312.26 Kb.
#20348
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza 3
Maruza 1, talabasining ijtimoiy pasporti (3) (3), 6-klass bayanlamasi Raduga, 6,7 svoy igra, 1524097-Multi level reading Test 4, 1-mustaqil ish KTE, Elektronika va sxemalar, 8v, Reja rdb texnologik jihozlarida ishlov berishning o’ziga xos xu, gothic qoralama tayyori bor, 3,2 МАТЕМАТИК ТАСАВВУРЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ, algorim, AT, Ахборот технологияси саволлари
2. O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari. 
. Ta’lim jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga 
olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat 
va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning 
uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab 
berishi lozim. 
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari 
darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash 
tekshirish deb ham ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi 
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv 
materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va 
nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat 
o‘quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o‘quv mehnati hajmini ham 
aniqlashdan iborat. 
Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta’lim oluvchilarning bilim darajasini 
oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan 
avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni 
o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli. 
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni o‘zlashtirish 
jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv 
dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashhislash 
imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan 
vaziyatni o‘rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv 
materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi 
va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi. 
Oraliq tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi 
bosqichi sanalib, o‘quvchilarning o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari 
bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash 
shakli. YAngi mavzuni o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘zlashtirilganlarni 
takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq 
o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik darajasini tashhislash 
imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina 
ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi. 
Tizimning to‘rtinchi bosqichi –o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini 
yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish hisoblanadi. 
Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv 
materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini 
tashhislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish. 


Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta’lim oluvchilarning ta’lim 
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy 
tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o‘quv 
yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘shib, o‘rtacha arifmetik ballni mexanik 
tarzda chiharishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda 
belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjad bilim darajasi (sifati)ni tashhislashdir. 
Tekshirishdan tashhari nazorat o‘z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho 
(natija sifatida) ham oladi. O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting 
daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari 
va hokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini 
baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining 
ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko‘rsatkichlari ko‘proq 
ballar yoki foizlarda. Sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniharli va hokazo 
baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan 
(belgilangan) ma’lum ball, ko‘rsatkich (masalan, o‘rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. 
Bunda baho o‘lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi 
fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida qo‘llashga 
berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D 
va hokazo) ifodaga ega.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan davlat ta’lim 
standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy hajmi 
o‘rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni 
kelib chiqadi. O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi BqA/T yuz foiz nisbat 
asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi; 
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi; 
T – o‘zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning to‘liq hajmi. 
Ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (baho) bu o‘rinda 100 foiz – 
axborotni to‘liq o‘zlashtirish va 0 foiz – uning umuman mavjud emasligi o‘rtasida 
bo‘ladi. Ma’dlumki, baholash funktsiyasi ta’lim darajasini qayd etish bilangina 
cheklanmaydi. Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni 
o‘zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish 
vositasi. Aynan xolis (ob’ektiv) baholash ta’sirida o‘quvchilarda adekvat o‘z-o‘zini 
baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. SHu bois 
bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o‘quvchilar o‘quv faoliyatining barcha 
jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlab 
topishni taqozo etadi. 
Hisobga olish ta’limning muayyan davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini 
umumlashtirish, xulosalash demakdir. 
O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni 
haratish lozim: 
1) 
o‘quv dasturi asosida mavzu va bulimni o‘rganishda o‘quvchilarning 
bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish
2) 
har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati to‘g‘risida 
xulosa chiharish; 
3) 
o‘rtacha 
arifmetik 
ma’lumotlarga 
tayanibgina 
o‘quvchilarning 
o‘zlashtirish darajasini baholamaslik; 


4) 
o‘quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish 
uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib 
tahlil etish.
Demak, o‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, 
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi:
Nazorat qilishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari 
darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi 
bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi va o‘qituvchining o‘quv metod hamda 
usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini 
o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir. 
Ta’lim vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. YAngi 
mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o‘quvchilarning 
o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilish 
olishlariga imkon tug‘iladi. CHunki guruhdagi boshqa o‘quvchilar javob berayotgan 
o‘quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni 
mustahkamlab, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishadi. O‘rtoqlarining javoblariga 
qo‘shimcha qilishga yoki yeilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali 
o‘rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi. 
Nazoratning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga 
tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar,bo‘sh vaqtlaridan unumli 
foydavlanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar. 
SHuningdek, tekshirish va baholash o‘quvchining o‘z bilimlari va qobiliyatlarini 
o‘zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O‘zidagi kamchiliklarni ko‘ra olishga va 
uni tugatish yo‘llarini izlashga ko‘maklashadi. Lekin o‘quvchining bilimini baholashda 
o‘qituvchi nohaqlikka yo‘l qo‘ysa, o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ziddiyat kelib 
chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko‘p bo‘lishi ham o‘quvchilarning yuzaki 
dars tayyorlashiga olib keladi. 
Eng asosiysi o‘zlashtirishni hisobga olish shaxsning ijobiy fazilatlarini 
shakllantirish, yaxshi o‘qishga xohish uyg‘otish, o‘quv ishlariga vijdonan yogdashish, 
javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo‘lish hamda bilish faoliyatini 
chuqurlashtirishga yo‘naltirilmog‘i lozim. 
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, 
shaxsning tafakkurini rivojlantirish hamda his-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini 
tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi 
sanaladi. 
O‘qituvchi mazkur vazifalardan xabardor bo‘lish asosida o‘quvchilarning 
o‘zlashtirish darajasini hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etadi. 

Download 312.26 Kb.
1   2   3   4




Download 312.26 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari

Download 312.26 Kb.
Pdf ko'rish