• Aminokislotalar Belgisi № Aminokislotalar
  • Jadval 3. Aminokislotalar va ularning shartli belgilari




    Download 4.64 Mb.
    bet27/107
    Sana01.07.2021
    Hajmi4.64 Mb.
    #15319
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107
    Jadval 3. Aminokislotalar va ularning shartli belgilari.



    Aminokislotalar

    Belgisi



    Aminokislotalar

    Belgisi

    1

    Alanin

    A

    11

    Leytsin

    L

    2

    Arginin

    R

    12

    Lizin

    K

    3

    Asparagin

    N

    13

    Metionin

    M

    4

    Asparagin kislota

    D

    14

    Prolin

    R

    5

    Valin

    V

    15

    Serin

    S

    6

    Gistidin

    N

    16

    Tirozin




    7

    Glitsin

    G

    17

    Treonin

    t

    8

    Glutamin

    Q

    18

    Triptofan

    W

    9

    Glutamin kislota

    ɛ

    19

    Fenilalanin

    F

    10

    Izoleytsin

    I

    20

    Sistein

    S

    Bir aminokislotaning karboksil guruhi va ikkinchi aminokislotaning aminoguruhi o'rtasida peptid bog'i hosil bo'ladi. Oqsil molekulasidagi eng birinchi aminokislota erkin aminoguruhga (N-uchi), ohirgi aminokislota esa erkin karboksil guruhga (C-uchi) ega.

    Oqsil molekulasida 40 dan 1000 gacha aminokislota qoldig'i bo'ladi. Molekulasidagi aminokislotalar ketma-ketligi va aminokislotalar turiga ko'ra oqsil har hil konformatsion shaklga kiradi. Ko'pchilik faol oqsillar ikki yoki undan ortiq polipeptid zanjiridan iborat bo'ladi. Asosiy funktsiyalarni bajaruvchi oqsillar ko'plab polipeptid zanjirlar – subbirliklardan tuzilgan.

    Oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligini RNK zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligi belgilaydi; 3 ta nukleotid (triplet) 1 ta aminokislotani kodlaydi.

    Nukleotidlar tilida yozilgan genetik ahborotni aminokislotalar tiliga o'tkazishda RNK muhim zveno bo'lib hizmat qiladi. RNK DNK ma'lum uchastkalarida sintezlanadi.

    RNK polinukleotid molekula bo'lib, DNK dan 2 ta parametr bo'yicha farq qiladi:


    1. RNK da 2 ta gidroksil guruh saqlovchi riboza bor.

    2. RNK da timin o'rnida uratsil joylashgan.

    RNK ning bir zanjirli bo'lishining sabablari:

    • hujayraviy tuzilishga eha bo'lgan organizmlarda RNK asosida RNK sintez bo'lishini katalizlaydigan ferment yo'q (ayrim viruslar bundan mustasno);

    • uratsilda metil guruh yo'q, shuning uchun u adenin bilan mustahkam bog'lana olmaydi, buning natijasida RNK o'zining ikkinchi komplementar zanjirini «ushlab» turolmaydi.

    RNK bir zanjirli bo'lgani uchun spiral bo'lib buralmagan. Uning 3 hil turi bor:

    • informatsion yoki matritsali RNK (iRNK yoki mRNK);

    • ribosomal RNK (rRNK);

    • transport RNK (tRNK)

    Ribosomalar – tarkibida RNK va strukturaviy oqsil saqlovchi nukleotid zarrachalar. Ribosomalarning biokimyoviy roli – oqsil sitezi. Aynan ribosomalarda alohida aminokislotalar birikib oqsillar hosil bo'ladi.

    Prokaiotlarda barcha turdagi RNKlar transkriptsiyasi bitta RNK – polimeraza ishtirokida kechadi. Eukariotlarda esa mRNK, rRNK, tRNK boshqa-boshqa RNK-polimerazalar ishtirokida sintezlanadi.

    Prokariotlardagi DNKda genlar ketma-ket joylashgan, eukariotlarda esa DNK ning ayrim zonalarida hech qanday ahborot saqlanmaydi. DNK ning ahborot saqlovchi qismi ekzonlar, ahborot saqlamaydigan qismi esa intronlar deyiladi. Transkriptsiya jarayoni tugaganidan keyin intronlar mahsus fermentlar yordamida kesiladi. Natijada mRNKda faqat ekzonlar qoladi va ular bir-biriga birikadi (splaysing). Ekzonlar uzunligi ko'pincha 150-200 ta nukleotid bo'lsa, intronlar uzunligi 40-10 000 nukleotidgacha bo'ladi.



    Hujayradagi RNK larning foiz ulushi:

    • mRNK 3-5%;

    • rRNK 90%;

    • tRNK 4%.

    Nisbatan yirik rRNK molekulasi oqsillar bilan birikib ribosomaning katta subbirligini tashkil qiladi. Kichikroq rRNK esa kichik subbirlikni hosil qiladi. Oqsil sintezida ikkala subbirliklarning qo'shilishidan ribosoma paydo bo'ladi. rRNK ribosoma massasining 60% tashkil etadi.

    Hujayrada ribosomalardan tashqari 60 ga yaqin turli hil tRNK mavjud. tRNK bir zanjirli molekula bo'lib, nukleotidlari soni 75 dan 93 gacha bo'ladi. aminoatsil-tRNK-sintetaza fermenti yordamida tRNKning 3'-uchiga aminokislota ulanadi. 20 ta aminokislotaning har biriga alohida tRNK bor. tRNKning ikkinchi uchidagi ohirgi 3 ta nukleotid antikodon deyiladi. Antikodon mRNKdagi kodonni tanib oladi va sintezlanayotgan oqsil molekulasiga qanday aminokislota kelib birikishiga javob beradi.



    Translyatsiya (oqsil sitezi) mRNK, turli tRNK va boshqa faktorlar yordamida amalga oshadi.

    Ikkita yoki undan ortiq oqsillar kodini saqlovchi nukleotidlar ketma-ketligi operon deyiladi.

    Hujayrada mRNK va oqsil sintezi qat'iy tartibda bajariladi. Hujayrada bir vaqtning o'zida ham transkriptsiya, ham translyatsiya jarayonlari sodir bo'lmaydi. Chunki buning uchun hujayrada etarlicha resurs mavjud emas. Prokariotlar va eukariotlar hujayradagi faqat eng zaruriy, eng asosiy funktsiyalarni bajarish uchun kerak bo'ladigan mRNKni sintezlaydi.



    Aminokislotalarning ATF (adenozintrifosfat) ishtirokida faollanish jarayoni polipeptid zanjir hosil bo'lishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Faollanish jarayoni fermentlar yordamida kechadi. Bunda aminoatsiladenilatlar hosil bo'ladi. Keyin aminoatsil-tRNK-sintetaza fermenti ta'sirida (har bir aminokislota uchun mahsus o'zining fermenti bor) aminokislota faollanadi va tRNK bilan bog'lanadi. tRNK va aminokislota kompleksi ribosomaga boradi. Ribosomada esa oqsilning polipeptid zanjiri sintezlanadi. Sintezlangan oqsil ribosomalardan ajraladi. Ribosomalar esa boshqa yangi oqsil molekulasini sintez qilish uchun yangi tRNK va aminokislota kompleksini «kutib» turadi. Shunday qilib, ribosomalarning faolligi va yahlitligi oqsil sintezi uchun juda muhimdir.



    Download 4.64 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107




    Download 4.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadval 3. Aminokislotalar va ularning shartli belgilari

    Download 4.64 Mb.