Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari




Download 113.33 Kb.
bet1/29
Sana29.01.2024
Hajmi113.33 Kb.
#147819
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari
05-02 qisqa guruh tarbiyachi daftari, Venn-diagrammasi-, Matematik-damino-oyini, kompyuter Tarmoqnini montaj qilsh turlar, 85-96 betlar, Презентация Microsoft PowerPoint, 2021- догерек Айсара (3), Bekchanova-zilola kurs-ishi m. . m pdf, маънавият маъруза -4, 1-Mustaqil ish topshiriqlari (2), ABBAZ, 1. Korporativ huquq tushunchasi Korporativ huquqiy munosabatlar -fayllar.org, Ilmiy bashorat-fayllar.org, IMSlar, E va S1 Mustaqil ish namuna variant ro\'yxat

Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari

  1. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish.

Zamonaviy maktab oldiga qo'yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o'quvchilar um umiy rivojlanishining o'sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o'qish mazmuni va o'qitish metodlariga o'zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog'liq holda badiiy asarni tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o'qilgan m atn yuzasidan o'z fikrini bayon qilish ko'nikm asini o'stiradigan mashqlar ko'paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo'ldi, asar g'oyasi va obrazlarini tushuntirishda o'quvchilam ing mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta ’limda texnika vositalaridan va ilg'or pedagogik texnologiya usullaridan ko'proq foydalanila boshlandi va hokazo.
XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda shakllantiriladigan m atn ustida ishlash ko'nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1—4-sinflarda o'qish malakasiga qo'yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asming 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o'qish kitoblari yaratildi.
Mustaqillik tufayli ta ’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-yil boshlang'ich ta ’limning ham „Davlat ta ’lim standard" yaratildi, o'quv dasturlari yangilandi. 2005-yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta ’lim standartlari va o'quv dasturlari qayta ko'rib chiqildi, „O'qish kitobi" darsliklari ham yangilandi.
O 'zbek m aktablarida taniqli rus m etodist-olim lari T. G. Ramzayeva, M. S. Vasileva, V. G. Goreskiy, К. T. Golenkina, L. A. Gorbushina, M. I.Om orokova, E. A .N ikitina, N . S. Rojdestvenskiy, o'zbek olimlaridan A. Zunnunov, K. Qosimova, Q. Abdullayeva, S.M atchonov, M .Yusupov, M .U m arova, X. G 'ulom ova kabilar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o'qish m etodikasidan ijodiy foydalanilmoqda. Boshlang'ich sinflarda badiiy asar quyidagi m uhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 1. Asar m azmunini tahlil qilish va to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning m azm unini tushuntirishga oid topshiriq o'qish malakalarini takomillashtirish topshirig'i ham hisoblanadi)
2. Asarning g'oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig'i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o'quvchilam ing shaxs sifatida um umiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog'lanishli nutqining o'sishi (lug'atining boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi.
3. O'quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o'qishga o'quvchilam ing bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-m uhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo'lgan muhim omillardan biri uning o'quvchilarga hissiy ta ’siridir. O'quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. M atnni tahlil qilish o'quvchida fikr qo'zg'atishi, hayotiy tajribasining m uallif qayd etgan dalillarga to'g'ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go'zalligi ham alohida qayd qilib o'tiladi.
O'qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o'qishni to'g'ri uyushtirish uchun o'qituvchi badiiy asarning o'ziga xos xususiyatlarini, ta ’limning turli bosqichlarida o'qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o'quvchilam ing matnni idrok etish va o'zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
O'qish darslari o'quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish, yozuvchining hayotiy voqealami qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o'qish va asami tahlil qilish malakasi sinfdan-sinfga o'tgan sari o'stirib boriladi.
O'quvchilar adabiy m a’lumotlami o'zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g'oyasi va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar. O'quvchilar adabiy tushunchalarni o'rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. Adabiy tushunchalarni shakllantirish bilan birga o'quvchilam ing nutqini o'stirish ham m uhim o'rin tutadi.
Boshlang'ich sinflarda asar tahlilida adabiy janr turlari — ertak, hikoya, masal, she’r, doston, maqol, topishmoq bilan birga badiiy til vositalari — sifatlash, o'xshatish, jonlantirish, m ubolag'a bilan ham amaliy ravishda tanishtiriladi.
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o'quvchilarda o'z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o'qish ko'nikmasi o'stiriladi, asar kutubxonasi g'oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o'quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tom onidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta ’sirchanligi, o 'tk ir sujetliligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o'qib bo'lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga alohida aham iyat berish zarur.


  1. Download 113.33 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 113.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari

Download 113.33 Kb.