• I. BOB. O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Pedagogik texnologiyalarning ta’lim-tarbiya tizimidagi o’rni
  • Ta’lim metodi
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 1.09 Mb.
    bet8/58
    Sana01.07.2021
    Hajmi1.09 Mb.
    #15328
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
    Xulosa va takliflar: tadqiqot davomida ishlab chiqilgan metodikadan umumiy o’rta ta’lim maktablari “Mehnat ta’limi” darslarida foydalanish tavsiya etiladi.

    BMI ning tuzilishi va hajmi: bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, ta rasm, ta jadvalni o’z ichiga olgan va hajmi 59 sahifani tashkil etadi.
    I. BOB. O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
    1.1. Pedagogik texnologiyalarning ta’lim-tarbiya tizimidagi o’rni
    Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslari mohiyati xususida so’z yuritish uchun “ta’lim texnologiyasi” tushunchasining tub ma’nosini anglash talab etiladi. “Texnologiya” yunoncha so‘z bo‘lib, “techne”- mahorat san’at hamda “logos” - tushuncha ta’limot so‘zlarining birlashmasidan hosil bo‘lgan. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi esa lug‘aviy jihatdan (inglizcha “an edicational technology”) ta’lim (o‘qitish) jarayonini yuksak mahorat san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan (yoki ta’limot) ma’nosini anglatadi.

    SHuni alohida ta’kidlash kerakki shu kungacha pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan buyon rivojlanib, ishlatilib kelsada uni ma’nosini izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Xususan rus pedagogi V.P.Bespalko ham pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deb ta’riflaydi.

    Yana bir pedagog N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig‘ida muayyan tamoyillarni olg‘a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi ularni izchil qo‘llash kabi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan mustaqil fan ” bo‘lishi lozimligini qayd etadi.

    O‘zbekistonlik pedagog N.Saidaxmedov pedagogik texnologiyani shunday ta’riflaydi:-“Pedagogik texnologiya, bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatlarni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsni shakllantirish jarayonini ifodalash loyihasidir”.

    Keltirilganlarning uyushmasi sifatida Yunesko quyidagi ta’rifini beradi: “Pedagogik texnologiya” – ta’lim shakllarini, optimallashtirish vazifalarini o‘z oldiga qo‘ygan texnik va inson imkoniyatlarini va ularning o‘zaro bog‘liqliklarini hisobga olgan holda o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlashlarning tizimiy usullaridir”.

    “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan kengdir.



    Ta’lim metodi - o‘quv jarayonining namunaviy vazifalarini echishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod qoida va usullar tizimini tavsiflaydi.



    Download 1.09 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




    Download 1.09 Mb.