• Oʻqish motivatsiyasini oshirish. Tayanch soʻz va iboralar
  • Doimiy qayta aloqani tashkil etish




    Download 30.75 Kb.
    bet1/6
    Sana04.01.2024
    Hajmi30.75 Kb.
    #130233
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Texnologiyalarning konseptual asoslari-fayllar.org
    10-mavzu, 5, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 12-maruza, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word

    Texnologiyalarning konseptual asoslari




    2-Mavzu: 
    ZAMONAVIY 
    PEDAGOGIK 
    TEXNOLOGIYALARNING 
    KONSEPTUAL ASOSLARI. 
    REJA 
    2.1 Doimiy qayta aloqani tashkil etish.
    2.2. 
    Individuallashtirish asosida oʻqitishni faollashtirish.

    2.3 
    Oʻqish motivatsiyasini oshirish.

    Tayanch soʻz va iboralar: uzluksiz ta‟lim, axborot, axborot texnologiyalari, axborot 
    kompetentligi, kasbiy tayyorgarlik. 
    Bugungi kunda ta‘lim va tarbiya bilim va koʻnikmalar ―toʻplarni‖ning tez oʻzgarishini
    inobatga olgan holda kelajakka yoʻnaltirilgan boʻlishi, oʻquvchilarning faqatgina insoniyat
    tomonidan toʻplangan bilimlar va tajribalarni oʻzlashtirishlari bilan cheklanmasligi lozim.
    Oʻquvchida doimiy mustaqil ta‘lim olish ehtiyojini tarbiyalash, mustaqillik, faollik, sub‘ektivlik
    kabi shaxs sifatlarini shakllantirishga imkon beradigan oʻqitishning yangi shakllari va metodlari
    zarurdir. Bu vazifa boshlang‗ich ta‘lim bosqichidanoq qoʻyiladi, chunki oʻqituvchilarning
    boshlang‗ich ta‘lim davrida oʻquvchilarda shakllantiriladigan koʻnikma va malakalari butun
    hayot davomida foydalaniladi.
    Boshlang‗ich sinfda bola ilk bor ta‘limda mustaqillikni namoyon eta boshlaydi va u faol
    fikrlash faoliyatiga hamda mustaqillikka qanchalik oʻrganishiga uning umumta‘lim bosqichidagi
    ta‘limining muvaffaqiyati bog‗liq boʻladi. Mazkur muammoni hal etishni koʻpgina
    tadqiqotchilar yangi axborot texnologiyalaridan ta‘limda keng foydalanishda, ya‘ni oʻquv-
    tarbiya jarayonini eng yangi texnologik vositalar, birinchi navbatda kompyuter texnikasi va
    pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish bilan tashkil etishda koʻradilar.
    Bolaga nafaqat kompyuter bilan oson va erkin muloqot qilishga, balki ―hamkorlikdagi‖
    faoliyatning barcha natijalari uchun shunchaki insonning irodasini, rejasini bajaradigan mashina
    emas, insonning oʻzi mas‘uliyatga ega boʻlishini tushunishiga imkon berishi zarur. Shu tariqa,
    bolada oʻzining hattiharakatlari uchun shaxsiy mas‘uliyat hissi rivojlanadi.
    Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib oʻquv jarayonini tashkil etishning
    samaradorligi asosan ikki omillar bilan belgilanadi:
    -
    pedagogik dasturiy vositalarning sifati bilan,
    -
    oʻqituvchiga mazkur vositalarning sifatini va uning kasbiy faoliyati doirasidagi
    muayyan aniq vaziyatda ularning qoʻllanilishini baholashga imkon beruvchi oʻqituvchining
    maxsus axborot kompetentligi bilan.



    Chorak asr davomida tadqiqotchilar boshlang‗ich ta‘limda pedagogik dasturiy vositalarni


    qoʻllashning turli jihatlarini oʻrganganlar:
    -
    ta‘limiy, trenajer va nazorat dasturlaridan foydalanish masalalari.
    -
    kompyuterli dars metodikasini shakllantirish, tegishli metodik majmualarni
    takomillashtirish va yangilarini yaratish.
    Pedagogik faoliyatlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi oʻqituvchilar
    axborot texnologiyalardan foydalanish bilan darslarni oʻtkazishi oʻquv jarayonini
    takomillashtirish va faollashtirishga; oʻquvchilarda aqliy va amaliy hatti-harakatlarni bajarishga
    ijobiy motivatsiyani yaratishga; turli analizatorlarga ta‘sir etish hisobiga bilimlarni oʻzlashtirish
    jarayonini ahamiyatli oshirishga; qoʻlning mayda motorikasini, diqqatni va taktil xotirani
    rivojlantirishga yordam berishga; darsda vaqtdan optimal foydalanishga va hokazolarga
    imkoniyatlarga erishgan.
    Boshlang‗ich ta‘lim oʻquv jarayonida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish maqsadi
    avvalo quyudagilardan iborat:
    -
    oʻrganilayotgan hodisa va jarayonlarni namoyish etish uchun;
    -
    yangi materialni oʻrganish va mustahkamlash uchun;
    -
    oʻrganilgan materialni mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni hosil qilish
    uchun;
    -
    bilim, koʻnikma va malakalarni tekshirish va baholash uchun;
    Amaliyotning koʻrsatishicha, axborot kompetentlikka ega oʻqituvchi tomonidan darsda
    sifatli pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishi boshlang‗ich ta‘limda oʻqish jarayonining
    samaradorligini oshirishga imkon beradi. Tadqiqotchilar pedagogik dasturiy vositalardan
    foydalanish bilan oʻqish jarayonining samaradorligini oshirishning quyidagi tashkil etuvchilarini
    ajratadilar:



    Download 30.75 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 30.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Doimiy qayta aloqani tashkil etish

    Download 30.75 Kb.