• Gidrofob moddalardan miksturalar tayyorlash
  • Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash
  • Mikstura suspenziyalarni saqlash va berish
  • Suspenziyalar sifatini baholash Resuspendirlanish
  • 13 - Ma’ruza. MAVZU 13. Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar.
  • Tayanch atama va iboralar
  • Emulsiyalarning hosil bo’lish nazariyasi
  • Dispersion usulda suspenziyalar tayyorlash




    Download 5.86 Mb.
    bet9/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi5.86 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35

    Dispersion usulda suspenziyalar tayyorlash

    Gidrofil bukmaydigan moddalardan suspenziya tayyorlash

    Gidrofil bukmaydigan moddalardan (vismut nitrat asosi, rux oksidi, magniy oksidi, magniy karbonat, ok gil, kraxmal, talk) suspenziyalar tayyorlashda ularni professor B.V. Deryagin koidasiga kura maydalanadi. Bunda 1 g modda 0,4—0,6 ml suyuqlik bilan dispergirlanadi. Hosil bo’lgan butkaga 10—20 barobar ko’p suyuqlik qo’shib yaxshilab hovoncha dastasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 2—3 daqiqa tindiriladi. Ustki qismi idishga solinadi, chukmasi esa yana maydalanib ustiga yana 10—20 barobar ko’p suyuqlik qo’shiladi va yuqoridagi jarayon takrorlanadi.

    Rp.: Bismuthi subnitratis 4,0

    Aq. Menthae piperitae 200 ml

    M.D.S. Ichish uchun.

    Vismut nitrat asosi 1,5—2 ml yalpiz suvi bilan hovonchada maydalanadi. Hosil bo’lgan pulpa 40 ml yalpiz suvi bilan suyultiriladi (aralashtirib turgan holda). 2—3 minutga qoldiriladi. So’ng ustki qismi shisha idishga solinadi. Tagidagi chukma yana 40 ml yalpiz suvi bilan aralashtiriladi. Bu jarayon chukma tugaguncha davom ettiriladi. «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb ezilgan yorliq21 yopishtiriladi.

    Rp.: Zinci oxydi 1,5

    Hexamethylentetramini 1,0

    Aquae purificatae 120 ml

    M.D.S. Sirtga qo’llash uchun.

    Rux oksidi miqdori 3% dan kam bo’lgani uchun suspenziya og’irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Dastlab yordamchi idishga 110 ml tozalangan suv 10 ml geksametilentetramin eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. Hovonchaga 1,5 g rux oksidi solib 0,75 ml eritma bilan aralashtirib maydalanadi (Deryagin koidasiga kura). So’ngra 15 ml (10 barobar ko’p) eritma qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. 2—3 daqiqa tindirilib, ustki qismi idishga solinadi. CHukma yana maydalanib, ustiga 15 ml eritma qo’shib aralashtiriladi. YAna 2—3 minutga qoldirilib, ustki qismi idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi qolmaguncha takrorlanadi. Suspenziyaga «Ishlatishdan oldin chayqatilsin», «Sirtga qo’llash uchun» deb ezilgan yorliq epishtiriladi.

    Rp.: Extracti Belladonnae 0,1

    Bismuthi subnitratis 2,0

    Aq. rurif.100 ml

    M.D.S. 1 desert qoshiqdan 3 mahal

    Dastlab quyuq ekstraktning suvli eritmasi tayyorlab olinadi. So’ngra yuqoridagi retsept texnologiyasi buyicha suspenziya tayyorlanadi.

    Rp.: Zinci oxydi 20,0

    Talci 20,0

    Glycerini 30,0

    Aq. rurif. 100 ml

    M.D.S. Sirtga.

    Bu retseptda quruq modda miqdori 3% dan ko’p bo’lgani uchun suspenziya og’irlik usulida tayyorlanadi.

    Hovonchada rux oksidi, talk aralashtiriladi va 20 g glitserin bilan dispergirlanadi. So’ng qolgan glitserin solinadi va oz-ozdan suv qo’shib shisha idishga yana chayib solinadi.

    Rp.: Magnesii trisilicati 5,0

    Magnesium carbonatis light 5,0

    Natrii bicarbonatii 5,0

    Peppermint aqua 2,5 ml

    Aq. purif. ad. 180 ml

    M.D.S. Ichish uchun.

    Pasporti: Magniy trisilikat-5 g

    Magniy karbonat-5 g

    Natriya gidrokarbonat-5 g

    YAlpizli suv 2,5 ml

    Tozalangan suv 100-5-5-5-2,5=82,5ml

    M um=100 g

    Havonchada quruq moddalar yaxshilab eziladi, so’ngra 7,5 ml tozalangan suvi bilan hovonchada yaxshilab bo’tqasimon massa xosil bo’lguncha maydalanadi. Hosil bo’lgan pulpa tozalangan suv bilan suyultiriladi (aralashtirib turgan holda). 2—3 minutga qoldiriladi. So’ng ustki qismi shisha idishga solinadi. Havonchadagi cho’kma yana tozalangan suv bilan aralashtiriladi. Bu jarayon cho’kma tugaguncha davom ettiriladi. Eng oxirida yalpizli suv qo’shib, «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb ezilgan yorliq yopishtiriladi.22

    Bu gidrofil xususiyatli moddalar bilan suspenziyalar tayyorlashga misol bo’ladi.

    Gidrofil bo’kuvchi moddalarga tanalbin, tealbin, sanalbinlar kiradi. Bunday moddalardan suspenziya tayyorlashda ularni quruq holda maydalab olish zarur.


    Gidrofob moddalardan miksturalar tayyorlash

    Gidrofob moddalarga kamfora, fenilsalitsilat, terpingidrat, mentol, benzonaftol va boshqalar kiradi. YUqorida ko’rsatganimizdek, bu moddalarning poroshogi suv bilan aralashib, yumaloklashgan massani hosil qiladi va suv yuzasida suzib yuradi. Bemor hamma yozilgan moddani bir marta ichishda qabul qilishi mumkin, natijada doza noto’g’ri taqsimlanib, noxush holatda yuza kelishi mumkin.

     Rp.: Extracti Belladonnae 0,2

    Phenyli salicylatis 3,0

    Aguae puriuficastae 200,0 ml.

    M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin. Ichishdan oldin chayqatilsin.

     Masalan: agar bu dorixatdagi dorini oddiy suv bilan dispergirlash usulida tayyorlasak, fenilsalitsilat dona-dona bo’lib suv yuziga chiqib, chayqatilsa idish devoriga yopishib qoladi. Gidrofob suspenziyani tayyorlashda suspenziyalarning agregatsiya (zarrachalarning yiriklashishi) holatini qaytarish hamda uning barkarorligini oshirish maqsadida stabilizatorlar qo’shiladi.

    Stabilizatorlar sifatida mikstura-suspenziyalarni gidrofob moddalar bilan tayyorlashda tabiiy va sun’iy yuqori molekulali moddalar: jelatoza (jelatina to’liqsiz gidrolizlangan modda), elimlar, o’simlik shilimshig’i, kraxmal elimi, tabiiy polisaxaridlar yigindisi, metilsellyuloza, polivinilpirrolidon, poliglyukin, spanlar, tvinlar, bentonitlar va boshqalar ishlatiladi. Hamma sanab o’tilgan moddalar bir tomondan yuza-faol moddalardir. Gidrofob moddalarni dispergirlanish tabiatiga qarab, yuqori molekulali moddalarning yarmi yoki baravar miqdorida olinadi. Misolda fenilsalitsilat va belladonna ekstrakti bilan tayyorlashni texnika, har xil yuqori molekulali va yuza faol moddalar bilan stabillashni tekshirib ko’ramiz.

    Hovonchada 3 g fenilsalitsilatni 20 tomchi spirt bilan 30 sekund davomida maydalanadi. Keyin hovonchaga 3 g stabilizator (metilsellyuloza va kraxmal elimidan boshqa) va 3 ml suv solamiz, yana 60 sek davomida aralashtirishni davom etamiz. Hovonchadagi aralashmay qolgan suvni quyib aralashtiramiz va tayyor dorini idishga sol­gach, hovonchani ozgina suv bilan chayib, idishga kuyamiz. Belladonna ekstraktini suv qo’shilmasdan ilgari birlamchi massa bilan ezgan yaxshiroq. Ekstrakt kolloid eritma holida joylashgan bo’ladi. Agar metilsellyulozani va kraxmalni qo’shsak, massani darrov 5% metilsellyuloza va 5% kraxmal elimi bilan olamiz. har xil stibilizatorlar bilan fenilsalitsilat suspenziyasi dispersligini aniqlash 6-jadvalda keltirilgan.

    Ma’lumki, fenilsalitsilatning yuqori dispersli suspenziyasi 5% metilsellyuloza eritmasi bilan, jelatoza, gorchitsa urug’i shilimshig’i va polisaxarid eritmasini kompleks (chuchukmiya ildizi) olish mumkin.

    Yuqori molekulali birikmalar suspenziyalarni stabillash uchun keng qo’llaniladi va gidrofil dori moddalardan suspenziya tayyorlashda ham foydalaniladi. Bariy sulfat suspenziyasini stabillash alohida muximroq savollardan bo’lib, uning me’da-ichak yo’llari rentgen suratini olishda yuqori konsentratli suvli 45-55% suspenziya ishlatiladi. Bu suspenziya xaddan tashqari turg’unmas, tezda bo’laklarga ajraladi, shu bilan birga dispers fazani cho’kmasi oldingi holiga qaytishi kiyin. Bunday suspenziyalarni stabillash uchun har xil yuqori molekulali moddalar: zig’ir urug’ining shilimshig’i - mutsin, bentonit va b. taklif qilingan.

     Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash

    Gidrofob moddalar ikki guruhga bo’linadi:

    a) kuchli gidrofob xossaga ega bo’lgan;

    b) kuchsiz gidrofob xossaga ega bo’lgan.

    Kuchli gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga kamfora, mentol, timol, oltingugurt kiradi. Kuchsiz gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari, terpingidrat, benzonaftol, fenilsalitsilat kabilar kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga kalkib chikib flokulyasiyaga uchraydi yoki idish devorlariga yopishib qoladi. Shunday xodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash talab qilinadi. Gidrofillash uchun ishlatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi. Ularga jelatoza (jelatinani chala gidroliz mahsuloti), elimlar, o’simliklardan olinadigan shilimshiq moddalar, kraxmal kleysteri, polisaxarid komplekslari, MS, KMS, PVP, poliglyukin, spanlar, tvinlar, bentonit va boshqalar misol bo’ladi.

    Masalan, stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1 g kuchli gidrofob xossaga ega bo’lgan moddaga — 1 g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bo’lgan moddalarga — 0,5 g jelatoza qo’shiladi.

    Rp.: Sol. Natrii bromidi 0,5%—120 ml

    Camphorae 1,0

    Coffeini natrii — benzoatis 0,5

    M.D.S. 1 osh qoshiqdan 3 mahal.

    Pasporti: Natriy bromid eritmasi (1:5) 3ml

    Koffein benzoat natriy eritmasi (1:10) 5ml

    Tozalangan suv 112 ml

    Kamfora 1,0

    Jelatoza 1,0

    V umumiy=120ml

    Texnologiyasi: Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy eritmasi (1:10), 3ml natriy bromid eritmasi (1:5) solamiz. Hovonchada 1 g kamfora 1 ml 90% li etanol bilan maydalanadi. So’ngra 1 g jelatoza qo’shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo’shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab quyilgan eritma bilan chayib solinadi.

    Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o’ziga xos usulda tayyorlanadi. 1g oltingugurtga 0,1-0,2 g tibbiet sovuni (kaliyli sovun) qo’shish kerak. YUMB larni stabilizator sifatida ishlatish mumkin emas. CHunki ular oltingugurtning farmakologik ta’sirini kamaytirib yuboradi.

    Rp.: Sulfuris praecipitati 4,0

    Spiritus aethylici 10 ml

    Glycerini 15,0

    Aq. purif. ad 180 ml

    M.D.S. Sirtga.

    Pasport: Oltingugurt 4,0

    Glitserin 15,0

    Etil spirti (90 %) 10ml

    Kaliyli sovun 0,4 g

    Tozalangan suv 180 ml

    V umumiy=180ml

    Texnologiyasi: Hovonchada 4 g oltingugurt, 2 g glitserin bilan maydalanadi. So’ng qolgan glitserin va suv qo’shib shisha idishga chayib quyiladi. 10 ml 90% li etanol va oxirida suspenziyaga 0,4 g kaliyli sovun qo’shiladi va yaxshilab chayqatiladi.

    Rp.: Extr. Belladonnae 0,15

    Phenylii salicylatis 2,0

    Aquae Menthae 150 ml

    M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

    Pasport: Belladonna quyuq ekstrakti eritmasi 0,3

    Fenilsalitsilat 2,0

    Jelatoza 1,0

    YAlpizli suv 150 ml

    V umumiy=150ml



    Texnologiyasi:Silindrga 150 ml yalpiz suvi, 0,3 g tomchilab quyuq ekstrakt eritmasi solinadi. Hovonchada 2 g fenilsalitsilatni 16-20 tomchi 95% li etanol bilan maydalanadi, unga 1,0 g jelatoza qo’shib aralashtiriladi. Uning ustiga 1,5 ml eritma qo’shib pulpa hosil qilinadi. So’ng 30 ml eritma qo’shib uni shisha idishga quyiladi. qolgan eritma oz-ozdan qo’shib chayib quyiladi.

    Suspenziyani tvin — 80 va PVS bilan barkarorlash mumkin. Buning uchun 0,2 g tvin - 80, 2 g PVS kerak bo’ladi. 10 ml suvda 0,2 g tvin —80 eritib olinadi. qolgan suvda (85 ml) yordamchi idishda PVS eritiladi. Hovonchada 2 g sulfadimetoksin 1 ml tvin - 80 eritmasi bilan maydalanadi. So’ngra unga 25 — 30 ml PVS eritmasidan qo’shib yaxshilab aralashtiriladi va beriladigan idishga solinadi. Hovoncha tagida qolgan poroshokka qolgan tvin - 80 va PVS eritmasi qo’shib aralashtiriladi va yana beriladigan idishga quyiladi. Oxirida 5 ml natriy benzoat eritmasi solinib «Ichish uchun», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb ezilgan yorliq epishtiriladi.


    Mikstura suspenziyalarni saqlash va berish

    Mikstura suspenziyalar faqat yangi tayyorlanib bemorga beriladi. Hamma turdagi suspenziyalarga "Ishlatishdan oldin chayqatilsin" degan yorliq yopishtiriladi. Bemorga beriladigan idish rangsiz shishadan tayyorlangan bo’lib, chayqatilganda undagi hosil bo’lgan narsani ko’rish mumkin bo’ladi. Mikstura suspenziyalar salqin joyda saqlanadi.

    To’gri tayyorlangan va saqlangan miksturalar o’z dispersligini ko’rsatilgan bir necha kun davomida (3-4 kun) yo’kotmaydi.

    Suspenziyalar sifatini baholash

    Resuspendirlanish. Suspenziya 24 soatdan so’ng 15—20 soniya chayqatilganda, 3 sutkadan so’ng esa 40—60 soniya chayqatilganda o’zining asl holini tiklashi, ya’ni zarrachalar bir xilda tarqalishi lozim.

    Dispers faza zarrachalarining bir xilligi. Zarrachalar o’lchami mikroskopda kurilganda ularning o’lchami xususiy maqolada ko’rsatilgan darajadan oshib ketmasligi kerak.
    Asosiy adabiyotlar:


    1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

    Qo‘shimcha adabiyotlar:



    1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

    2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

    3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

    4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

    6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

    9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

    10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

    11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

    Internet saytlari:



    1. www.ziyonet.uz

    2. www.nuph.edu.ua

    3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

    4. www.rzgmu.ru

    5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

    6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php


    13 - Ma’ruza.

    MAVZU 13. Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar.

    Ma’ruza maqsadi: emulsiya nima, hosil bo’lish yo’llari, GLB ko’rsatkichlari va ularning emulsiya turg’unligiga ta’siri, emulsiya tipi aniqlash bilishlari kerak.

    Reja:

    1. Emulsiyalar ta’rifi, tasnifi

    2. Emulsiyalar hosil bo’lish yo’llari

    3. Emulsiya tiplarini aniqlash usullari.

    4. Emulgatorlar mikdori, GLB ko’rsatkichlari

    Tayanch atama va iboralar: emul’siya, emulgator, gidrofil-lipofil balance (GLB), suv-moy, moy-suv, continental, ingliz, Ibn Sino usuli, emulgirlash.

    Emulsiya dori sifatida

    Dorixona amaliyotida emulsiya deb disperslangan sistemalarni moyning suvdagi turi deb tushunilib, faqatgina ichish uchun ishlatiladigan dori turiga aytiladi. Vaholanki, emulsiyalar ichish uchun ham, sirtga ishlatish uchun ham va xatto in’eksiya tarzida ishlatishga ham tayyorlanishi mumkin. Suvning moydagi (s/m) emulsiyasi sirtga ishlatish bilan birga, bu turi boshqa dori shakllarida ham ko’proq uchraydi. Bu dori turini liniment holida, surtma dori turida tayyorlanishi va ishlatilishi bu dori turlari bilan bog’liq bo’limlarda to’la yoritiladi. Emulgirlashda modda maydalanishi tufayli uning bo’sh sathi ortadi, maydalanish darajasi ko’paygan sari sathi osha boradi. Organizmning to’kimalari va suyuqliklariga tekkan moddaning sathi qanchalik katta bo’lsa, bo’larning o’zaro ta’siri shunchalik kuchlidir. SHunday qilib preparatning kimmati ko’p vaqtlarda uning maydalanish darajasi (dispersligi) bilan aniqlanadi. Bundan tashkari ko’proq disperslangan moddalardagi turli kimyoviy holatlar, bo’linmagan moddadagiga karaganda faolroq ravishda boradi. SHuning uchun emulsiya holatida turgan yog’lar emulgirlanmagan yog’larga karaganda me’da-ichak yo’lining fermentlari tomonidan gidroliz holatiga tezrok duchor bo’ladi. SHuni aytib o’tish kerakki, bunda yog’ning bemaza ta’mi yo’qoladi, yog’larni ichish osonlashadi, ayrim preparatlarning ta’sirlovchi xususiyati kamayadi va dozalarga bo’lish osonlashadi. Emulsiya, ayniqsa bolalar farmakoterapiyasida katta ahamiyatga ega. Emulsiyalarda sinish ko’rsatkichi kuchli bo’lganligi sababli, ko’rinish jixatdan sutni eslatadi. SHunga ko’ra bu dori shakllari nomini kelib chiqish sababi quyidagicha: lotincha so’z emulgere — sogish, bundan emulsio, emulsiones — sogilayotgan, emulsum, emulsa — sogilgan. Oxirgi termin nomi aniqrok belgilangan. Emulsiya — qadimgi dori shakli bo’lib, 1-Farmakopeya chop etilgandan buyon rasmiy dori deb hisoblangan.

     

    Emulsiyalarning hosil bo’lish nazariyasi

    Emulsiyalar hosil bo’lishidagi asosiy masalalardan biri agregat turg’unlikni o’rganishdir. Emulsiyalarda agregat turg’unlik bu har tomonlama dispers sistema bo’lib, dispers faza, dispersion muxitda ko’prok vaqt ichida bir xilda muallak tarqalishdir. Bunda asosan har bir zarracha alohida koagulyasiya holatisiz yoki koalessensiyasiz cho’kmaga tushadi. Dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalarning hosil bo’lishida agregat turg’unlik asosiy hisoblanganligi uchun emulsiya hosil bo’lish nazariyasidagi ba’zi bir masalalarga to’xtalib o’tamiz.



    23


    Download 5.86 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




    Download 5.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dispersion usulda suspenziyalar tayyorlash

    Download 5.86 Mb.