• Erituvchilar
  • Erituvchilar




    Download 41.46 Kb.
    bet1/5
    Sana10.11.2023
    Hajmi41.46 Kb.
    #97127
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    16-tema
    Taqdimot (3), 1-MAVZU, Qishloq xojaligi va sanoat sohasidagi ozgarishlar reja Xalq x, Nisbiylik nazariyasi - Vikipediya, 2-maruza.Togri chiziq, 6-MAVZU, sardor, 7xLJgIjGNzgMGzxSVezSCv4VaBSF42b9Rx4R4vu8 (1), oliy-talim-muassasalari-talabalarini-musta-il-fikrlashga-y-naltirish, Автоматизация контрол1, 1-qism dasturlash mustaqil talim, Леди Осень

    Erituvchilar — turli moddalarni oʻzida erita oladigan kimyoviy birikmalar yoki ularning aralashmalari. Suv, spirt, kislota, ishqor, efirlar, benzol, toluol, ksilol yoki ularning aralashmalari E.ga misol boʻla oladi. E. xossalari (mas, uchuvchanligi, yopishqoqligi, zichligi, dielektrik doimiysi yoki kimyoviy faolligi)ga koʻra sinflanadi. Birinchi navbatda, E. ning kimyoviy xossalari, ayniqsa, ularning zaharli yoki zaharli emasligiga eʼtibor beriladi. Standart erituvchi sifatida suv olinadi. Shu asnoda E.ni kislotali, ishqoriy va amfoter xossalarga boʻlinadi. Maʼlumki, suv kimyoviy reaksiyalarda vodorod kationi — N* ni uzatib kislota rolida boʻlishi yoki bunday kationni asos sifatida biriktirib olib, N30+ ga aylanishi mumkin. Demak, suv oʻzida qanday modda eritilganiga qarab kislota yoki ishqor oʻrnida boʻla oladi. Suvni deyarli ideal amfoter erituvchi deb qabul qilish mumkin. Suvning mana shunday universal xossalariga asoslanib, unga nisbatan ishqor rolida boʻluvchi E. kislotali erituvchilar, suvni E.ga nisbatan kislota deb hisoblanganda esa ishqoriy erituvchilar deyiladi. Bunday sinflashda eritmalar hosil boʻlishida rol oʻynaydigan funksional guruhlar elektronlari harakati hisobga olinadi. Shu bois elektron juftini beruvchi erigan modda molekulasi ishqoriy (donor) erituvchi sifatida belgilanadi. Anilin, piridin, dimetilsulfoksid, oddiy va murakkab efirlar donor E. vakillari hisoblanadi. Erigan moddaning elektron juftini qabul qiluvchi erituvchi kislotali yoki akseptor E. hisoblanadi. Bularga karbokislotalar, fenollar, kislotalarning xlorangidridlari kiradi. Kislotali E.ga toʻla almashinmagan galogen hosilali alifatik uglevodorodlar (xloroform, dixloretan) ham kiritiladi. Spirtlar va ketonlar suvsiz amfoter E. hisoblanadi. Geksan, uglerod sulfid va tetraxlormetan "inert E." qatoriga kiradi.
    E.ni tanlashda ularning dielektrik oʻtkazuvchanligi kabi fizik xossasidan foydalaniladi. Bunda E.ning past qutbliligi (2 dan 12 gacha) va yuqori qutbliligi (50 dan yuqori) hisobga olinadi. Suvda bu miqdor 78 ni, benzolda esa jami 2,3 ni tashkil qiladi. Tajribalar shuni koʻrsatdiki, 2 turli zaryadlar yoki 2 dipol molekulalar suvli muhitda vakuumdagiga nisbatan deyarli 80-marta kam energiya bilan taʼsirlashadi. Benzolda esa taʼsirlashuv energiyasi 2 baravar kamayadi, xolos. Shu sababli suv yuqori qutbli E. qatoriga kiritiladi. Bu borada propilenkarbonat, gidrazin, formamid va sulfat kislota suvga yaqinroq turadi.
    E.dan qadimdan foydalanib kelinadi. E.ning koʻplari sanoat miqyosida ishlab chiqariladi, E. ishlatilmaydigan yoki foydalanilmaydigan sohani topish qiyin. 21-asrda E.dan kimyoviy jarayonlarni boshqarishda keng foydalanila boshlandi. Erituvchining xilini va xossalarini bilgan holda ixtiyoriy reaksiyalarni amalga oshirish mumkin. E.dan foydalanib, elektroliz jarayonida alyuminiyni past tralarda ajratib olish muammosi hal qilindi. Mana shu yoʻl bilan alyuminiyli himoya va manzarali qoplamalar ham olina boshlandi. Atseton, atsetonitril, benzol, dietilefir, dimetilatsetamid, dioksan, sirka kislota, etanol, formamid, metanol, nitrobenzol, piridin, tetraxlormetan, xloroform, etilatsetat, siklogeksan, metiletilketon, oktan, skipidar, uglerodsulfid, tetralin, tributilfosfat va boshqalar turli xil E. sanoat va xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega.
    Erituvchilar
    Erituvchilar individual kimyoviy birikmalar yoki ularning aralashmasi boʻlib, turli moddalarni eritish xususiyatiga ega, ya’ni ular bilan ikki yoki undan ortiq bir jinsli, oʻzgaruvchan tarkibli sistemalar hosil qiladi. Erituvchilar gomogen muhit hosil qilib, oʻzaro ta’sirlashuvchi zarrachalar orasidagi to’qnashishni ta’minlaydi, kimyoviy reaksiyalar mexanizmigatezligiga va muvozanat o’rnatilishiga ta’sir qiladi. Ekzotermik jarayonlarda erituvchilar oʻzaro ta’sirlashayotgan moddalar konsentratsiyasini kamaytirgan holda ortiqcha issiqlikning yoʻqotilishiga xizmat qiladi.
    Ixtiyoriy modda boshqa moddaga nisbatan erituvchi boʻlishi mumkin. Lekin amaliyotda ayrim talablarga javob beradigan moddalargina erituvchi deb yuritiladi. Ular avvalo yaxshi eritish xossasiga ega va eritilayotgan moddaga nisbatan yetarlicha inert boʻlishi talab etiladi. Sanoatda ishlatiladigan erituvchilar oson topilishi, arzon va xavfsiz boʻlishi zarur. Sanoatning tarmog’iga qarab erituvchilarga maxsus talablar ham qoʻyiladi.
    Erituvchilarni klassifakatsiyalashda ma`lum prinsiplarga amal qilinadi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra organik va noorganik erituvchilar, agregat holatiga koʻra gaz, suyuq va qattiq erituvchilar bo’ladi. Erituvchilarni miqdoriy va yarim miqdoriy klassifikatsiyalash usullari ham bor .

    Download 41.46 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 41.46 Kb.