• ANDIJON – 2023 MAVZU: MAHSULOT TANNARXI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI REJA
  • Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili
  • Iqtisodiy tahlil




    Download 47,96 Kb.
    bet1/6
    Sana29.11.2023
    Hajmi47,96 Kb.
    #107305
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Iqtisodiy tahlil nazariyasi referat




    OLIT TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ANDIJON FAKULTETI
    Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli
    SMMT-96/21-AF guruh talabasi


    Dalijonova Gulnoza Nazirjon qizining

    IQTISODIY TAHLIL” fanidan tayyorlagan





    MUSTAQIL ISHI


    ANDIJON – 2023

    MAVZU: MAHSULOT TANNARXI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI




    REJA:



    1. Mahsulot tannarxi bo ‘yicha tushuncha, uning mohiyati hamda iqtisodiy adabiyotlardagi ta’rifi

    2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tannarxni pasaytirishning ahamiyati, uni mohiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari

    3. Mahsulot tannarxini hisoblashdagi 1 so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan harajatlar hamda mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqi o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishini mahsulot tannarxiga ta’sirining tahlili

    4. Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili




    1. Mahsulot tannarxi bo ‘yicha tushuncha, uning mohiyati hamda iqtisodiy adabiyotlardagi ta’rifi

    Xalqaro tajribalarda buxgalteriya hisobi tizimi moliyaviy hisob (financial accounting) va boshqaruv hisobi (management accounting) kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda buxgalteriya hisobi fani ham moliyaviy hisob va boshqaruv hisobiga bo‘lib o‘rganilmoqda. Moliyaviy hisob bu asosan tashqi axborot foydalanuvchilarga moliyaviy hisobot ko‘rinishida axborotlarni taqdim qilish bo‘lsa, boshqaruv hisobi esa ichki axborot foydalanuvchilar, ya’ni menejerlarga qarorlar qabul qilishlari uchun foydali axborotlarni yetkazib berish quyi tizimiga aytiladi. Boshqaruv hisobining tarkibida tannarx hisobi deb ataladigan alohida o‘zining predmeti va ob’ektiga ega bo‘lgan quyi tizim shakllangan. Xo‘sh, bu quyi tizim xarajatlar va tannarx tushunchalariga qanday munosabat bildiradi? Xarajatlar va tannarx bir xil tushunchami yoki ular farq qiladimi? Tannarx hisobining asosiy ob’ektlari nimalardan iborat? Shu kabi savollar xorijiy tajribalar asosida mamlakatimizda endi shakllanib kelayotgan tannarx hisobi uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.


    Tannarx — bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Bu oʻrinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Maʼlumki, mahsulot qiymati oʻz ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati hamda yangidan yaratilgan qiymatni toʻliq oladi. Oʻz navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi va yalpi foydaga ajraladi.
    Tannarx, mahsulot tannarxi — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish. va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarish.da T.ning muxim elementlari — chetdan olinadigan xom ashyo, asosiy materiallar, elektr energiya resurelari chiqimlari; asosiy va kushimcha ish xaki; ijtimoiy sugʻurta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va boshqa sarfxarajatlar. T.ga yuqorida sanab oʻtilgan bevosita ishlab chiqarish. jarayonlari bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni oʻrashjoylash va joʻnatishga qilingan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bogʻliq chiqimlar; ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlari, reklama va boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar uzgarmagan hollarda mahsulot T.ini kamaytirishga erishish korxona uchun kushimcha fonda manbaiga aylanadi. Qoʻshimcha foyda esa mahsulotni sotishdan olingan tushumdan korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish. va sotish uchun sarflagan xarajatlari summasi ayirmasiga tengdir.
    Sohaga doir iqtisodiy adabiyotlarda xarajatlar, ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab chiqarish bo‘lmagan xarajatlar hamda tannarx tushunchalari qo‘llanilgan.
    Umumiy iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tushunchalariga Sh.Shodmonov tomonidan quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Ishlab chiqarish xarajatlari — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma o‘z faoliyatini bozordan moddiy resurslar, ya’ni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom-ashyo, yoqilg‘i, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ishchi kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz to‘lovlari va b. xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi”.
    M.Boltaboyev “Tannarx, mahsulot tannarxi — korxonaning maqsulot ishlab chiqarish. va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarishda tannarxning muhim elementlari — chetdan olinadigan xom-ashyo, asosiy materiallar, elektr-energiya resurslari chiqimlari; asosiy va qo‘shimcha ish haqi; ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va b. sarf xarajatlar.” - deb ta’rif keltiradi.
    Rossiya Soliq Kodeksida (1998) quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Tannarxni belgilovchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan tabiiy resurslar, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ekspluatatsiya bo‘yicha boshqa xarajatlar, shuningdek ishlab chiqarish bo‘lmagan xarajatlarning qiymatidan tashkil topadi”.
    Mamlakatimizda amalda bo‘lgan Soliq Kodeksida (2020) “...soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari (ushbu Kodeksning 333- 336-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb e’tirof etiladi.” deb ta’rif berilgan.
    T. Malikovning quyida keltirgan fikrlariga qo‘shilamiz: “foyda olish yoki XYuSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul qiymatiga XYuSning xarajatlari deyiladi. “Xarajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasiga nisbatan kengroq hisoblanadi. Chunki, tannarx umumiy xarajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab chiqarish xarajatlarini) o‘zida aks ettiradi. Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda sotish qilish boshqa xarajatlarining qiymat bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning umumiy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tushunchalaridan keng foydalaniladi”.
    Katta rus ensiklopediyasida (2017) “Tannarx (angl. cost price) – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotishsi uchun amalga oshirilgan joriy chiqimlarning qiymatdagi baholanishidir” - deb ta’rif berilgan.
    “Moliyaviy direktor” jurnali saytida «Tannarx – bu tashkilotning butun xarajatlari bo‘lib, qaysiki mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlarni bajarish, shuningdek xizmatlar ko‘rsatishda yuzaga keladi.» – deb ta’rif keltirilgan.
    «Mahsulot tannarx – bu barcha xarajatlar bo‘lib, qaysiki korxona tovarlarni tayyorlash va uni davomiy sotish qilish barobarida amalga oshiradi».
    N.N. Ignatenki, Ye.V. Vilegjanina [12] mehnat unumdorligini oshirish mahsulot tannarxini kamaytirishning eng muhim omili sifatida qaraydi.
    P.A. Lunin «tannarx – buxgalteriya hisobining markaziy kategoriyasi» deb hisoblab, ilmiy ishida Rossiyalik olimlarning tannarx rezervlarni axtarib topish, nazoratni o‘rnatish, ishlab chiqarishning samardorligini oshirish, qiyoslama tahlilini o‘tkazish, narxlashtirishni amalga oshirish, samaradorlikni belgilashda muhim ko‘rsatkich ekanligini ta’kidlashganligini qayd etadi.
    M.T. Kovalchuk o‘zining dissertatsiyasida «xarajatlar (rasxodы)», «chiqimlar (zatratы)”, “sarflar (izderjki)” va “tannarx (sebestoimost)” kabi tushunchalarga aniqlik kiritgan. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar, olimlarning ta’riflarini o‘rganish asosida “xarajatlar” atamasi «chiqimlar (zatratы)”, “sarflar (izderjki)” va “tannarx (sebestoimost)” atamalaridan kengroq tushuncha ekanligini asoslab beradi hamda har qanday xarajatlar ishlab chiqarish faoliyatini tutib turish va kelgusida rivojlanishi uchun amalga oshiriladi degan xulosaga keladi.
    Xorijdagi ilmiy ishlarda tannarx masalasini turli jihatlarda va turli omillar bilan bog‘lagan holda o‘zgarish tendensiyalarini aniqlashga doir tadqiqotlar salmoqli o‘rinni egallaydi. Masalan, Dillep G. Dhavale mahsulot tannarxini qarorlar qabul qilishda o‘zgaruvchan texnologiyalarga hissali ravishda bog‘liqligi asosida o‘rganadi.
    N. Abdusalomova «tannarx hisobi – rivojlanayotgan mamlakatlarda buxgalteriya hisobining yangi tendensiyasi» deb baholaydi.
    Ushbu tahlillardan xulosa qilish mumkinki, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarga umumiqtisodiy, moliyaviy va boshqaruv hisobi nuqtai nazaridan ta’riflarni bir- biridan ajratish kerak. Ularni tizimlashtirishga zarurat mavjud. Rossiyadagi manbalarda mahsulot tannarxiga ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda sotish bilan bog‘liq xarajatlar ham kiritilgan. Xalqaro tajribalarda esa sotish bilan bog‘liq xarajatlar mahsulot tannarxiga emas, balki operatsion xarajatlar tarkibiga kiritilgan. Ushbu tahlillardan kelib chiqib, biz xarajatlar tushunchasi tannarx tushunchasidan kengroq ma’noni anglatadi, ya’ni xarajatlar tannarxni ham o‘z ichiga oladi degan fikrga qo‘shilgan holda xarajatlar va tannarx tushunchalariga umumiqtisodiy, moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi maqsadlarida alohida ta’riflar keltirish lozim, deb hisoblaymiz.


    1. Download 47,96 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 47,96 Kb.