KURS ISHI
Mavzu: Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar hisobi
TERMIZ-2024
Mavzu: Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar hisobi
Reja:
Kirish
1. Xarajatlarni turkumlashning ahamiyati va buxgalteriya hisobida tutgan oʻrni
2. Mahsulot tannarxiga qoʻshiladigan xarajatlar hisobi
3. Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari
4. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda normativ usulni qoʻllashning oʻziga
xos xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
2022-yildan boshlab, O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining
samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini
kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat
moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida -- Hisob
palatasi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlariga birinchi
navbatda byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasiga alohida e‘tibor
qaratish, jumladan: byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan
to’lovlarning to`g`ri hisoblanishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini
rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish
ishlarini monitoring qilish va ularda nazorat tadbirlarini o`tkazish, byudjet tizimi
byudjetlaridan to`lanayotgan subsidiyalarning manzilliligini va samaradorligini
baholash, davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya
etilishini nazorat qilish, davlat qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan
loyihalarning natijadorligini o`rganish vazifalari yuklatildi.
1
Moliya vazirligi, Hisob palatasi hamda Bosh prokuraturaning Moliya vazirligi
tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy
boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati
inspeksiyasi tashkil etildi.
Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ― Elektron nazoratchi-taftishchi dasturiy
majmuasini quyidagi bosqichlarda: birinchi bosqichda — 2022-yil 1-sentabrga
qadar vazirlik va idoralar bilan real vaqt rejimida axborot almashinuvi orqali
byudjet qonunchiligini buzish xavfini tahlil qilish maqsadida Moliya vazirligining
moliyaviy nazorat ma‘lumotlari bazasini ishga tushirish; ikkinchi bosqichda —
2023-yil 1-yanvarga qadar davlat moliyaviy nazorati obyektining muayyan davr
1
O`zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari
faoliyatini takomillashtirish To`g`risidagi PQ-128-sonli O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 14.02.2022 yil
uchun ayrim masalalar bo’yicha faoliyatini nazorat qilish (mavzuli nazorat)
modulini yaratish belgilandi.
2
Kurs ishimizda asosiy e’tibor xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlarining
ishbilarmonlik faoliyati darajasi o‘zgarishi bilan ishlab chiqarish xarajatlari qanday
o‘zgarishi mumkinligi, shuningdek, xarajatlarning "doimiy" va "o‘zgaruvchan"
sifatida guruhlanishiga e’tibor beriladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda xarajatlar 15 dan ortiq belgilari va ko‘rsatkichlari
bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi. Xarajatlarning ana shu klassifikatsiya belgilari va
ularning har birining ahamiyati tegishli adabiyotlarda batafsil yoritilgan.
Xarajatlarning ayni vaqtgacha nafaqat nazariyachi olimlar, balkim amaliy
iqtisodchilar tomonidan ham umum e’tirof etiladigan klassifikatsiya belgilari
ichida boshqaruv hisobi uchun alohida ahamiyat kasb etadigan xarajatlar “doimiy”
va “o‘zgaruvchan” sifatida guruhlanishidir. Kurs ishi doirasida boshqaruv qarorlari
ta’sirida shartli o‘zgaruvchan xarajatlar qanchalik o‘zgarishi va bunday
o‘zgarishlar ijobiy natijalarga olib kelishi uchun ular borasida qanday qilib
samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish borasidagi masalalar yechimini topishga
harakat qilinadi.
Shuningdek, mulk shakli va faoliyat turidan qat’iy nazar, har qanday xo‘jalik
yurituvchi subyektlarda ularning butun faoliyat samaradorligi mana shu uchta, bir-
biri bilan uzviy bog‘langan, ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi ko‘rsatiladi. Ushbu
ko‘rsatkichlar orasida xarajatlarga samarali boshqaruv qarorlari natijasida ta’sir
o‘tkazilsa, uning natijasida yakuniy moliyaviy natijalar qanchalik ijobiy bo‘lishi
mumkinligini ochib berishga harakat qilinadi.
2
O`zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari
faoliyatini takomillashtirish To`g`risidagi PQ-128-sonli O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 14.02.2022 yil
|