1. Xarajatlarni turkumlashning ahamiyati va buxgalteriya hisobida tutgan oʻrni Iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida, raqobat kurashining global
strategiyasi qatoriga birinchi navbatda xarajatlarni minimallashtirish strategiyasini
kiritish kerak. Echimni topish uchun esa ana shu xarajatlarning o‘zini tutishini
atroflicha talqin qiladigan va boshqaruvdagi foydalaniladigan iqtisodiy
ma’lumotlarning 85 foizini yetkazib beradigan boshqaruv hisobi nuqtai nazaridan
yondashish lozim.
Bozor munosabatlari tobora erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda faoliyat
yuritayotgan har qanday kichik va o‘rta biznes xo‘jalik yurituvchi subyekti
faoliyatining samarasi, ertangi istiqboli boshqaruv hisobining muhim va asosiy
tamoyili «xarajat - ishlab chiqarish hajmi - foyda» ko‘rsatkichlarining o‘zaro
bog‘liqligida ifodalanadi. Ana shu ko‘rsatkichlar orasida xarajatlar boshqaruv
hisobini tashkil qilishda alohida e’tiborni jalb qiladi. Xarajatlarning mohiyati
shundan iboratki xarajatlar juda ko‘p elementlardan tashkil topgan bo‘lib,
ularning aksariyati boshqaruv qarorlari ta’sirida albatta o‘zgaradi, boshqaruv
qarorlari qanchalik samarali bo‘lsa xarajatlarning miqdori kamayishi va aksincha
hollarda ko‘payib ketishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatining natijasi bo‘lgan foyda miqdorida bevosita o‘z aksini topadi.
Demak, yuqori miqdordagi foyda olishning eng asosiy omili bu xarajatlarni
kamaytirish bo‘lsa, xarajatlarni boshqarish esa e’tibordagi muhim masala bo‘lishi
lozim.
Aynan mana shu masala borasida nafaqat amaliyotchilar, balkim iqtisodchi
olimlar tomonidan ham to‘liq e’tirof etiladigan xarajatlarni boshqarishga
yondashish mavjud. Bu xarajatlarning boshqaruv hisobini tashkil qilish nuqtai
nazaridan tasnif qilinishidir. Ana shu umume’tirof etilgan klassifikatsiya
mohiyatini quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Shartli o‘zgaruvchan xarajatlar
2. Shartli – doimiy xarajatlar