Shunga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil
qilish va yuritishda ayrim olingan texnologik jihozlarning normal quvvat bilan
ishlashi hisobga olinishi lozim.
Ishlab chiqarish hajmi bilan xarajatlar o‘rtasida (o‘zgaruvchan xarajatlar)
o‘zaro to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish mavjud (5-chizma).
Shu bilan birgalikda bir qancha xarajatlar ishlab chiqarish quvvati bilan "to‘g‘ri
chiziqli bog‘lanishda" bo‘lmaydi (to‘g‘ri chiziqsiz bog‘lanish).
Agar hamma o‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish quvvati bilan to‘g‘ri
chiziqli bog‘lanishda bo‘lganda edi, ularni tahlil qilish, rejalashtirish va tegishli
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanish mumkin bo‘lar edi.
To‘g‘ri chiziqsiz bog‘langan xarajatlarni rejalashtirish qiyin lekin ularni ham
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda hisobga olish zarur.
“Chiziqli aproksimatsiya” (yoki “relevant darajasi usuli”) usulidan foydalanish
xuddi ana shunday chiziqsiz bog‘langan xarajatlarni chiziqsiz bog‘lashga
moslashishini ta’minlaydi (6-chizma).
Relevant darajasi usuli – bu ishbilarmonlik faolligini aniqlash usulidir. Bu
usulda chiziqsiz bog‘langan xarajatlar shartli ravishda chiziqli bog‘lanishga
moslashtiriladi: