2. Mahsulot tannarxiga qoʻshiladigan xarajatlar hisobi
1-Jadval
Xarajatlar klassifikatsiyasi
12-Chizma
To‘g‘ri moddiy harajatlar
15
13-chizma
15
Pardayev Abdunabi/Pardayeva Zulfizar/Boshqaruv hisobi/ Toshkent-2014/62-b
To‘g‘ri mehnat xarajatlari
16
14-Chizma
16
Pardayev Abdunabi/Pardayeva Zulfizar/Boshqaruv hisobi/ Toshkent-2014/63-b
Umumishlab chiqarish xarajatlari
17
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan har bir
muomalaning buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi schotlar guruhidan
foydalaniladi:
2010-«Asosiy ishlab chiqarish»;
2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»;
2510-«Umumishlab chiqarish»;
2610-«Ishlab chiqarishdagi brak»;
3110-«Oldindan to’langan ijara haqi»;
3120-«Oldindan to’langan xizmat haqi»;
3190-«Boshqa bo’nak xarajatlari»;
8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervi».
15-Chizma
17
Pardayev Abdunabi/Pardayeva Zulfizar/Boshqaruv hisobi/ Toshkent-2014/63-b
Mahsulotni ishlab-chiqarish xarajatlarini aniqlash
18
16-Chizma
Mahsulotning to‘liq tannarxini aniqlash
Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari va kalkulyatsiya moddalari
18
Pardayev Abdunabi/Pardayeva Zulfizar/Boshqaruv hisobi/ Toshkent-2014/63-b
bo’yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning
barcha xarajatlari 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetida tayyorlanayotgan
mahsulot turlari bo’yicha guruhlanadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetidan xarajatlarni hisobga olishda
quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:
mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha sanoat va qishloq xo’jaligi
korxonalari;
qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo’yicha
pudrat, geologiya va loyiha qidiruv tashkilotlari;
xizmatlar ko’rsatish bo’yicha transport va aloqa korxonalari;
ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo’yicha ilmiy-
tadqiqot korxonalari;
avtomobil yo’llarini asrash va ta’mirlash bo’yicha yo’l xo’jaliklari.
Ushbu schetning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va
xizmatlar ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan to’g’ri xarajatlar, shuningdek,
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko’rilgan yo’qotishlar va asosiy
ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri
xarajatlar aks ettiriladi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetining kreditida ishlab chiqarilgan
tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi
summasi aks ettiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini
aniqlash uchun tegishli xarajatlar 2300-«Yordamchi ishlab chiqarish hisobi»
schetlarida guruhlanadi.
2300-«Yordamchi ishlab chiqarishlar hisobi» schetlaridan quyidagi
yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga olishda foydalaniladi:
energiyaning har xil turlari (elektroenergiya, gaz va boshqalar)
bilan yordam ko’rsatish;
transport xizmatlarini amalga oshirish;
asosiy vositalarni ta’mirlash;
instrumentlar, shtamplar, qurilish detallari, konstruktsiyalarni
tayyorlash;
tosh, shag’al, qum va boshqa rudasiz materiallar qazib olish;
yog’och materiallarini tayyorlash va ularga ishlov berish;
qishloq xo’jali mahsulotlarini tuzlash, qoqi qilish va konservalash
(asosan savdo korxonalarida);
maxsus kiyimlar va poyafzallarni ta’mirlash, tikish va boshqalar.
Shuningdek, mazkur schetlarda 21-sonli BHMSga muvofiq, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar balansida turgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
bo’linmalari xarajatlari ham hisobga olinishi mumkin.
2300-«Yordamchi ishlab chiqarishlar hisobi» schetlarining debetida
mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish va ishla bajarish bilan bog’liq
bo’lgan bevosita xarajatlar, shu bilan birga yordamchi ishlab chiqarishga xizmat
ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar hamda brakdan ko’rilgan
yo’qotishlar xarajatlari aks ettiriladi.
2300-«Yordamchi ishlab chiqarishlar hisobi» schetlari debetlanganda
quyidagi schetlar kreditlanadi:
0200-«Asosiy vositalarning eskirishi hisobi»;
0500-«Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi hisobi»;
1000-«Materiallar hisobi»;
1100-«O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar hisobi»;
1610-«Materiallar qiymatidagi og’ishishlar»;
2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari»;
2610-«Ishlab chiqarishdagi brak»;
2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»
3100-«Kelgusi davrlar xarajatlari hisobi»;
3200-«Muddati uzaytirilgan xarajatlar hisobi»;
4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schetlar»;
6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lovlar»;
6500-«Sug’urta bo’yicha qarzlar va davlat maqsadli fondlariga
to’lovlar hisobi»;
6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar»;
6970-«Hisobdor shaxslarga qarzlar»;
6990-«Boshqa majburiyatlar»;
6110-«Alohida balansga ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan
schetlar»;
9390-«Boshqa operatsion daromadlar».
2300-«Yordamchi ishlab chiqarishlar hisobi» schetlarining kreditida
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot (ko’rsatilgan xizmat, bajarilgan ishlar)ning
haqiqiy tannarxi ko’rsatiladi.
Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari
o’rtasida bilvosita xarajatlarni oqilona taqsimlash muhim ahamiyatga ega bo’lib,
mahsulotlarning texnologik turlari bo’yicha tannarxini to’g’ri aniqlash imkonini
beradi. Bu holat ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bahosini shakllantirish
bo’yicha korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda ijobiy samara beradi.
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va uni boshqarish xarajatlarini
quyidagicha tasniflash mumkin:
mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari;
umumishlab chiqarish xarajatlari;
davr xarajatlari.
O’zbekistonda yuqoridagi birinchi va ikkinchi bandlardagi xarajatlar
taqsimot bazasiga mutanosib ravishda mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga
qo’shiladi. Davr xarajatlari esa korxonaning moliyaviy natijalari hisobidan
qoplanadi.
MDH davlatlarida esa uchchala xarajatlar ham mahsulot tannarxiga
kiritiladi va schetlar tizimi orqali to’liq tannarx hosil qilinadi.
Ushbu xarajatlar umumiy xususiyatga ega bo’lishi bilan birgalikda,
ularning xususiy jihatlari ham mavjud: mashina va uskunalarni ishlatish va
asrash xarajatlari shartli-o’zgaruvchan bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulot
hajmiga bog’liq. Umumishlab chiqarish va davr xarajatlari esa shartli-doimiy
xarajatlar hisoblanib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog’liq bo’lmaydi.
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va uni boshqarish xarajatlarini
mahsulotlar tannarxiga kiritish orqali tannarx aniqlashning ishlab chiqarish
bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida va bo’linmalar darajasida
taqsimlash kabi usullari mavjud.
Ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida
taqsimlash usulining mohiyati shundaki, bunda mazkur xarajatlar 2510-
«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schetining debetida yig’ib boriladi hamda
hisobot davri oxirida ular yagona taqsimot bazasi asosida mahsulot turlari
bo’yicha taqsimlanadi.
|